
Yangiliklar
INKASSATSIYA MARKAZI 320 MILLION JARIMA TO‘LAYDI
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi harakat xavfsizligini ta’minlab, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan. Bu ishni tubdan yaxshilash uchun esa ko‘rsatkichlarni doimiy tahlil qilib borish va natijalarga ko‘ra kerakli choralarni ko‘rish kerak. O‘zbekiston Respublikasining "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda ana shu maqsadlar o‘z ifodasini topgan.
Seshanba, 14 Avgust 2018
YANGICHA YONDASHUV VA SHAFFOFLIK
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni hamda joriy "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida "Toshshahartransxizmat" AJ faoliyatining asosiy vazifalari va kelgusidagi aniq rejalariga Jamiyat rahbariyati va uning tarkibidagi avtokorxonalar direktorlari ishtirokida 30 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yana bir bor urg‘u berildi. Yig‘ilishni Jamiyat boshqaruv raisi Mohir Valiyev olib bordi.
Dushanba, 06 Avgust 2018
TRANSPORTDA "GAMBIT"CHA YURISH YARAMAYDI!
Ijodiy jamoamiz bilan 18-avtobus saroyiga kirib borganimizda, hali quyosh yeru ko‘kni qizdirib, jaziramaga aylantirib ulgurmagandi. Navbatini kutayotgan haydovchilar o‘z avtobusi bilan andarmon, ishga ketish tadorigini ko‘rardi. Muassasaning bosh muhandisi Javohir Ahmedov, faoliyatlari haqida yozish uchun gazetadan kelganimizni eshitib, bizni avtosaroy hududida kechayotgan ish jarayoni bilan tanishtirdi. Hamma o‘z ishi bilan o‘zi ovora: mexaniklar Fazliddin Sarimsoqov bilan Ulug‘bek Alimov jadval bo‘yicha ishga chiqib ketayotgan avtobuslarni ko‘zdan kechirardi. Nozimxonada navbatchi xodima Mashkura Ergasheva haydovchilarning yo‘l varaqalarini rasmiylashtirardi. Tibbiy ko‘rik xonasida narkolog hamshira Nafisa Yo‘ldosheva haydovchilardan birining qon bosimini o‘lchayapti. Ishlab chiqarish sexlaridan birida Ziyodilla Islomov akkumulyatorni quvvatlantirish bilan ovora. Avtochilangar Anvar Bakirov tormozi ishdan chiqqan avtobusni ta’mirlamoqda...
Dushanba, 06 Avgust 2018
SHAHAR JAMOAT TRANSPORTIDA JAMOATCHILIK NAZORATI
Shahar jamoat transporti yo'nalishlarida haydovchi va chiptachilar tomonidan harakat tarkibining qatnov intervali va muntazamligi, yo'lovchi tashish qoidalari hamda yo'nalish intizomiga rioya qilishini ta'minlash, yo'lovchilarning haqli e'tiroz va shikoyatlarini yuzaga kelishini oldini olish, xizmat ko'rsatish sifati va madaniyatini oshirish, yo'lovchi tashishlarni tashkil etishda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rish maqsadida, shahar jamoat transporti yo'nalishlarida yo'nalish-transport intizomiga rioya etilishining kundalik nazoratini olib borish uchun “Toshshahartransxizmat” AJ apparati, avtobus saroylari rahbarlari, rahbar o'rinbosarlari, bosh muhandislari, avtosaf boshliqlaridan iborat maxsus guruhlar tuzildi.
Payshanba, 01 Avgust 2018
YO'L-TRANSPORT HODISASI TAFSILOTI
2018 yil 26 iyul kuni Toshkent shahri mirobod tumani Bobur ko'chasi soat chamasi 14:30 larda “3-avtobus saroyi” MChJda tasarruf etiladigan “Beltepa mavzesi AShB va mahalliy havo yo'llari 3-terminal” bo'ylab harakatlanadigan 11-yo'nalishda haydovchi Anvar Islomov boshqaruvidagi davlat raqami 01 041 JFA, saroy raqami - 351 bo'lgan “MAN” rusumli avtobusda1-sonli “Baxt uyi” (sobiq 1-FHDYO) qarshisida yo'l-transport hodisasi sodir etdi. Yo'l-transport hodisasi natijasida 9 nafar yo'lovchi engil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Juma, 27 Iyul 2018
YANGICHA ISHLASH – DAVR TALABI
Joriy yilning 24 iyul kuni “Toshshahartransxizmat” AJga yangi boshqaruv raisi tayinlandi.
Yangi tayinlangan Jamiyat boshqaruv raisi shu kuni boshqaruv raisi o'rinbosarlari, xizmat va bo'lim boshliqlari, tizim tarkibiga kiruvchi tarmoq korxonalari rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.
Unda Jamiyatning asosiy vazifalar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.
Yig'ilishda shahar transport korxonalari oldiga aholiga sifatli, madaniyatli va xavfsiz transport xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish, bunda avallo, yangi xarid qilinishi rejalashtirilayotgan barcha avtobus konditsionerli bo'lishi rejalashtirildi. Fuqarolardan Jamiyatga kelib tushayotgan barcha murojaatlarni bee'tibor qoldirmaslik, ularni sinchkovlik bilan o'rganish, tahlil qilish va ijobiy hal etishga erishish asosiy maqsad qilib belgilash lozim. Muhimi bundan keyin eskicha ishlash tizimidan mutlaqo voz kechib, yangicha, zamonavay, ilg'or innovatsiya texnologiyalarida ishlash tizimiga o'tish, uning doirasida shahar jamoat transportiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ularning imkoniyatlaridan oqilona foydalangan holda yo'nalish avtobuslari oraliq intervaliga qat'iy rioya etilishini ta'minlash zarurligi ta'kidlandi.
Payshanba, 25 Iyul 2018
AQLLI SHAHAR, AQLLI JAMOAT TRANSPORTI
Xabaringiz bor, gazetamizning joriy yil 22 iyun sonida "Jamoat transporti xizmati Tashkent cityga mosmi?" sarlavhali maqol chop etilgan edi. Unda poytaxtimizda qurila boshlagan Tashkent city va unga qo‘yiladigan zamon talablari xususida so‘z borgan edi. 2018 yil 18 iyul kuni "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida Toshkent shahar hokimligi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Tashkent city, ya’ni aqlli shahar loyihasi maslahatchisi, Janubiy Koreyaning Seul meriyasi vakili Kim Yu Sik, jamiyat rahbariyati, xizmat va bo‘lim boshliqlari, avtobus saroylari hamda unitar korxonalar direktorlari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seshanba, 24 Iyul 2018
QAT’IY INTIZOM – HARAKAT XAVFSIZLIGI KAFOLATI
Mana bir yildan o‘tdi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda ichki ishlar boshqarmalari, hudud prokurorlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari faol ishtirok etmoqda.
Seshanba, 24 Iyul 2018
YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATI: KECHA VA BUGUN
Yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish — savob ish. Shahar yo‘lovchi tashish transporti korxonalarida faoliyat yuritayotgan insonlar ana shunday zalvorli mas’uliyatni zimmalariga olgan fidoyilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kecha ishga kelayotib 58-yo‘nalish avtobusida bir otaxon bilan suhbatlashib keldik. O‘zini Aziz ota deb tanishtirgan nuroniy inson bundan yarim asr avval, poytaxtimizda boks bo‘yicha ta’lim olgan ekan. Ta’limni tugatib, yurti Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga qaytib ketgan. Otaxonning aytishicha, oradan yillar o‘tib, birga ta’lim olgan kursdoshlari, qavm-qarindoshlari holidan xabar olgani kelibdi.
Payshanba, 18 Iyul 2018
SUV KELTIRGAN ELDA AZIZ...
Shu kunlarda shahrimizda havo qizigandan qizidi. Bunday vaqtda ko‘chada yo‘lovchilar, xasta kishilar o‘zini lohas his qiladi. Salomatlikni asrash uchun esa shifokorlar kunning issiq vaqtlari oz-ozdan, muntazam suv iste’mol qilib turishni tavsiya etadi. Shu maqsadda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan uning tarkibidagi avtobus saroyilari ezgulik va savob umidida yo‘nalish avtobuslarida yo‘lovchilarga imkon darajasida bepul salqin ichimlik suvi taklif qilmoqda. Bu haqda turli saytlarda xabarlar ham tarqatildi. Mamlakatimizda ob-havo keskin isib ketgan kunlarda amalga oshirilayotgan ushbu savobli amal ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
Payshanba, 18 Iyul 2018
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









