
Yangiliklar
#Qaror_va_ijro
Jamoat transporti tizimini: Odamlarning mushkulini oson, uzog'ini yaqin qilishga qaratilgan sa'y- harakatlar
Batafsil
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2022-yil 2-iyul № 131 (653) sonida


Dushanba, 04 Iyul 2022
#Davlat_gerbining_30_yilligi_huquqiy_tadbir
* Joriy yilning 1-iyul kuni, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun "Olamni mahliyo aylagan diyor" mavzuida seminar tashkil etildi.
* Seminarda Toshkent Davlat Yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mutaxassisi, katta o'qituvchi Anvarova Dildora Anvarovna tomonidan, milliy ramzimiz bo`lgan davlat gerbining ahamiyati va huquqiy asoslari to`g`risida ma`lumotlar berildi.

Shanba, 02 Iyul 2022
#Yoshlar_siyosati_Kibersport_musobaqasi
* Joriy yilning 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan, "Тоshshahartransxizmat" AJ tizimida faoliyat olib boruvchi yosh xodimlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kompyuter savodxonligini yana-da oshirish maqsadida, "Kibersport" sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.
* Mazkur musobaqada 20 ta yosh xodimlar turli xildagi kompyuter o`yinlari bo`yicha bellashdilar hamda 1-,2- vа 3-o'rin g'oliblari maxsus diplom vа esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Juma, 01 Iyul 2022
30-iyun_yoshlar_kuni
Yangi O`zbekistonning navqiron yoshlari!
Sizlarni "30-iyun - Yoshlar kuni" bayramingiz munosabati bilan "Toshshahartransxizmat" AJ nomidan, shaxsan o‘zim nomimdan chin yurakdan tabriklayman!
Sir emaski har qanday jamiyatning kelajagi, rivojlanishi va istiqbolli yoshlar qo‘lida. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar davrida Sizdek bilimga chanqoq, mehnatsevar, tashabbuskor yoshlarimiz har sohada, har tomonlama namuna bo‘la olayotgani bilan faxrlanamiz. Sizlarning nafaqat ilm-fan, sport, sanʼat balki barcha sohalardagi ulkan zafarlaringiz qalbimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini uyg‘otmoqda. Hozirda shiddat bilan rivojlanib borayotgan innovatsion texnologiyalar davrida jamoat transporti sohasida ham yangidan-yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Siz yoshlarning dunyo mamlakatlari tajribasidan kelib chiqib jamoat trasporti sohasining rivoji uchun berayotgan innovatsion g‘oyalaringiz, loyihalaringizni ko‘rib jamoat transporti kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligiga amin bo‘lmoqdamiz. Davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 tashabbus doirasida o‘z shijoatingiz, g‘ayratingiz va salohiyatingizni sarflagan holda mamlakatimizning rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirishdagi o‘z munosabatingiz bilan ushbu ishlarni yangi bosqichga olib chiqib, yurtimiz bayrog‘ini yana-da yuqorilarga ko‘tarishingizga ishonamiz.
Qadrli Yangi O‘zbekiston yoshlari, men bugungi bayramingiz munosabati bilan sizlarga sog‘lik, omonlik, oilaviy hotirjamlik va vatanimiz ravnaqi yo‘lida doimo yonib yashashingizni, omad hamisha sizlar bilan bo‘lib jahon maydonlarida ulkan zafarlar quchishingizni tilayman!
Anvar Djurayev
"Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisi

Chorshanba, 30 Iyun 2022
#taqdirlash_marosimi
* Joriy yilning 29-iyun kuni Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan, poytaxtimizda jamoat transportida yo`lovchilarni tashishda va yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashda o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan bir guruh xodimlar e`tirof etildi. Jumladan, "Toshshahartransxizmat" AJda faoliyat olib boruvchi quyidagi xodimlar ham turli nominatsiyalar bo`yicha taqdirlandilar:
* Kadirov Komiljon Kazimovich - "Eng yaxshi avtobus saroyi rahbari";
* Xusanov Rustam Atxamovich - "Eng namunali haydovchi";
* Rizayev Akbar Ungalovich - "Eng yaxshi harakat xavfsizligi xodimi".
* Biz ham ularning bugungi yutuqlari bilan chin yurakdan muborakbod etib, transport sohasi rivoji uchun olib borayotgan barcha ishlarida omad tilaymiz.

Payshanba, 29 Iyun 2022
ВНИМАНИЕ_ОБЪЯВЛЕНИЕ
В соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года № ПП-111 "О дополнительных мерах по дальнейшему развитию системы общественного транспорта города Ташкента" в текущем году поставлено 10 новых современных автобусов модели "САЗ Ле-60".
В целях оказания качественных транспортных услуг населению, с 1 июля 2022 года данные автобусы будут присоединены к автобусному маршруту № 22 "Метро Дустлик-Ташкент МУМ" и автобусному маршруту № 97 "Юнусабад дехкан базар-Ташкентский вокзал", расписание движения которых будет определено следующим образом:
* Автобусный маршрут № 22 "Метро Дустлик-Ташкент МУМ". 6 по будням, 5 по субботам, 5 по воскресеньям.
* Автобусный маршрут № 97 "Юнусабад дехкан базар-Ташкентский вокзал". 5 по будням, 5 по субботам, 4 по воскресеньям.
Payshanba, 29 Iyun 2022
DIQQAT_EʼLON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-son qaroriga asosan joriy yilda navbatdagi yangi zamonaviy "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning 10 donasi keltirildi.
* Aholiga sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, Mazkur avtobuslar 2022-yil 1-iyul kunidan boshlab, 22-sonli "Do‘stlik metrosi-Toshkent MUM" avtobus yo‘nalishiga va 97-sonli "Yunusobod dehqon bozori-Toshkent vokzali" avtobus yo‘nalishiga biriktirilib, harakat jadvallari soni quyidagicha etib belgilanganligi maʼlum qilamiz:
* 22 - sonli avtobus yo‘nalishi "Do‘stlik metrosi-Toshkent MUM ". Ish kunlari 6 ta , Shanba kunlari 5 ta, Yakshanba kunlariga 5 ta.
* 97 - sonli avtobus yo‘nalishi "Yunusobod dehqon bozori-Toshkent vokzali". Ish kunlari 5 ta, Shanba kunlari 5 ta, Yakshanba kunlariga 4 ta.
Payshanba, 29 Iyun 2022
DIQQAT_E`LON
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda, аholining transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
* "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 97-sonli "Yunusobod dehqon bozori – Toshkent vokzali" avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik (tendergacha) yo‘nalishning tasdiqlangan texnik-tasarruf ko‘rsatkichlari asosida "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilganligini ma`lum qilamiz.
Payshanba, 29 Iyun 2022
DIQQAT_EʼLON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-son qaroriga asosan joriy yilning 8-9-iyun kunlarida 20 dona zamonaviy "SAZ LE-60" rusumli avtobuslar xarid qilindi hamda ushbu avtobuslarni aholiga sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida,
* 85 - sonli avtobus yo‘nalishi "Qora-qamish 2/4 mavzesi-Toshkent MUM";
* 59 - sonli avtobus yo‘nalishi "Do‘stlik 2-mavzesi-Karvon bozori bekati";
* 74 - sonli avtobus yo‘nalishi "Namuna mahallasi-Chilonzor metro bekati" yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilganligini maʼlum qilamiz.
Payshanba, 29 Iyun 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.










