Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT E`LON!

Joriy yilning 1-dekabridan boshlab "AVTOMATLASHTIRILGAN TRANSPORT TO'LOV TIZIMI OPERATORI" (ATTTO) Kompaniyasi tomonidan, yagona transport kartaning 5000 so'mlik sotish aktsiyasi tugatilganini ma'lum qildi.

2020-yilning 1-dekabrdan boshlab shahardagi oylik yo'l chiptalari sotish shahobchalarida, "ATTTO" transport kartasining bahosi 15 000 so'm deb Operator tomonidan belgilandi.

Ushbu miqdorga quyidagilar kirishi nazarda tutilgan:
Karta narxi - 10 000 so'm
Karta balansida - 5000 so'm

ATTO AKSIYA

Dushanba, 30 Noyabr 2020

E`LON!

HURMATLI YO'LOVCHILAR!

Jamoat transportida avtomatlashtirilgan to'lov tizimidan foydalanish yanada kengaytirish bo'yicha qator ishlar olib borilayotganligi sababli, “Toshshahartransxizmat” Aktsiyadorlik jamiyati tomonidan dekabrь oyi uchun oylik yo'l chiptalari 27-noyabr sanasidan sotuvga chiqarilishini ma'lum qilamiz.

Mazkur oylik yo'l chiptalarini Toshkent shahridagi barcha oylik yo'l chiptalarini sotish shahobchalaridan va metro kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.

chipta

 

 

Chorshanba, 26 Noyabr 2020

#INFOGRAFIKA

Jamoat transporti(avtobuslar)dan hafta mobaynida foydalangan yo'lovchilar soni
(16-22 noyabr holatiga ko'ra):

rasm

Eng ko'p foydalanilgan yo'nalishlar:
1. 131-sonli yo'nalish - 52 378 ta
2. 58-sonli yo'nalish - 38 876 ta
3. 24-sonli yo'nalish - 33 624 ta

Eng kam foydalanilgan yo'nalishlar:
1. 113-sonli yo'nalish - 1 133 ta
2. 120-sonli yo'nalish - 2 288 ta
3. 50-sonli yo'nalish - 2309 ta

Avtobus rusumi bo'yicha tashilgan yo'lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 636 221 ta
2. Isuzu - 534 120 ta
3. Man - 322 128 ta
4. Saz LE 60 - 130 667 ta

*128 ta yo'nalish bo'yicha jami yo'lovchilar soni: 1 623 136 ta

Eslatma: Hisoblash jarayonida faqatgina naqd pul va "ATTO" transport kartalari orqali to'lov qilgan yo'lovchilar inobatga olinadi.

Seshanba, 24 Noyabr 2020

E`LON!

Hurmatli yo'lovchilar!
2020-yil 22-noyabr kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida qor yog'ishi munosabati bilan, Toshkent viloyati hududidagi ayrim ko'cha-yo'l tarmoqlarini yo'lovchi transporti harakati uchun mos holga keltirish ishlari olib borilayotganligi sababli, Toshkent shahri hududidan Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi ayrim avtobus yo'nalishlari, shu jumladan, 48, 56, 75, 103-sonli avtobus yo'nalishlari harakati vaqtinchalik Toshkent shahri hududida, ya'ni Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda qisqartiriladi. Ushbu holat vaqtinchalik hisoblanadi va kun davomida ko'cha-yo'l tarmoqlaridagi texnik noqulayliklar bartaraf etilishi bilan yo'nalishlar o'z yo'nalishi bo'yicha harakatlanishda davom etadi.
Bundan tashqari, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarining ko'cha-yo'l tarmoqlarida harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim shahar avtobus yo'nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.

rasmmmmmmm

Yakshanba, 22 Noyabr 2020

E`LON!

✅Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini onlayn kuzatib borish uchun mo'ljallangan "2GIS" mobil ilovasiga ma'lumotlarni uzatish qayta tiklandi.
"3TM" mobil ilovasiga ma'lumotlarni uzatish ishlari bo'yicha jarayon davom etmoqda. 
Oldindan o'z yo'nalishingizni kuzatib borish uchun, quyidagi mobil ilovalarni yuklab olishingiz tavsiya etiladi
 "2GIS" - Play Market https://play.google.com/store/apps/details?id=ru.dublgis.dgismobile

 "2GIS" - AppStore https://apps.apple.com/uz/app/2gis-offline-map-navigation/id481627348

 

 

Payshanba, 18 Noyabr 2020

#INFOGRAFIKA

Poytaxtimiz jamoat transportlari(avtobus)da harakatlangan yo'lovchilarimiz soni 1-8 noyabr holatiga ko'ra:

INFO2

Chorshanba, 12 Noyabr 2020

E`LON!

Yo'lovchilar diqqatiga! O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Toshkent shahar yo'lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus yo'nalishlarining o'zaro harakat yo'nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo'nalishlar tarmog'ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 2020-yilning 20-noyabr sanasidan quyidagi avtobus yo'nalishlari maqbullshtiriladi: № 11, 33, 38, 79, 82, 104, 117, 130.

11

33

38

79

82

104

117

130

 

Seshanba, 10 Noyabr 2020

#INFOGRAFIKA

Poytaxtimiz jamoat transportlari(avtobus)da harakatlangan yo'lovchilarimiz soni. 25-31 oktabr holatiga ko'ra:

INFOGRAFIKA

Payshanba, 04 Noyabr 2020

65-sonli avtobus yo'nalishining harakati “Paxtakor metrosi” bekatigacha tashkil qilinadi.

Yo'lovchilardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda,
2020 yil 1 noyabrdan boshlab, 65-sonli avtobus yo'nalishi harakati “Chorsu savdo markazi” avtoshohbekatidan “Paxtakor metrosi” bekatigacha uzaytiriladi.
Endilikda, 65-sonli avtobus yo'nalishi “M.Fozilov jamoa xo'jaligi – Paxtakor metrosi” oralig'ida 8 ta jadval asosida harakatlanadi.

AVTOBUSSSSSSSSSSSSSS

Shanba, 31 Oktyabr 2020

#TEZKOR

HURMATLI YO'LOVCHILAR!

Joriy yilning 8-iyun kunidan boshlab, "Toshshahartransxizmat" Aktsiyadorlik jamiyatining "Oylik yul chiptalari va jetonlar sotish" shahobchalarida jetonlar sotuvi to'xtatilishi haqida e'lon qilingan edi. Shuningdek, 2020-yilning 9-oktyabr sanasida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda Jamiyatning rasmiy sahifalarida, Toshkent shahar yo'lovchi tashish jamoat transportida (avtobuslarda) maxsus (temir) jetonlarni foydalanilishini, 2020-yil
1-noyabrdan boshlab to'xtatish to'g'risida ma'lum qilgan edik.

Fuqarolar tomonidan ko'plab murojaatlarni inobatga olgan holda, yo'lovchilarga qulaylik yaratish hamda aholining qo'lida zaxira sifatida qolib ketgan maxsus (temir) jetonlarni, avtobuslarda foydalanib olish maqsadida, ularni (maxsus temir jetonlarni) 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qilinishini ma'lum qilamiz.

Shu o'rinda, qayd qilib o'tish joizki, Poytaxtimizdagi jamoat transporti avtomatlashtirilgan to'lov tizimini joriy etish doirasida yo'lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo'l haqi to'lovlarni amalga oshirish ko'lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan to'lov tizimini to'laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida yagona transport kartasidan foydalanishingiz mumkinligini bildiramiz.

Shanba, 31 Oktyabr 2020
Page 49 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 344 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech