Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT E`LON!

Hurmatli yo'lovchilar!
 
Jamoat transportida (avtobuslarda) Avtomatlashtirilgan to'lov tizimi operatori (keyingi o'rinlarda - ATTO) yagona transport kartalari hamda imtiyozli elektron oylik yo'l chiptalari (elektron proezdnoylar) orqali to'lovni amalga oshirishda qator muammolarga:

 

- Imtiyozli (o'quvchi, talaba va nafaqa) oylik elektron transport kartalarining hisobida mablag' yo'qligi aks etishi yoki ushbu kartalar orqali to'lov o'tmaslik;
- Avtobuslarga o'rnatilgan to'lovni amalga oshirishga mo'ljallangan statsionar validator va terminallarning ishmasalik yoki bo'lmasam to'lov qabul qilmaslik;
-  ATTO Operatorining yagona transport kartasi ishlamaslik yoki to'lov qabul qilmaslik;
 
Holatlari va shunga o'xshash bir qator texnik nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda, zudlik bilan “ATTO” Operatorining ishonch raqamlariga qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz.
 
MA'LUMOT O'RNIDA:
 
Avtomatlashtirilgan to'lov tizimi operatori “ATTO” Elektron to'lov tizimini joriy etilishi bo'yicha YAGONA OPERATOR VA VAKOLATLI ORGAN HISOBLANADI.

 

“Toshshahartransxizmat” Aktsiyadorlik jamiyati Toshkent shahar jamoat transportida YO'LOVCHI TASHUVCHI SIFATIDA XIZMAT KO'RSATADI.
 
“ATTO” Operatori ishonch telefoni: (+99878) 140-08-08
 
Shanba, 02 Yanvar 2021

DIQQAT E`LON!

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining 2020-yil 22-dekabrdagi 226-sonli "Yangi yil bayrami tantanalarini nishonlash kunlarida avtobus yo'nalishlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi buyrug'iga asosan, "Yangi yil" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2020-yil 31-dekabr, 2021-yil 1, 2, 3-yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi.
 
Bunga ko'ra:
* 2020-yil 31-dekabr - ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytirilmoqda;
* 2021-yil 1-yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo'yicha ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;
* 2021-yil 2-yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo'yicha harakatlanish ko'zda tutilgan;
* 2021-yil 3-yanvar - yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo'yicha harakatini davom ettirishi belgilab qo'yildi.
Payshanba, 30 Dekabr 2020

DIQQAT E`LON!

2021-yil 1-yanvardan boshlab "ATTO" operatori tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli (talaba, ijtimoiy, o'quvchi) transport kartalarini Toshkent shahridagi 70 ta oylik yo'l chiptalari sotish shahobchalaridan, kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda, faqatgina siz tanlagan tarif uchun to'lovni amalga oshirib, imtiyozli transport kartalarini bepul qabul qilishingiz mumkin.
 
????Eslatib o'tamiz, yanvar oyidan sotuvga chiqariladigan elektron oylik yo'l chiptalari, yo'lovchilarga noqulaylik tug'dirmaslik maqsadida, 2021 yil yanvar oyi uchun avtomatik tarzda 30 kunlik tariflar bilan taqdim etiladi.
Dushanba, 28 Dekabr 2020

DIQQAT E`LON!

Toshkent shahridagi Farg'ona yo'li ko'chasida yo'l ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, 2020-yil 31-dekabrga qadar Farg'ona yo'li ko'chasining Yong'in-qutqaruv qismi ("O'zbek qog'ozi" OAJ) yaqini harakatlanish uchun yopiladi. Shu munosabat bilan 12, 26, 37, 68, 81, 93-sonli avtobus yo'nalishlari suratdagi ko'chalardan harakatini davom ettirishini ma'lum qilamiz.

fgjkhhhhhhhhhhhhhhbuyfderxxxqwr

Juma, 25 Dekabr 2020

#STATISTIKA

Jamoat transporti (avtobuslar) dan hafta mobaynida foydalangan yo'lovchilar soni (14-21 dekabr holatiga ko'ra):

 

 
Eng ko'p foydalanilgan yo'nalishlar:
1. 131-sonli yo'nalish - 61 684 ta 
2. 24-sonli yo'nalish - 36 977 ta
3. 147-sonli yo'nalish - 36 681 ta
 
Eng kam foydalanilgan yo'nalishlar:
1. 185-sonli yo'nalish - 332 ta
2. 79-sonli yo'nalish - 726 ta
3. 113-sonli yo'nalish - 1 300 ta
 
Avtobus rusumi bo'yicha tashilgan yo'lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 779 593 ta
2. Isuzu - 617 648 ta
3. Man - 356 808 ta
4. Saz LE 60 - 159 799 ta
 
128 ta yo'nalish bo'yicha jami yo'lovchilar soni:
1 913 848 ta
 
Eslatma: Hisoblash jarayonida faqatgina naqd pul va "ATTO" transport kartalari orqali to'lov qilgan yo'lovchilar inobatga olinadi.

y soniiiiii

 

Seshanba, 22 Dekabr 2020

E`LON!

✅Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini onlayn kuzatib borish uchun mo'ljallangan "3TM" mobil ilovasiga ma'lumotlarni uzatish qayta tiklandi.

 

Dushanba, 21 Dekabr 2020

DIQQAT E`LON!

Kirib kelayotgan Yangi yil tantanalari munosabati bilan Toshkent shahri markazida bayram tadbirlari o'tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 91, 115, 190-sonli avtobus yo'nalishlari joriy yilning 20-dekabr kuni soat 06:00 dan 2021-yil 15-yanvar soat 00:00 gacha suratdagi ko'chalardan harakatini davom ettirishini ma'lum qilamiz.

harakattttttttt

Yakshanba, 20 Dekabr 2020

#STATISTIKA

2020-yil 15-dekabr holatiga ko'ra, 85 ta avtobus yo'nalishlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari olib borildi.
Jumladan:
*11 ta yo'nalishlar yopildi;
*30 ta yo'nalishlar harakati qisqartirildi;
*10 ta yo'nalish harakatiga o'zgartirish kiritildi;
*8 ta avtobus yo'nalishi harakati uzaytirildi;
*3 ta yangi avtobus yo'nalishlari ochildi;
*10 ta yo'nalishlardagi harakat tarkibi rusumiga o'zgartirishlar kiritildi;
*9 ta yo'nalishlarni nollik yo'l yurish masofalarini kamaytirish maqsadida boshqa avtobus saroylariga biriktirildi;
*2 ta yo'nalishdagi jadvallar soni ko'paytirildi.
*2 ta yo'nalishning ish tartibi qayta ko'rib chiqildi.
 
Hozirgi kunda, avtobus yo'nalishlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Juma, 18 Dekabr 2020
Page 47 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 345 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech