
Yangiliklar
HAQQONIY VA MUROSASIZ
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov ana shunday o'tishi kutilmoqda Joriy yil 24 dekabr kuni poytaxtimizda muhim siyosiy voqea — Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo'lib o'tadi. Sanoqli kunlar qolayotgan bir pallada mazkur siyosiy jarayonga qonunchilik talablari asosida qizg'in hozirlik ko'rilayotganini kuzatish mumkin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 12 iyulda parlament a'zolari hamda siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvda mahalliy Kengashlardagi deputatlarning faoliyatiga alohida to'xtalib, Toshkent shahrida ilk marotaba tuman Kengashlarini tashkil etish g'oyasini ilgari surgan edi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil 29 avgust kuni imzolangan "Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to'g'risida"gi qonun bilan tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga saylovning huquqiy asoslari mustahkamlandi. O'z navbatida, Markaziy saylov komissiyasi "Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov kampaniyasi boshlanishini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qildi. Aytish joizki, Toshkent shahar tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarini tuzish mahalliy budjetlarni, hududni rivojlantirishning istiqbolli dasturlarini qayta ko'rib chiqish hamda qabul qilishda muhim o'rin tutadi. Kengashlar sessiyasida tumanlarda joylashgan mahalliy davlat organlari rahbarlarining faoliyati yuzasidan hisobot va axboroti tinglanadi. Bu esa fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari bilan bog'liq masalalarni vakolatlar doirasida hal etish imkonini beradi. Qolaversa, mahalliy kengashlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardagi ishtirokini kengaytiradi.
Aholi vakillarining joylardagi mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini o'rnatish imkonini beradi. Sirasini aytganda, bu tashabbus poytaxtimiz tumanlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, siyosiy partiyalarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlashga, shahar taraqqiyotidagi ishtirokini oshirishga xizmat qiladi. Bugun poytaxtimiz tumanlari kun sayin rivojlanib, yangi iqtisodiy imkoniyatlarga erishmoqda, ular salohiyatini oshirishga e'tibor qaratilmoqda. Bu esa, o'z navbatida, har bir tumanda samarali nazorat o'rnatish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan tuman Kengashlarining tashkil etilishi hududlar rivojiga qaratilgan yangi taklif va tashabbuslar bilan chiqishda ham muhim ahamiyatga ega.
Dushanba, 18 Dekabr 2017
XURMATLI YO'LOVCHILAR!
“Toshshahartransxizmat” AJ 2017 yil 13 dekabrdagi 287-sonli buyrug'iga asosan, “2-Avtobus saroyi” MChJ tasarrufida bo'lgan 148-sonli “Jomiy maydoni - Tuzel mavzesi 3-daha” oralig'ida qatnovchi avtobus yo'nalishi “5-Avtobus saroyi” MChJ tasarrufiga o'tkazilganligini hamda yo'nalishda 7 ta “Isuzu” rusumidagi avtobuslar harakati yo'lga qo'yilishini ma'lum qilamiz.
"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati
Payshanba, 13 Dekabr 2017
FIDOKORONA MEHNAT ETIROFI
Ayni damda yurtimizning barcha go'shalarida Bosh qomusimizning 25 yillik yubiley tantanalari keng nishonlanmoqda. Jumladan, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo'shgan fuqarolarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi farmoni bilan ta'sis etilgan "O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonlari topshirish marosimi ham bo'lib o'tyapti. Joriy yil 4 dekabr kuni Yunusobod tumani faollari orasidan ana shunday e'tirofga munosib ko'rilgan bir guruh hamshaharlarimizga "O'zbekiston – Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishoni tuman hokimi tomonidan topshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning xohish-irodasi, inson huquq va manfaatlari, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlarini mujassamlashtirgan huquqiy qomusdir. Konstitutsiya har bir fuqaro, har bir oila va umuman, jamiyatimiz manfaatlarini ifodalaydi va u qabul qilingan kun haqli ravishda umumxalq bayrami hisoblanadi. Negaki, Bosh qomusimiz har birimizga muayyan huquq, erkinlik beradi va ularni himoya qiladi. Konstitutsiyamiz inson manfaatlarining ustuvorligini mustahkamladi, davlat va xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishini belgilab berdi. Bo'lib o'tayotgan bayram tadbirlarida bu alohida qayd etilmoqda.
Dushanba, 11 Dekabr 2017
BOSH QOMUSIMIZ — INSON MANFAATLARI KAFOLATI
"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati majlislari zalida O'zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining 25 yilligiga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi. Unda Jamiyat boshqaruv raisining o'rinbosarlari, bo'lim va xizmat boshliqlari, tarmoq korxonalari rahbarlari, ularning tasarruf bo'yicha o'rinbosarlari, xodimlar bo'limi hamda yuridik xizmat boshliqlari, kasaba uyushmalari raislari ishtirok etdi.
Seminar-treningda so'z olganlar yurtimizda demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy kafolati hamda mustahkam poydevori yaratilganini ta'kidladi. Seminarda Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti dotsent, tarix fanlari nomzodi Faxriddin O'sarov "Kelajagi buyuk davlatning huquqiy poydevori" mavzusida ma'ruza qildi. Notiq so'zida konstitutsiyaning kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, shakllanishi va ahamiyati haqida so'z yuritib, davlatimiz bosh qomusida diniy bag'rikenglik, insonparvarlik, qonuniy ustuvorligiga katta e'tibor qaratilganini e'tirof etdi.
Bosh qomusimiz muqaddimasida Konstitutsiya mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida qabul qilinganligi qayd etilgan. Ya'ni Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati insonga munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iborat, dedi notiq.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini ta'minlash kabi izchil islohotlar Bosh qomusimiz asosida olib borilayotir. Yoshlar o'z haq-huquqlarini anglashi, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi, tadbirkorlik bilan shug'ullanishi, mas'uliyat va burchlarini bilishi borasidagi ezgu sa'y-harakatlar o'z samaralarini bermoqda.
Dushanba, 11 Dekabr 2017
SHAHAR JAMOAT TRANSPORTIDA XIZMAT KO'RSATISH SIFATI YANADA OSHMOQDA
Istiqlol yillari poytahtimiz Toshkent shahri jamoat transporti tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi. “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari moddiy teznik bazasi tubdan yangilandi. Yo'lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratilib, xizmat ko'rsatish sifati oshdi.Yurtdoshlarimizga yanada ko'proq qulaylik yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 martdagi “Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 129-sonli qaror qabul qilindi.
Seshanba, 05 Dekabr 2017
8 DEKABR — O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN MUSTAQILLIGIMIZNING MUSTAHKAM HUQUQIY POYDEVORI
Mamlakatimiz Bosh qomusi — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 25 yil to'lmoqda. Bu mustaqil Vatanimizning tarixiy ahamiyatga ega sanalaridan biri ekani shubhasiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20 iyundagi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoyishiga ko'ra bu sana butun mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.
Darhaqiqat, 1992 yil 8 dekabrda mustaqil O'zbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo'ldi. Jamiyat har bir fuqaro so'zsiz bo'ysungan qonunlar asosida rivoj topadi. Taraqqiyotning boshqa yo'li yo'q.
Bunday qonunlar zamirida esa odamiylik, ezgulik, haqiqat, adolat, go'zallik singari qadriyatlar mujassam. Konstitutsiyamiz esa ezgulikka xizmat qiluvchi, yo'limizni mayoq kabi yorituvchi asosiy qonundir.
Inson hayoti, tiriklik mehnatga asoslangan. Xususan, halol mehnat insonning ziynatidir. Ayni choqda, mehnat samarasidan elu yurtni, ulusni manfaatdor etish istagi kishiga zavqu shavq beradi. Ayniqsa, transport sohasi kabi sharafli va mas'uliyatli sohada faoliyat yuritayotgan fidoyi insonlar bu zavqu shavqni bearmon totadi. Darhaqiqat, halol peshona teri ortidan tirikchilik qilmoq, o'z faoliyati bilan elu yurt ravnaqiga hissa qo'shmoq chin insoniy saodatdir. Mamlakatimizdagi turli soha vakillari qatorida biz transportchilarning mehnat huquqlari ham aynan Bosh qomusimizda kafolatlangandir.
Bugun barcha yurtdoshlarimiz, xususan, yoshlarimiz Konstitutsiyamizni sinchkovlik, ziyraklik bilan yanada chuqur o'rganishlari lozimligini davr talab etmoqda. Negaki, bu – ona Vatanimizda tinchlik, osoyishtalik va qonun ustuvorligini ta'minlaydigan qomusdir. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz, hamshaharlarimiz, transport tizimida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan aziz insonlarni Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana bilan qizg'in tabriklab qolamiz.
Dushanba, 04 Dekabr 2017
TEXNIK "TEZ YORDAM" FIDOYISI
Sahifamizning bugungi mehmoni "5-avtobus saroyi" MChJ texnik yordam bo'limi haydovchisi Abduvali Begmatov. Abduvali aka yaqinda Toshkent shahar yo'lovchilar tashish transport korxonasida ko'p yillik samarali mehnati, ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatining Faxriy yorlig'i bilan mukofotlandi.
Dushanba, 04 Dekabr 2017
ISTIQBOLNI BELGILOVCHI HUJJAT
Toshkent shahri jamoat transportini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasida.
O'zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy markazi bo'lgan poytaxtimiz Toshkent nafaqat mintaqaning, balki butun Osiyoning eng yirik shaharlaridan biri hisoblanadi. Bugun shahrimiz aholisi 3 milliondan oshib ketdi.
Aholi va transport sonining keskin o'sib borayotgani, kun sayin o'zgarib borayotgan ijtimoiy hayot poytaxt aholisi turmush darajasini oshirishni, buning uchun, avvalo, shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirib borishni taqozo etadi. Bu borada hukumatimizning bir qator qaror va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi joriy yil 11 martda qabul qilgan "Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish choralari to'g'risida"gi qarorda shahar yo'lovchi tashish transporti korxonalarini istiqbolli rivojlantirish dasturiga alohida e'tibor qaratilib, 2030 yilgacha bo'lgan rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqish vazifasi yuklangan edi.
Dushanba, 27 Noyabr 2017
TOSHKENT – CHIRCHIQ ORALIG'I
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi "O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga ko'chirilishi munosabati bilan Toshkent shahridan qatnab ishlovchi professor-o'qituvchilar va talabalarni qatnashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish belgilangan edi. Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida va institut mutasaddilari, talabalarining murojaatiga ko'ra Toshkent va Chirchiq shaharlari orasida yangi yo'nalishlar faoliyat boshladi.
Joriy yilning 20 noyabr kuni "2-avtobus saroyi" MChJ tasarrufida ikkita yangi yo'nalish ish boshlagani fikrimizga yaqqol dalildir. Bular, Yunusobod 7-shahar shifoxonasidan Chirchiq shahridagi O'zbekiston jismoniy tarbiya oliygohiga 198-yo'nalish va Ekskavator zavodidan Chirchiq shahridagi O'zbekiston jismoniy tarbiya oliygohiga qatnaydigan 199-yo'nalishdir.
Har ikki yo'nalishda 10tadan "Isuzu" rusumli avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yildi. Avtobuslar yangi, shinam, oraliq masofa ham unchalik katta emas, 11-12 daqiqani tashkil etadi.
Dushanba, 27 Noyabr 2017
YO'LOVCHILAR MAMNUN
Shoshilib avtobusga chiqib olgan o'rta yoshlardagi ayol o'rindiqqa o'tirar ekan, yonidagi kishi bilan salomlashdi, so'ng e, bu yangiliklarning sadag'asi ketsang arziydi, deb qoldi. Men ulardan keyingi o'rindiqqa o'tirganim uchun ayolning so'zlari baralla eshitilib turardi.
Bozordan chiqib, bekatda "avtobus endi qachon kelarkan", deb alanglab turganimda, aftidan talaba qiz, yaqinlashib," Nechanchi avtobusni kutyapsiz, xola?" deb qoldi." 125-yo'nalish avtobusini, dedim.
Indamay telefoniga qarab, o'z ishi bilan ovora bo'ldi. Hayron bo'ldim, notanish qiz nega so'radi va yana indamay telefoni bilan andarmon, deya.
Chorshanba, 23 Noyabr 2017
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









