Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#QURBON_HAYITI_2022

Poytaхtimizning 12 ta tumanida joylashgan 110 ta masjidlarga Qurbon Hayiti namozini o‘qish uchun tashrif buyurgan fuqarolarimizga Qurbon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan maxsus avtobuslar 1300 ga yaqin qatnovlarni amalga oshirib, yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatdi.

* Eslatib o‘tamiz mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar harakatlangan bo‘lib, fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun tashkil etilgan edi.

Kunlarning ulug‘i QURBON HAYITI barchangizga muborak bo‘lsin! 

Qurbon hayiti 2

Shanba, 09 Iyul 2022

#Qurbon_Hayiti_2022

* Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!

"Toshshahartransxizmat" AJ jamoasi barchangizni kirib kelgan Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy hotirjamlik, ishlaringizda omad va zafarlar hamda ikki dunyo baxt-saodatini tilaymiz.

Ushbu qutlug` kunda qilgan barcha hayrli ezgu amallaringizni Yaratganning o‘zi qabul aylasin.

* Kunlarning ulug‘i QURBON HAYITI barchangizga muborak bo‘lsin!

Qurbon hayiti1

Shanba, 09 Iyul 2022

#Arafa_muborak

Rosululloh aytdilar: "Duoning eng yahshisi arafa kunida qilingan duodir. Men va mendan ilgari o‘tgan payg‘ambarlar duoda aytgan eng yaxshi so‘zlari:

"Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva alaa kulli shay‘in qodiyr"

* Maʼnosi: Allohdan o‘zga (barhaq) iloh yo‘q. U yolg‘iz, sheriksiz. Mulk ham, hamd ham Uniki va U barcha narsaga qodir.

(Termiziy rivoyati)

*Shunday ulug‘ lahzalarda, "Toshshahartransxizmat" AJ jamoasi Yaratgandan xonadonigizga tinchlik, ofiyat, oilaviy totuvlik hamda barcha duolaringiz ijobatini tilab qoladi.

Arafa kuningiz muborak bo‘lsin! 

Arafa muborak 1

 

 

Juma, 08 Iyul 2022

#podkast

* Bugun 8-iyul, soat 15:00da Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi hamda "Toshshahartransxizmat" AJ hamkorligida "Nogironligi bo`lgan shaxslarning shahar avtobuslaridan foydalanish imkoniyatlari qanday?" mavzuida ovozli chat tashkil etilmoqda.

* Bunda Jamiyatning Yo‘lovchi tashishlarni tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Saida Raximbabayeva mavzu yuzasidan savollaringizga javob beradilar.

Savollaringizni mazkur havoladagi izohlarda qoldirishingiz mumkin!

* Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi havolaga kirib voicechat qo‘ng'iroqchani bosib qo‘ying!

Podkast 8 iyun

Juma, 08 Iyul 2022

#INFOGRAFIKA

Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni

(1-30 iyun holatiga ko‘ra)

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131- sonli yo‘nalish - 256 979

2. 58 - sonli yo‘nalish - 191 113

3. 93 - sonli yo‘nalish -  176 664

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 141- sonli yo‘nalish - 2 460

2. 196- sonli yo‘nalish - 2 978

3. 113 - sonli yo‘nalish - 6 430

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 3 096 507

2. Isuzu -  2 404 920

3. Man - 1 774 454

4. Saz LE 60 -  1 224 675

5. Yutong (Elektrobus) - 289 427

131 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 789 983

Infografika pasajir potok

Chorshanba, 07 Iyul 2022

DIQQAT_EʼLON

Toshkent shahrida 2022-yil 9-iyul kuni Qurbon Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

Avtobuslarning ro`yhati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Chorshanba, 07 Iyul 2022

DIQQAT_EʼLON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi "2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-35-son farmoniga binoan, 2022-yil 9-iyul kuni Respublikamizda "Qurbon Hayiti" ishlanmaydigan bayram kuni va 11-, 12-iyul kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, bayram va dam olish kunlari jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etilganligini maʼlum qilamiz:

* 2022-yil 9-iyul, shanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2022-yil 10-iyul, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2022-yil 11-iyul, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2022-yil 12-iyul, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
* 2022-yil 16-iyul, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Payshanba, 06 Iyul 2022

#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalari uchun tariflarni joriy yilning 1-iyun sanasidan 31-iyun holatiga sotilishi bo‘yicha

MAʼLUMOTLAR

N (Nafaqa) - 6 892 ta

NM (Nafaqa metro) - 1 059 ta

T (Talaba) - 11 905 ta

TM (Talaba metro) - 32 113 ta

O‘ (O‘quvchi) - 2 318 ta

O‘M (O‘quvchi metro) - 2 991 ta

AV (Avtobus) - 6 044 ta

AVM (Avtobus metro) - 3 483 tainfografika 05.07.22

Jami sotilgan elektron transport kartalar tariflari soni: 66 805

Seshanba, 05 Iyul 2022

#HAFTA_DAVOMIDA

2022-yil 27-iyundan 3-iyul holatiga

* Transport sohasi va yo`l xo`jaligi tizimida “Konstitutsion islohotlar” mavzusida videokonferentsaloqa orqali muhokama-munosabat tadbiri bo‘lib o‘tdi.

* "Transport siyosati va shahar insfratuzilmasining rivojlanishi: Seul shahri misolida" mavzuida onlayn seminar tashkil etildi.

* 72-sonli avtobus yo`nalishining o`rta va orqa eshiklari ishlamayotganligi aks etgan fotosuratlar yuzasidan rasmiy ma`lumot.

* Xarid qilingan 20 dona zamonaviy "SAZ LE-60" rusumli avtobuslar 85-, 59-, 74-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirildi.

* Xarid qilingan navbatdagi yangi, zamonaviy "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning 10 donasi 22- va 97-sonli avtobus yo‘nalishlariga biriktirildi. 

* Jamoat transportida yo`lovchilarni tashishda va yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashda o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandilar.

* Jamiyat tizimida faoliyat olib boruvchi yosh xodimlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kompyuter savodxonligini yana-da oshirish maqsadida, "Kibersport" sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

* O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan, Jamiyat xodimlari uchun "Olamni mahliyo aylagan diyor" mavzuida seminar tashkil etildi.

Seshanba, 05 Iyul 2022

#Yangi_Ozbekiston_gazetasi_Toshkent_shahri

Toshkent shahri jamoat transporti tarmog'ini kengaytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar hususida Toshkent shahar transport boshqarmasi bo'lim boshlig'i Ahrolxo'ja Toshxo'jayev bilan suhbat.

Yangi Ozbekiston gazetasi

Seshanba, 05 Iyul 2022
Page 6 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 645 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech