
Yangiliklar
O‘Z RIZQINI QIYAYOTGANLAR
Bugungi kunda shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimi ham bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Xususan, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasida "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, yo‘nalish avtobuslari harakatini "onlayn" tarzda masofadan kuzatish tizimi – GPS trekerlari va antennalari o‘rnatilgan. Shu asosda "Toshtransdispetcherxizmat" unitar korxonasi tasarrufida markaziy nozimlik xizmati, "Toshavtota’mirxizmat" unitar korxonasida GPS moslamalariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi, avtokorxonalarda esa GPS operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jamiyat tomonidan tasarruf etilayotgan barcha avtobuslarga GPS trekerlari va antennalari, A21 ikki tomonlama so‘zlashish moslamalari o‘rnatildi. Ushbu ilg‘or texnologiyalarning sohaga tatbiq etilishi natijasida transport harakat muntazamligi, tartib-intizom, yo‘nalish pasportiga qat’iy rioya etish kabi ijobiy natijalarga erishildi. Negaki, endilikda avtobuslar harakati, ayniqsa, ularning muayyan bekatda turish reglamenti nazoratdan chetda emas. Biroq shunga qaramay qoidabuzarliklar, xususan, haydovchilar tomonidan GPS moslamasini ataylab buzib qo‘yish holatlari aniqlanmoqda va shunga yarasha keskin choralar ko‘rilayotir.
Juma, 27 Aprel 2018
G‘ALABANG MUBORAK, "AVTOMOBILCHI"
Xabaringiz bor, 16-17 aprel kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi Ikkinchi ligasi Toshkent shahar mintaqasining 2018 yilgi mavsumi start oldi. Ayni paytda Toshkent shahar chempionati ikkinchi davra bahslarida qatnashayotgan "Avtomobilchi" futbolchilari 2-tur o‘yinini jo‘shqin kayfiyatda g‘alaba bilan boshladi.
Juma, 27 Aprel 2018
MEHNAT FAXRIYSI EʹZOZDA
Oramizda shunday insonlar borki, ular bilan suhbatlashib, maslahatlashib dilingiz yayraydi. Fidoyiligi, jonkuyarligini ko‘rib, ularga havas qilasiz, ulardan o‘rnak olishga intilasiz. Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimida ham ana shunday insonlar talaygina. Suratdagi insonning kimligini aytmasimizdan ko‘pchilik tanigan bo‘lsa kerak. Ha, bu kishi "12-avtobus saroyi" MChJ kasaba uyushmasi raisi Ma’murxo‘ja o‘ozixo‘jaev. Qahramonimizning yo‘lovchi tashish transportiga ko‘p mehnati singgan. Ko‘plab shogirdlar etishtirgan. Ahamiyatlisi, bugungi kunda ham yoshlar bilan elkama-elka turib mehnat qilmoqda.
Juma, 27 Aprel 2018
VAQTING KETDI - NAQDING KETDI!
Yoki murojaatlarga sabab bo‘layotgan yo‘nalishlar xususida
Shoshganda labbay topilmas, deb bejiz aytilmagan. Shoshib turganingda, kutayotgan avtobusing o‘z vaqtida kelmasa, kelganda ham, har bekatda necha daqiqalab turib qolsang, haydovchi yoki chiptachiga aytgan so‘zlaring kor qilmasa, achchiqdan tizim ishonch telefoniga murojaat qilasan. Masalaga echim topib, endi unutdim, deganda yana shunga o‘xshash hodisa bo‘lib jig‘ibiyroning chiqib, portalga murojaat qilishga majbur bo‘lasan, kishi....
Payshanba, 25 Aprel 2018
MEN DARDIMNI KIMGA AYTAYIN
131-yo‘nalishdan reportaj
Men har gal avtobusga chiqib olganimda, suyunib "Bo‘ldi, mana endi manzilga etib olaman", deb o‘ylayman. To‘g‘rirog‘i, shunday deb o‘ylardim. Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan mudhish voqeadan keyin bu beparvolik sal chekingandek bo‘ldi. Endi jamoat transportiga chiqqanda vaziyatni o‘zimcha kuzatib, tahlil qilgan bo‘laman. Ayniqsa, ertalablari yoki kunning ikkinchi qismida odamlar ishdan uyga qaytayotganda, liq to‘la avtobuslarga ko‘zim tushganda yoki shularning birida o‘zim ham urinib-surinib ketayotganimda, albatta, yo‘lovchilar xavfsizligi haqida o‘ylayman. Aqto‘beda qahraton sovuqda, kimsasiz dasht bag‘rida butun boshli avtobus yo‘lovchilari bilan yonib kul bo‘ldi. Xudo ko‘rsatmasin, qandaydir noxushlik bo‘lsa, yo‘lovchilar omon qola biladimi, degan o‘ylarga boraman ba’zida...
Seshanba, 24 Aprel 2018
SO‘NGGI PUSHAYMONLIK
Bugun "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli avtokorxonalarda 1000 dan ziyod avtobus 130 yo‘nalishda shahrimiz aholisiga transport xizmati ko‘rsatib keladi. Yo‘nalishga chiqadigan har bir transport vositasiga GPS trekeri o‘rnatilgan bo‘lib, Markaziy nozimlik xizmati xodimlari tomonidan nazorat qilib boriladi. GPS tizimi, ayniqsa, jamoat transporti sohasida juda muhim sanaladi. Aynan shu tizim orqali ko‘p sonli transport vositalari harakati masofadan turib kuzatib boriladi. Bu esa, jamoat transporti vositalariga bir maromda, uzluksiz xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Haydovchi uchun ham juda qulay. Yo‘lovchilarni aytmaysizmi! Ular mobilь vositalari orqali o‘zlariga zarur bo‘lgan yo‘nalish avtobuslari vaqtini bilib, shunga qarab harakatlarini qilishadi. Vaqt tejaladi, bekatlarda uzoq kutib qolishlar kuzatilmaydi. Xullas, afzalliklari ko‘p.
GPS tizimi ishga tushganiga 4 yil bo‘libdi-yu, ammo, hali-hamon bu yangilikka moslasholmayotgan yoki moslashishni istamayotgan haydovchilar topiladi. Tizim ishini qasddan buzayotgan hamkasblarimiz xatti-harakatini esa sira oqlab bo‘lmaydi.
Bir misol. 15 aprel kuni "5-avtobus saroyi" MChJga qarashli 44- yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobusda (saroy raqami – 394) ana shunday xunuk holat yuz berdi. Avtobus GPS ko‘rsatishiga ko‘ra Gulobod shohbekatida, aslida esa shaharning boshqa chekkasida. Shubhali bu holat tekshirilganda, hamma narsa oydinlashdi-qoldi. "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Jo‘raev boshchiligidagi mutaxassislar mazkur avtobusni tekshirganda GPS antennasi simlari atayin echib olinganligi ma’lum bo‘ldi. Haydovchi bu ishdan bexabarligini, ovqatlanayotgan paytida kimdir bu ishni qilgan bo‘lishi mumkin, dedi. Chiptachi ham "bexabarman" degandek elka qisib qo‘yaqoldi. Darvoqe, tekshiruv paytida chiptachi yo‘q, o‘rniga yollangan yordamchi faoliyat olib borayotgan ekan. Chiptachi qani, degan savolga, uyidan zarur qo‘ng‘iroq bo‘ldi, ketdi, deya izoh berishdi.
Seshanba, 24 Aprel 2018
MEHNAT YARMARKASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 fevraldagi "2018 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-3506-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent avtomobilь yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida "Karьera kuni" tadbiri tashkil etildi. Tadbirni vaqtincha institut rektori vazifasini bajaruvchi A.Nazarov ochib berdi.
Seshanba, 24 Aprel 2018
EʹTIBOR – KO‘NGLIMNI TOG‘DEK KO‘TARDI
Mehnati qadrlangan hamkasblar
EʹTIBOR – KO‘NGLIMNITOG‘DEKKO‘TARDI
Mehnatning qadr topishi, bu – eng avvalo, insonni qadrlash, qutlash demakdir. Kimningdir kamtarona mehnati e’tirof etilyaptimi, demak, atrofdagilar, hamkasblar, qolaversa, butun jamoa uning ishlaridan rozi. Mukofot esa, ana shu ishonch, rozilik alomati.
"Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati rahbariyati tizimda mehnat qilib kelayotgan 6 ming nafardan ziyod ishchi-xizmatchi faoliyatini kuzatib, tahlil qilib boradi va o‘z hayotini jamoa hayoti bilan chambarchas bog‘lagan, yon-atrofdagilarga o‘rnak bo‘layotgan xodimlarni rag‘batlantirish choralarini ko‘radi. Xuddi shu maqsadda, Navro‘zi olam arafasida bir guruh hamkasblarimiz samarali mehnati, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Jamiyat boshqaruvi raisi tomonidan "Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transporti Faxriy xodimi" ko‘krak nishoni va Faxriy yorliqlar bilan mukofotlandilar. Taqdirlanganlar orasida "3-avtobus saroyi" MChJning tajribali haydovchilaridan biri, ko‘plab yosh hamkasblariga ustozlik qilib kelayotgan Husniddin aka Zayniddinov ham bor.
Chorshanba, 19 Aprel 2018
E'LON
“Toshshahartransxizmat” aktsiyadorlik jamiyati va uning tarmoq korxonalarida uchrayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish, yo'lovchilarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning fikrini o'rganish, tahlil qilish va shu asosida kelgusida jamiyat tarmoq korxonalari faoliyatiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishgacha bo'lgan chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida “Toshshahartransxizmat” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi A.Z.Djuraev, shuningdek, tarmoq korxonalari rahbarlari ishtirokida jamiyat majlislar zali (Toshkent shahri Amir Temur 1 tor ko'chasi 6-uy, 1-qavat)da har haftaning juma kuni soat 10:00da fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazish rejalashtirildi.
Payshanba, 11 Aprel 2018
MAJBURIY KO'RIK – XAVFSIZLIK KAFOLATI, E'TIBORSIZLIK-CHI?
Safarga chiqayotgan yo'lovchi, albatta, yo'l tadorigini ko'radi. Barcha zarur buyumlarni muhayyo qiladi. Ko'ngli xotirjam bo'lgach, "bismilloh" deb yo'lga chiqadi. Shu ma'noda, kunda el xizmatiga chiqadigan jamoat transporti vositalarining muntazam ko'rikdan o'tib turishi ham harakat xavf¬sizligi uchun muhim omil sanaladi. Haydovchi, mas'ul xodimlar transport vositalarini har kun yo'lga chiqishdan oldin, albatta, bir sidra nazardan o'tkazadi. Yaroqliligiga to'liq ishonch hosil qilgach, yo'nalishga chiqadi. Bu o'rinda haydovchi va mutasaddi xodimlar mas'uliyatini alohida ta'kidlash lozim. Transport vositasiga e'tiborsizlik, texnik nosozlik qanday xunuk oqibatlarga olib kelishiga misol izlab olis Ovrupo yoki Amerikaga borishning hojati yo'q. Yon-atrofimizda misollar qalashib yotibdi.
Dushanba, 09 Aprel 2018
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









