Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#HAFTA_DAVOMIDA

2022-yil 20-25-iyun holatiga

Magistral yo‘nalish avtobuslari harakati yo`lga qo`yilmoqda.

Toshkent shahrida jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishlari ochiladi.

* Yozgi mavsumda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati bolalarni oromgohlarga olib borish hamda olib kelish xizmatlarini doimiy ravishda amalga oshirib kelmoqda. 

* 83, 42, 150-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati va jadvallari soniga o`zgartirishlar kiritildi.

* "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga navbatdagi 10 dona "Isuzu Saz Le-60" rusumli avtobuslar topshirildi.

Dushanba, 27 Iyun 2022

Transport_va_yo'l_xo'jaligi_tizimidagi_konstitutsiyaviy_islohotlar

Joriy yilning 27-iyun kuni, Transport vazirligi hududiy bo‘linmalari, idoraviy tashkilotlari hamda tizimdagi barcha transport va yo‘l xo‘jaligi korxona va muassasalari ishtirokida transport sohasi va yo`l xo`jaligi tizimida "Konstitutsion islohotlar" mavzusida videokonferentsaloqa orqali muhokama-munosabat tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Konstution isloxotlar

Dushanba, 27 Iyun 2022

#TABRIK

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

"Toshshahartransizmat" AJ jamoasi barchangizni 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Davlat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`lovchi ishonchli kuch sifatida olib borayotgan mas`uliyatli va shu bilan birga sharafli bo`lgan faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo`lsin. Doimo jamiyat ravnaqi, xalqimiz manfaati va kelajagi yo`lida qilayotgan xizmatlaringiz qadr topsin, fikringiz teran, qalamingiz o`tkir bo`lsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baht, xonadoningizga tinchlik-hotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz.

Ommaviy axborot vositalari

Dushanba, 27 Iyun 2022

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA !

Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2022-yil 27-iyundan boshlab:

* "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 83-sonli "Ekskavator zavodi - Yunusobod mavzesi 6-daha" avtobus yo‘nalishining harakati to‘g‘ri yo‘nalishda "Yunusobod mavzesi 6-daha" so‘nggi bekatidan Jumamasjid, Moyqo‘rg‘on, A. Donish, A. Temur shoh ko‘chasi, A.Donish ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda, qaytishdagi yo‘nalishi Yangishahar ko‘chasidan A.Temur shoh ko‘chasi, A. Donish, Moyqo‘rg‘on, Jumamasjid ko‘chalari orqali "Yunusobod mavzesi 6-daha" so‘nggi bekatigacha;

* "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 150-sonli "Chilonzor mavzesi 25-daha-Yunusobod mavzesi 19-daha" avtobus yo‘nalishining harakati Labzak ko‘chasidan Nurafshon, Sebzor ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilganligini;

* "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 42-sonli "Kensoy qo‘rg‘oni qishloq ho‘jalik kolleji-Beshyog‘och maydoni" avtobus yo‘nalishining harakati Beruniy, A.Navoiy ko‘chalari orqali "Chorsu savdo markazi ASHB" bekatigacha qisqartirilganligini va yo‘nalish 42-sonli "Kensoy qo‘rg‘oni qishloq ho‘jalik kolleji-Chorsu savdo markazi ASHB" deb nomlanganligini hamda yo‘nalishda jadvallar soni:
* Ish kuni 7(-1) ta, shanba kuni 6 (-2) ta, yakshanba kuni 5 (-2) ta; etib belgilanganligini maʼlum qilamiz.

 

Chorshanba, 23 Iyun 2022

#Bolalar_soglomlashtirish_oromgohi_2022

Yozgi mavsumda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati bolalarni oromgohlarga olib borish hamda olib kelish xizmatlarini doimiy ravishda amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning 21-iyun kuni ham "2-Avtobus saroyi" tasarrufidagi 16 dona "MAN RR22 turist" rusumli, maхsus, xavfsiz va qulay bo‘lgan avtobuslarda bolalarni "Sokol" nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga olib borish va olib kelish xizmatini ko‘rsatdi.

Ваtafsil ushbu videоda

Лагерь Сокол

Chorshanba, 23 Iyun 2022

#Magistral_avtobus

Joriy yilning 20-iyun kunidan 46-sonli "Birlik mavzesi" ASHB- RET zavodi" bekati magistral yo‘nalish avtobuslari harakatlana boshlaydi.

Mazkur yo‘nalishda belgilangan rejaga asosan 14 ta avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib, oraliq interval 8-9 daqiqani tashkil etadi.

магистрал йщл

Yakshanba, 19 Iyun 2022

#Avtomobilchi #Bolalar_soglomlashtirish_oromgohi_2022

 * "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufidagi "Avtomobilchi" bolalar sog’lomlashtirish oromgohi yozgi mavsumni ochiq deb e’lon qiladi.

Oromgoh 4 mavsumdan iborat bo’lib:
1️⃣-mavsum: 1-iyuldan 12-iyulga qadar;
2️⃣-mavsum: 15-iyuldan 26-iyulga qadar;
3️⃣-mavsum: 29-iyuldan 9-avgustga qadar;
4️⃣-mavsum: 12-avgustdan 23-avgustga qadar davom etadi.

Shoshiling, chiptalar soni cheklangan!
Yozni biz bilan ham maroqli ham foydali o’tkazing.

☎️Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali bilib olishingiz mumkin:
(99) 444-91-58
(99) 443-47-74

Лагерь

Juma, 17 Iyun 2022

DIQQAT DIQQAT!

Toshkent shahriga 2022-yil davomida olib kelinadigan avtobuslar to’g’risida MA’LUMOT!

2022 yil davomida olib kelinadigan avtobuslar

Juma, 17 Iyun 2022

#INFOGRAFIKA

Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni

(1-31 may holatiga ko‘ra)

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131- sonli yo‘nalish - 261 898

2. 93 - sonli yo‘nalish - 187 648

3. 58 - sonli yo‘nalish -  179 767

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 141- sonli yo‘nalish - 2 694 

2. 196- sonli yo‘nalish - 3 268

3. 113 - sonli yo‘nalish - 6 673

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 3 152 924

2. Isuzu -  2 558 140

3. Man - 1 793 367

4. Saz LE 60 -  1 065 319

5. Yutong (Elektrobus) - 256 242

130 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 825 992

infografika za may

Seshanba, 14 Iyun 2022

#SamAuto #SAZLE60

Joriy yilning 9-iyun kuni, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJ tomonidan "Toshshahartransxizmat" AJning texnik topshirig’iga asosan jihozlangan maxsus "SAZ LE-60"  rusumli avtobuslarning navbatdagi 20 donasi "Toshshahartransxizmat" AJning 2- va 12-Avtobus saroyi filiallariga topshirildi.

2 автобус саройи

Shanba, 11 Iyun 2022
Page 8 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 645 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech