Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#STATISTIKA

Jamoat transporti (avtobuslar) dan yanvar oyi mobaynida foydalangan yo'lovchilar soni (1-31 yanvar holatiga ko'ra)
 
Eng ko'p foydalanilgan yo'nalishlar:
1. 131-sonli yo'nalish - 238 574 ta
2. 58-sonli yo'nalish - 173 690 ta
3. 24-sonli yo'nalish - 150 846 ta
 
Eng kam foydalanilgan yo'nalishlar:
1. 184-sonli yo'nalish - 231 ta
2. 133-sonli yo'nalish - 3 200 ta
3. 185-sonli yo'nalish - 3 524 ta
 
128 ta yo'nalish bo'yicha jami yo'lovchilar soni: 8 090 379 ta
 
Eslatma: Hisoblash jarayonida faqatgina naqd pul va "ATTO" transport kartalari orqali to'lov qilgan yo'lovchilar inobatga olinadi.
Dushanba, 01 Fevral 2021

DIQQAT E`LON!

133-sonli avtobus yo'nalishi yopilmoqda.
 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar yo'lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda hamdayo'nalishlar tarmog'ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida, 2021-yil 1-fevraldan boshlab, 133-sonli "Sergeli 4-daha - Sergeli 6A-daha" avtobus yo'nalishining harakati yopilmoqda.
 
Mazkur yo'nalishdan foydalanayotgan yo'lovchilar endilikda o'z manzillariga etib olish uchun 8, 38, 40, 59, 130-avtobus yo'nalishlaridan foydalanishlari mumkin.

133 yop

Dushanba, 01 Fevral 2021

YO`LOVCHILAR DIQQATIGA!

2021-yil 1-fevraldan boshlab qog'oz ko'rinishidagi oylik yo'l chiptalari sotuvga chiqarilmasligi munosabati bilan hamda yo'lovchilarning imtiyozli transport kartalarini sotib olishlarida noqulayliklar tug'ilmasligini inobatga olgan holda, 2021-yil 31-yanvar yakshanba kuni Toshkent shahridagi barcha transport kartalari sotish shahobchalari ish faoliyati yuritishini ma'lum qilamiz.
 
Yakshanba, 31 Yanvar 2021

DIQQAT E`LON!

72-sonli avtobus yo'nalishi harakati uzaytirilmoqda.
 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar yo'lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 157-sonli qaroriga asosan yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2021-yil 1-fevraldan boshlab, 72-sonli "Aviasozlar - Malika fabrikasi" avtobus yo'nalishining harakati endilikda "Malika fabrikasi" bekatidan, Labzak, Iftihor, Usta Shirin ko'chalari orqali "Jomiy maydoni" bekatigacha uzaytiriladi.
 
Bunda, 72-sonli avtobus "Aviasozlar - Jomiy maydoni" yo'nalishi bo'ylab harakatlanadi.
 
Ushbu yo'nalish harakati yo'lovchilardan kelib tushayotgan takliflarga asosan hamda 148-sonli avtobus yo'nalishi qisqartirilganligi munosabati bilan Aviasozlar bekatidan Jomiy maydoniga qadar tashkil etilmoqda.

72 aaaaaaaavvvvvvvtobus

Chorshanba, 28 Yanvar 2021

YO`LOVCHILAR DIQQATIGA!

Quyidagi hujjatlar taqdim etilganidan so'ng talaba, ijtimoiy nafaqa, o'quvchi (N, T, O‘, NM, TM, O‘M) turidagi imtiyozli transport kartalari bepul berilib, faqatgina tanlangan tarif uchun to'lov amalga oshiriladi.
 
1.Talabaning elektron oylik yo'l chiptasi uchun pasport nushasi hamda muassasa tomonidan taqdim etilgan guvohnoma;
 
2. Ijtimoiy elektron oylik yo'l chiptasi uchun pasport nushasi hamda nafaqaga chiqganligi haqida hujjat;
 
3. O'quvchining elektron oylik yo'l chiptasi uchun, ushbu o'quvchining ota onasining pasport nushachi hamda o'quvchining tug'ilganligi haqida guvohnoma talab etiladi.
 
Toshkent shahridagi 70 ta transport kartalari sotish shahobchalaridan xarid qilishingiz mumkin.

karta karta karta

Payshanba, 27 Yanvar 2021

DIQQAT E`LON!

Hurmatli yo'lovchilar va shahrimiz mehmonlari!!!
 
2021-yil 1-fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o'quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo'ljallangan qog'oz ko'rinishidagi oylik yo'l chiptalari sotuvga chiqarilmasligini ma'lum qilamiz.
 
* Shuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo'l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi (aktivlashtiriladi).
 
Shu bilan birga, elektron oylik yo'l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo'lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi.
 
❗️Eslatib o'tamiz, sotib olingan elektron oylik yo'l chiptalaridagi tariflar birinchi to'lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.
 
Qo'llanma: Barcha turdagi transport kartalari 3 yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi. Har oy yangi elektron oylik yo'l chiptalari harid qilish lozim bo'lmaydi. Faqatgina o'zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo'ladi.
 
Dushanba, 25 Yanvar 2021

DIQQAT E`LON!

"Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan avtobus yo'nalishlarining masofalarini o'lchash ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lgan uskunalar savdosi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarning tijorat takliflari ko'rib chiqiladi.
 
Uskunlar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2017 yil 21 sentyabrda 2931-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan “Avtobus yo'nalishlari va shahar yo'lovchi tashish transportining nollik masofalarini o'lchash tartibi to'g'risida”gi nizom talablariga muvofiq bo'lishi lozim.
 
Takliflar Toshkent shahar, Amir Temur 1-tor ko'chasi 6-uy manzili bo'yicha qabul qilinadi.
 
Ma'lumot uchun telefonlar: 71 233-89-21, 71 233-95-03
 
Seshanba, 12 Yanvar 2021

DIQQAT E`LON!

Toshkent shahridagi Tolimarjon va Farg'ona yo'li ko'chalarida yo'l ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, 2021-yil 31-yanvarga qadar harakatlanish uchun yopiladi. Shu munosabat bilan 12, 13T, 22, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yo'nalishlari suratdagi ko'chalardan harakatini davom ettirishini ma'lum qilamiz.

yyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyy

Dushanba, 11 Yanvar 2021

E`LON!

 Yo'lovchilar diqqatiga!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Toshkent shahar yo'lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus yo'nalishlarining o'zaro harakat yo'nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo'nalishlar tarmog'ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 2020-yilning 27-dekabr sanasidan Toshkent metropoliteni Chilonzor yo'nalishining davomi, 5 ta bekatdan iborat Sergeli yer usti metro yo'nalishi ishga tushirilishi munosabati bilan, 2021-yilning 11-yanvar sanasidan quyidagi 7 ta avtobus yo'nalishlari maqbullashtiriladi: 8, 32, 38, 80,131, 132, 133.

88888888888888888

32 32 32

38 38 38

80 80 80

131 131 131

132 132 132

133 133 133

Seshanba, 05 Yanvar 2021
Page 46 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 180 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech