
Yangiliklar
SOHAGA INNOVATSION G‘OYALAR VA INVESTITSIYA JALB ETISH
Joriy yil 4 iyul kuni "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatida ana shu masalada kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va talabi bilan qulay investitsiya muhiti yaratishga harakat qilinmoqda. Bu esa barcha sohalarda, shu jumladan, "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimida ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev hamda Vazirlar Mahkamasining mutasaddi xodimi Muhiddin Solihov boshchiligidagi videoselektorda Jamiyat tarkibidagi avtokorxonalar rahbarlari, bosh muhandislar, direktorlarning tasarruf bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, tegishli mutasaddi xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishni Jamiyat boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev olib bordi.
Seshanba, 10 Iyul 2018
ELEKTRON TO‘LOV – YO‘LOVCHILARGA QULAYLIK
Xabaringiz bor, Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportlarida naqd pulsiz elektron yo‘l chiptalarini tarqatish va undan yo‘lovchilarning foydalanishi yo‘lga qo‘yildi. "Poytaxt transporti" gazetasining joriy yil 22 iyun sonida bu to‘g‘rida batafsil to‘xtalib o‘tganmiz. Bu gal undan foydalanayotgan abonentlar bilan suhbatlashdik.
Seshanba, 10 Iyul 2018
TOSHKENT SHAHRIDA OB-HAVONING KESKIN ISIB KETISHI
Toshkent shahrida ob-havoning keskin isib ketishi sababli, kunnig eng issiq vaqtlarida «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtokorxonalar rahbariyati tashabbusi bilan, imkon darajasida, yo‘nalish avtobuslarida yo‘lovchilarga bepul salqin ichimlik suvlari taklif qilinmoqda.
“Toshshahartransxizmat” AJ
axborot xizmati.
Dushanba, 09 Iyul 2018
HURMATLI HAMSHAHARLAR!
“Toshshahartransxizmat” AJ 2018 yil 1 iyul kunidan boshlab, elektron ko'rinishdagi oylik yo'l kartalarini quyidagi ko'rinishi muomalaga chiqardi:
Dushanba, 02 Iyul 2018
BAMASLAHAT QILINGAN ISH
Ayni paytda azim poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlar, xalqimizning ko‘tarinki kayfiyati barchamizni quvontirishi tabiiy. Xalqimizning davlatga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda. Har bir fuqaro haq-huquqlari himoya etilib, duch-kelayotgan muammo va kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etishga harakat qilinmoqda. Bu borada Davlatimiz rahbarining "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyili asosida mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat idoralarining rahbarlari har bir fuqaroni o‘ylantirayotgan muammo va masalaga alohida e’tibor qaratib, uning echimini topish hamda bartaraf etishmoqda. Bu borada, Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrda "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida" farmoni va 2017 yil 11 sentyabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida" Qonuni dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Dushanba, 11 Iyun 2018
“Toshshahartransxizmat” AJ Kuzatuv kengashi a’zolari xaqida ma’lumot
“Toshshahartransxizmat” AJ Kuzatuv kengashi a’zolari xaqida ma’lumot
Juma, 08 Iyun 2018
HAR BIR BOLA MEHR VA ARDOG‘IMIZDA
Azizaxon, tirishqoq, zehnli va bilimdon bola. Joriy 2017-2018 o‘quv yilini ham a’lo baholar bilan yakunladi. Maktab ishlaridagi faolligi, odob va axloqi, a’lo baholari uchun maktab rahbariyati uni "Faxriy yorliq" bilan taqdirladi. Azizaxonning ana shu sa’y-harakatlarini ota-onasi ham munosib taqdirlashga va’da qilishdi. Bugun ana shu va’da amalga oshadigan kun. Otasi ishxonasidan Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘iga chipta olib kelganidan xabar topganiga ancha bo‘lgan. Xushxabarni eshitganidan buyon zimdan tayyorgarlik ko‘ryapti. Axir bugun alohida kun. Xullas, kattalar ko‘nglini topishga intildi. Uyquga yotar oldidan ota-onasidan ruxsat olib, ertangi kun hozirligini ko‘rdi. Har yili birinchi iyunь arafasida har bir bolali uyda ana shunday jarayon kechishi shubhasiz. Chunki, bu kun butun dunyoda xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.
Juma, 01 Iyun 2018
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA VOSITALARI
Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jaev boshchiligidagi hokimlik delegatsiyasi o‘tgan haftada Moskvada ikki kunlik tashrif bilan bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari shahar ma’muriyatida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi hamda "Zaryadьe" bog‘i va VDNX ko‘rgazma majmuasi singari ob’ektlarga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari tarkibida "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Anvar Jo‘raev ham bor edi.
Juma, 01 Iyun 2018
AVTOMOBILCHI'NING SHONLI YO‘LI
Futbol haqida gap ketganda juda ko‘p jamoalar o‘zidan eslagudek va maqtanarli iz qoldirganini ta’kidlab o‘tish joiz. Bunga birgina "Paxtakor" futbol klubi tarixi va o‘yinlari, futbolchilari fikrimizni dalilidir. Xuddi shuningdek, "Avtomobilchi" futbol jamoasi ham o‘zining salmoqli tarixi bor. Mazkur jamoa avval "TTPU" va "Tramvaychi" nomi bilan to‘p surgan bo‘lsa, keyinchalik "Avtomobilchi" nomini olgan. Biroq bu futbol jamoasini Qo‘qonning "Avtomobilchi" klubi bilan adashtirmaslik kerak. Darvoqe, futbol tarixi aynan shu nomdagi klub nomi bilan bog‘liq. Buni qarangki, avval vodiyda, keyinchalik mamlakatda hamda qo‘shni davlatlarda shuhrat qozongan bu futbol jamoasi o‘zbek futbolining tamal toshini qo‘ygan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ha, aynan roppa-rosa bir yuz olti yil avval, ya’ni 1912 yildan "Avtomobilchi" nomi bilan dastlabki futbol jamoasi tashkil etildi.
Juma, 01 Iyun 2018
E'LON
Кредиторлар диққатига !
«YASHNOBODTRANSSERVIS» МЧЖ, «IFTIXORTRANS» МЧЖва
«CHOSHTEPATRANSSERVIS» МЧЖ қайта ташкил этилмоқда
Juma, 01 Iyun 2018
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









