
Yangiliklar
#Наmkorlik_uchrashuvi_2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-son qarori bilan "Toshshahartransxizmat" AJ harakat tarbini yangilash maqsadida 2023-2025 yillar mobaynida 653 dona, shu jumladan 53 dona 18 metrlik elektrobuslar xaridini amalga oshirish va jamoat transportida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish topshirig‘i belgilangan.
Mazkur topshiriqni ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va "Toshshahartransxizmat" AJ mutaxassislari bilan birgalikda 2022-yilning 25-may kuni Turkiya Respublikasining Sakariya shahriga tashrif buyurib, mazkur shaharda joylashgan "Otocar Otomotiv ve Savunma Sanayi A.S" xolding kompaniyasi zavodida avtobus va elektrobuslarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.

Juma, 27 May 2022
#SamAuto #SAZLE60
*Kuni kecha poytaxtimizga olib kelingan yangi "SAZ LE-60" rusumli avtobuslar, "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 32-sonli "Erkin qo‘rg‘oni-Gulobod ko‘chasi"avtobus yo‘nalishida harakatlana boshladi. Mazkur yo‘nalishda belgilangan rejaga asosan 8 ta avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.



Juma, 27 May 2022
#OAVBIZHAQIMIZDA
O‘zbekiston 24 telekanalining Fakt 24 informatsion teledasturi | Endi avtobusning faqat old eshigidan chiqamiz (Videoreportaj)

Payshanba, 25 May 2022
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
ZO‘R Tv telekanalining "Bu kun" informatsion teledasturi | Avtobuslarga kirish va chiqish tartibi o‘zgardi (Videoreportaj)

Payshanba, 25 May 2022
#OAVBIZHAQIMIZDA
Rennesans Tv telekanalining "Ren News" informatsion teledasturi | Avtobusga old eshikdan chiqib, orqa eshiklardan tushish tartibi joriy etildi (Videoreportaj)

Payshanba, 25 May 2022
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Yoshlar telekanalining Davr informatsion teledasturi | Poytaxt avtobuslarida yangi tartib joriy qilinmoqda. Yo‘lovchilar yangi tartibga amal qiladimi? Ular bunga rozimi?(Videoreportaj)

Payshanba, 25 May 2022
DIQQAT DIQQAT!
* "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati quyidagi lavozimlarda bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini maʼlum qiladi:
* Umumiy bo‘lim boshlig‘i;
* Yo‘lovchi transporti harakat tarkibini modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash bo‘limi boshlig‘i;
* Yo‘lovchi transporti harakat tarkibini modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash bo‘limi bosh mutaxassisi;
* Mehnat muxofazasi va texnika xavsizligi bo‘yicha muhandis;
* Bosh mehanik;
* Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limi boshlig‘i;
* Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi;
* Korporativ va mulkiy munosabatlar bo‘limi bosh mutaxassisi;
* Marketing, loyihalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
* Axborot kommunikatsiyalari va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi bosh mutaxassisi;
* Axborot kommunikatsiyalari va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
* Buxgalter;
* Yo‘lovchi tashishlarini tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i;
* Yo‘lovchi tashishlarini tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi;
* Yo‘lovchi tashishlarini tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
* Xodimlar bo‘limi bosh mutaxassisi;
* Bosh yurist konsultant.
*Siz bilan biz birgalikda jamoat transporti sohasining rivojiga hissa qo‘shuvchi jamoani shakllantiramiz!
*Qo‘shimcha maʼlumot yoki savollar yuzasidan Kadrlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishingizni suraymiz:
☎️Telefonlar: (+99871) 233-03-23, (+99893) 505-03-23
*Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
❗️ Eslatma: O‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.
Payshanba, 25 May 2022
DIQQAT DIQQAT!
Joriy yilning 23-may kuni, "Toshshahartransxizmat" AJda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240 sonli qarori ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-taʼlim markazi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor Boxodir Islamovich Ismoilov ishtirokida, Jamiyatda korrupsiyaviy xavf-hatarlarni baholash, shuningdek, soha xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.

Dushanba, 23 May 2022
DIQQAT DIQQAT!
*O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida 80 va 122-sonli avtobus yo‘nalishlariniing jadvallar soniga 2022-yil 23-may kunidan boshlab quyidagicha o‘zgartirish kiritildi:
*80 - sonli avtobus yo‘nalishi "Janubiy vokzal - M.Yusuf ko‘chasi". Ish kunlari 8(+2), Shanba kunlariga 6(+1), Yakshanba kunlariga 6(+1).
*122 - sonli avtobus yo‘nalishi "Qo‘yliq dehqon bozori-Karvon bozori bekati". Ish kunlariga 8(+2,) Shanba 7(+1), Yakshanba 7(+1).
Dushanba, 23 May 2022
DIQQAT DIQQAT!
*Toshkent shahrining Uzexpocenter va Intercontinental ko‘rgazmalar majmuasining hududida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan 2022 yil 22 may kuni soat 06:00 dan 13:00 ga qadar 29, 85, 88-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtinchalik chizmada ko‘rsatilganidek tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Shanba, 21 May 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









