
Yangiliklar
25 DAQIQA KUTISH
..."Tashbus" mobil ilovasini yopib, yana avtobusni kutishda davom etdim. Shu kuni haftaning dushanba kuni, 7 may edi. Soat — 16:58. Ha, bekatga kelganimda 16:33. Kechga qolmasaydim.
Shanba, 12 May 2018
HAMMA GAP — EʹTIBORDA
Inson fitratan ham quvvatli, ham ojiz etib yaratilgan. Odamzoddagi bu ojizlikni ko‘pgina allomalar ham e’tirof etganlar. Masalan, mashhur farang yozuvchisi Mishelь de Monten: "Naqadar kuchli, dono, bilimdon bo‘lishni istasak-da, oxir-oqibat insonmiz. Insondan ham nochor, ojiz yana nima bor?!" – deya xitob qiladi. Shu ma’noda inson tog‘ni talqon qilishi mumkin, biroq unga e’tibor berilmasa o‘zini zaif hisoblab qoladi. Bu o‘rinda e’tibor deganda albatta mehr ko‘rsatish, qadrlashni tushunmoq lozim bo‘ladi. Bugungi kunda qadrlash esa keksalarimizni bayramlarda tabriklash, hol-ahvollarini so‘rash, ularning mehnatini e’tirof etish orqali amalga oshadi.
Shanba, 12 May 2018
SHAHAR JAMOAT TRANSPORTLARINING TOZALIGIGA QARATILAYOTGAN E'TIBOR!
Shahrimiz aholisi va mehmonlariga yanada sifatli transport xizmatini ko'rsatish maqsadida, avtobuslar avto shox bekatlarda haydovchi va chiptachilar tomonidan sanitar tozalash ishlari olib borilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” AJ
axborot xizmati.
Seshanba, 08 May 2018
Shahrimiz aholisiga yana bir qulaylik!
Shahrimiz aholisiga yana bir qulaylik!
Shahrimiz ahorlisi va mehmonlariga ya'ni bir qulaylik, shahar jamoat transportining “Halqlar do'stligi saroyi” oraliq bekatiga, bekatdan o'tuvchi transport yo'nalishlarini kuzatish imkonini beruvchi monitor o'rnatish ishlari olib borilmoqda (bekatdan qaysi yo'nalish avtobuslari o'tishi hamda bekatga qanchada kelishi va h.k. ma'lumotlar aks etadi).
Dushanba, 07 May 2018
SO‘Z QADRI
Insoniyat taraqqiyoti yo‘lida ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuotning o‘rni beqiyos. Matbuot rivoj topishi bilan odamlarning hayotga, yangiliklarga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib borgan. Ilk gazetalar paydo bo‘lishi, keyin radio, televidenie, ayniqsa, internet paydo bo‘lishi, insoniyat hayoti, ongi va dunyoqarashida mislsiz o‘zgarishlar yasadi. Atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qahhorning "Adabiyot atomdan kuchli" degan haroratli so‘zlari matbuotga ham tegishlidir. Dunyo tarixidagi eng buyuk inqiloblar, o‘zgarishlar, eng avval, matbuotda bo‘y ko‘rsatishini eslashning o‘zi kifoya. Shu ma’noda axborotni to‘g‘ri talqin va tahlil qilish, undan ezgu maqsadda foydalanish juda zarur.
Dushanba, 07 May 2018
TUG‘MA TRANSPORTCHI
Bugun 96 bahorni qoralab, umrning 97-dovoniga yuzlangan Malik ota o‘afurov Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi, mehnat faxriysi, transport tizimi fidoyisi. Uning hayot yo‘liga nazar solar ekansiz, taqdiri azal oldida yana bir bor bosh egasiz.
Malik ota hayotning ko‘p sinov, imtihonlaridan yiqilmay-qoqilmay o‘ta olgan irodasi mustahkam insonlardan. U o‘zining qariyb bir asrlik umrida bir necha tuzum – davrlarni ko‘rdi. Qiyinchiliklar oldida hech qachon dovdirab qolmadi, o‘z yo‘lini topa oldi.
Dushanba, 07 May 2018
NANO YANGILIK
Bugun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish koni foyda ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviylikka, yangilikka intilishi kuchli. Xususan, bu holat shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
So‘nggi yillarda "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyatida AKTdan keng foydalanib kelinmoqda. Bunda hukumatimizning 2013, 2017 yillardagi qarorlari dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan, joriy "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturida ham qator axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalga tatbiq etish nazarda tutilgan. Joriy yilning birinchi choragida shahrimizning aholi gavjum oraliq bekatlariga elektron axborot ko‘rsatkichlari o‘rnatila boshlangandi.
Dushanba, 07 May 2018
FAXRIYLARGA EHTIROM
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylarini taqdirlash bugungi avlod zimmasidagi burch
9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan barcha hamshaharlarimizni, poytaxtimiz mehmonlarini, Jamiyat tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan aziz transportchilarni, xususan, frontning eng oldingi marralarida kurash olib borgan urush qatnashchilari va mashaqqatli mehnat jabhasida o‘zini ko‘rsatgan faxriylarimizni samimiy muborakbod etaman.
Dushanba, 07 May 2018
MEHNATDAN TOPILGAN XISLATLAR
"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tomonidan "Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transporti faxriy xodimi" nishoni bilan mukofotlangan "7-avtobus saroyi" MChJ farroshi Nasiba Sharapovani hamkasblari ayricha hurmat qiladi.
Juma, 27 Aprel 2018
QOIDABUZAR HAYDOVCHI
Jamoat transporti haqida gap ketganda, eng avvalo, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish va ularning xavfsizligi masalasiga e’tibor qaratiladi. Biroq, ba’zi haydovchilarning jamoat transportini boshqarayotgani esidan chiqib, qoidabuzarlik sodir etishi ko‘nglimizni xira qiladi.
Juma, 27 Aprel 2018
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









