
Yangiliklar
Yoʼlovchilar diqqatiga!
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yoʼlovchi transporti
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 157-sonli qaroriga asosan, Toshkent shahridagi yoʼlovchi
tashish yoʼnalishlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent shahri aholisidan
va korxonalardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2021 yil 12 mart kunidan boshlab, 36, 52, 59, 78, 184-sonli
avtobus yoʼnalishlari faoliyatiga oʼzgartirishlar kiritiladi.
- 36-sonli “TTZ АShB - Zenit zavodi” avtobus yoʼnalishi harakati Zenit zavodi bekatidan Tiklanish mahallasi hududigacha uzaytiriladi;

- 52-sonli “Yunusobod 17-dahasi – Chorsu savdo markazi” avtobus yoʼnalishi mazkur yoʼnalishda xizmat koʼrsatgan xususiy korxonaning tashabbusi asosida yopiladi;

-59-sonli “Sergeli 12-dahasi – Karvon bozori” avtobus yoʼnalishidagi jadvallar soni 7 tadan 8 taga (+1) oshiriladi;

- 78-sonli “Beruniy metrosi – Toshkent vokzali” avtobus yoʼnalishining harakati Iftihor, M.Turgʼunboeva, Bogʼi ravon, Usta Shirin koʼchalari orqali ikki tomonlama qisman oʼzgartiriladi;

- 184-sonli “Binokor qoʼrgʼoni – Qipchoq АShB” avtobus yoʼnalishining harakati “Qipchoq” soʼnggi bekatidan Qipchoq, Yangi Sergeli yoʼli, Soʼgʼdiyona, Fayzli, Obihayot, Fayzli koʼchalari orqali “Sergeli 4-dahasi”gacha uzaytiriladi.

Chorshanba, 11 Mart 2021
#SAVOL-JAVOB
Savol: Men fevral oyining uchinchi sanasida elektron oylik yoʼl chiptasining 30 kunlik tarifini sotib olgan edim, 1 martdan esa toʼlovni qabul qilmayapti. Buning sababi nima? Nega 30 kunlik tarif, belgilangan kuniga yetmasdan tugab qolmoqda?
Javob: Hozirda yagona transport kartalarining 5, 10, 15, 20, 30 kunlik hamda bir oylik tariflari mavjud boʼlib, yoʼlovchilarimizda 30 kunlik tarif bilan bir oylik tarif turlarini adashtirib qoʼyish oqibatida baʼzi bir tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Аgar siz 30 kunlik tarif rejasini sotib olgan boʼlsangiz u aynan 30 kun amal qiladi (birinchi toʼlovni qabul qilgan kundan boshlab 30 kun). Siz tarif rejasini sotib olgandagi oy 31 kunlik boʼlsa ham mazkur tarif 30-kuni ishlaydi xolos, 31-kuni tarifingiz oʼchiriladi. Аgar siz bir oylik tarif rejasini sotib olgan boʼlsangiz, ushbu tarif siz sotib olgandagi oy necha kunlik boʼlishidan qatʼiy nazar (masalan: 30, 31, 28 kun) 1 oy toʼliq amal qiladi. Аgar siz haqiqatan ham realizator xodimga 30 kunlik tarifni ulashni aytgan boʼlsangiz-u, ammo realizator xodim sizga bir oylik tarifni yoqib bergan boʼlsa, bunday hollarda realizator xodimlar tomonidan 30 kunlik tarifning ishlatilmay qolgan kuni uchun toʼlovingizni qaytarib berishi belgilangan.
Yuqoridagi kabi tushunmovchiliklarni oldini olish uchun yoʼlovchilarimizdan aynan qaysi tarif rejasi turini harid qilishlarini aniq aytishlarini soʼrab qolamiz!
Payshanba, 10 Mart 2021
YO'LOVCHILAR DIQQATIGA!
Toshkent metropolitenining yer usti xalqa yo'nalishi, navbatdagi bosqichini qurish ishlari olib borilayotganligi sababli, Yangi Qo'yliq va Toshkent xalqa avtomobil yo'li ko'chalari chorrahasi avtomobillar harakati uchun yopilganligi munosabati bilan, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 37, 45, 55-sonli avtobus yo'nalishlari harakatiga vaqtinchalik quyidagicha o'zgartirishlar kiritiladi:
- 37 va 55-sonli avtobus yo'nalishlari harakati ikki tomonlama Toshkent xalqa aylanma yo'lidan Qo'yliq mahallasi hududi (Tibbiyot kolleji ko'chasi) va Yangi Qo'yliq ko'chalari orqali o'z yo'nalishini davom ettirgan holda o'zgartiriladi;
- 45-sonli avtobus yo'nalishining Qo'yliq bozori tomon harakati Toshkent xalqa aylanma yo'li orqali Qo'yliq dehqon bozoriga qadar, qaytish yo'nalishidagi harakati Qo'yliq bozoridan Farg'ona yo'li, Yangi Qo'yliq ko'chalari hamda Qo'yliq mahallasi hududi (Tibbiyot kolleji ko'chasi) va Toshkent xalqa aylanma yo'li ko'chalari orqali o'z yo'nalishini davom ettirgan holda o'zgartiriladi.
Bunda yo'nalishning Qo'yliq dehqon bozori so'nggi bekatida to'htab turish vaqti qisqartiriladi.

Seshanba, 23 Fevral 2021
Hurmatli yo'lovchilar!
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati rasmiy sayti domeni www.tshtx.uz dan
www.tashbus.uz ga o`zgartirilganini ma`lum qilamiz.
Hozirda saytimizning asosiy domeni www.tashbus.uz.
Payshanba, 17 Fevral 2021
2021 yil yanvar-fevral oylaridagi maqbullashtirish ishlari yuzasidan QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR
Sergeli tumanida yangi barpo etilayotgan mavzelar hamda Toshkent metallurgiya zavodi
tashkil etilganligi munosabati bilan, shuningdek, ishchi va xodimlarni eng yaqin metro
bekatigacha ya’ni, Chilonzor metrosi bekatiga qadar yetkazib berish vazifasini bajarish
maqsadida, Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishi davomi (Olmazor metrosidan
Yangi hayot va Sergeli tumanlariga harakatlanuvchi 5ta bekatdan iborat) bo‘lgan
yangi yer usti metro yo‘nalishi aholiga xizmat qilishni boshladi.
Shu munosabat bilan, 133-sonli avtobus yo‘nalishi harakati "Sergeli 9-Hudud-Sergeli 4-
mavzesi" oralig‘ida tashkil etilgan edi. Shundan so‘ng, ma’lum bir vaqt ushbu yo‘nalishning
yo‘lovchi oqimi shakllanmaganligi, bundan tashqari, mazkur yo‘nalishning ba’zi qismlarini
takrorlovchi, 8, 38, 59, 130-sonli avtobus yo‘nalishlari hamda Sergeli 4-mavzesidan
harakatlanuvchi 40-sonli avtobus yo‘nalishi mavjud bo‘lganligi sababli yo‘nalish harakati to‘xtatildi.
Seshanba, 16 Fevral 2021
#SO`ROVNOMA
SIZ JAMOAT TRANSPORTIDAN FOYDALANGAN VAQTINGIZ QANDAY TO`LOV TURINI MA`QUL KO`RASIZ?
* ATTO transport kartasi - 31% (466 ta ovoz);
* Imtiyozli transport kartalari - 8% (129 ta ovoz);
* Naq pul - 30% (446 ta ovoz);
* "Humo" va "Uzcard" NFC bank kartalari - 9% (132 ta ovoz);
* NFC texnologiyasi mavjud qurilmalari - 4% (66 ta ovoz);
* Jetonlar - 4% (55 ta ovoz);
* Jamoat transportidan foydalanmayman - 14% (210 ta ovoz);
Seshanba, 16 Fevral 2021
E`LON!
"Toshshahartransxizmat" AJ "Toshshahartransxizmat" AJ kuzatuv kengashiga jalb qilinadigan shahar yo'lovchilar transporti sohasidagi xorijiy mutaxassislarni (shu jumladan vatandoshlarni) tanlash uchun tanlov e'lon qiladi.
Bo'sh ish o'rinlari to'g'risida qo'shimcha ma'lumotni This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron pochta manzilida yoki + 99871-233-52-63 telefoni orqali aloqa qiluvchi Xabirxonov Toxir orqali olishingiz mumkin.
Dushanba, 15 Fevral 2021
#INFOGRAFIKA
«Toshkent shahrida avtotransport vositalari to'xtash joylari va muammolari to'g'risida» o'tkazilgan so'rovnoma natijalari bilan quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.
Mazkur so'rovnoma:
2021-yil 20-yanvardan 2021-yil 30-yanvarga qadar davom etdi.
So'rovnoma qatnashchilari soni: 8368 ta
Endilikda Xalq Deputatlar Palatasi Toshkent shahar kengashiga Toshkent shahrida yo'l bo'yi avtoturargohlari tashkil etish yuzasidan tegishli hukumat qaror loyihasi ko'rib chiqish uchun kiritiladi.









Chorshanba, 11 Fevral 2021
#STATISTIKA
Jamoat transport (avtobus) larda so'nggi o'n yil ichida yo'l transport hodisalari to'rt barobarga qamaygan.
Oxirgi 10 yil davomida (2011-2020 yillar) "Toshshahartransxizmat" Aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtobus saroylarining haydovchilari aybi bilan sodir etilgan:
* Yo'l transport hodisalar soni 76 foizga;
* Vafot etganlar soni 57 foizga;
* Jarohatlanganlar soni 76 foizga kamaygan.
Solishtirish uchun,2011 yilda:
* Yo'l transport hodisasi - 74 ta;
* Vafot etganlar - 7 ta;
* Jarohat olganlar - 83 ta.
2020 yilda:
* Yo'l transport hodisasi - 18 ta;
* Vafot etganlar - 3 ta;
* Jarohat olganlar - 20 ta.
Ma'lumot o'rnida, 2020 yilda yo'l transport hodisalar soni 2019 yilga nisbatan 26 foizga, vafot etganlar soni esa 60 foizga kamaygan.
Seshanba, 09 Fevral 2021
Elektron oylik yo'l chiptalari (imtiyozli transport kartalari) ning 2020-yil 25-dekabrdan 2021-yil 31-yanvarga qadar sotilishi bo'yicha MA'LUMOT
N (Nafaqa) - 4 670 ta
NM (Nafaqa metro) - 494 ta
T (Talaba) - 2 993 ta
TM (Talaba metro) - 7 182 ta
O' (O'quvchi) - 1 661
O'M (O'quvchi metro) - 850 ta
AV (Avtobus) - 5 448 ta
AVM (Avtobus metro) - 2 030
Jami sotilgan elektron oylik yo'l chiptalari soni: 25 328 ta
Yagona transport kartalarining 2021-yil yanvar oyida sotilishi bo'yicha MA'LUMOT (1-31 yanvar holatiga ko'ra)
Jami sotilgan yagona transport kartalari soni: 2 968 ta
Chorshanba, 04 Fevral 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









