
Yangiliklar
DIQQAT EʼLON !
101-sonli "Botanika mahallasi - Buyuk ipak yo‘li metrosi" avtobus yo‘nalishining harakati, "Botanika mahallasi" so‘nggi bekatidan "Qibray bolalar oromgohi" bekatigacha uzaytirildi va yo‘nalish 101-sonli "Qibray bolalar oromgohi - Buyuk ipak yo‘li metrosi" avtobus yo‘nalishi deb nomlandi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni ish va shanba kunlariga 9 ta, yakshanba kunlariga 8 ta etib belgilanganligini maʼlum qilamiz.

Juma, 16 Aprel 2021
DIQQAT EʼLON !
Toshkent shahridagi Yunusobod tumanida yo‘l taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, 2021-yil 14-aprel kunidan boshlab Axmad Donish ko‘chasining bir qismi harakatlanish uchun yopiladi. 5, 43, 51, 82, 83, 123, 124-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Chorshanba, 15 Aprel 2021
Imtiyozli transport kartalarini sotib olish jarayonida kerakli hujjatlarni taqdim etish to`g`risida MA'LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 948-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan Toshkent shahar jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Imtiyozli transport kartasi - avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatorining maʼlumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan, shaxsiylashtirilgan transport kartasi bo‘lib, yo‘lovchiga jamoat transportida imtiyozli tarif asosida cheklanmagan miqdorda foydalanish huquqini kafolatlaydigan transport kartasidir (belgilangan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari).
Shuningdek, imtiyozga ega bo‘lgan talaba transport kartasini sotib olish uchun, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan pasport nusxasi hamda, talabalik guvoxnoma nusxasi talab etiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprel sanasidagi “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasiga muvofiq, transportda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishlari majburiy etib belgilangan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabr sanasidagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari to‘g‘risida”gi 482-son qarorining 110-bandiga asosan, avtotransportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga, mansubligi yoki mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yo‘nalishli avtobuslarda bepul va imtiyozli yurishga ruxsat beriladi. Imtiyozli yurish huquqiga ega yo‘lovchilar, avtobusda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurishlari kerakligi belgilangan.
Seshanba, 13 Aprel 2021
DIQQAT EʼLON !
Muqaddas Ramazon oyi kechalarida Toshkent shahridagi masjidlarda taroveh namozi o‘qilishi munosabati bilan, 2021 yil 13 apreldan boshlab, har kuni 18:00 dan 23:00 ga qadar Al-Xorazmiy ko‘chasi Katta Qaʼni ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 17T-sonli avtobus yo‘nalishi suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Dushanba, 12 Aprel 2021
DIQQAT EʼLON !
Muqaddas Ramazon oyi kechalarida Toshkent shahridagi masjidlarda taroveh namozi o‘qilishi munosabati bilan, 2021 yil 13 apreldan boshlab, har kuni 18:00 dan 23:00 ga qadar Keles yo‘li ko‘chasi Noraztepa ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 118 va 120-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Dushanba, 12 Aprel 2021
DIQQAT EʼLON !
Muqaddas Ramazon oyi kechalarida Toshkent shahridagi masjidlarda taroveh namozi o‘qilishi munosabati bilan, 2021-yil 13-apreldan boshlab, har kuni 18:00 dan 23:00 ga qadar Lutfiy ko‘chasi Katta Qaʼni ko‘chasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishgan yo‘lgacha transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 13 va 56-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Dushanba, 12 Aprel 2021
DIQQAT EʼLON !
Muqaddas Ramazon oyi kechalarida Toshkent shahridagi masjidlarda taroveh namozi o‘qilishi munosabati bilan, 2021-yil 13-apreldan boshlab, har kuni 18:00 dan 23:00 ga qadar Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi Beshqayrag‘och ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 8t, 27, 35, 46, 53, 73, 141, 146-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Dushanba, 12 Aprel 2021
TEZKOR E`LON !
Yo‘lovchilar diqqatiga!
2021-yil 8-aprel kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishi Sergeli qismida texnik nosozlik kelib chiqganligi tufayli metropoliten harakati vaqtinchalik to‘xtatilganligi munosabati bilan, metropoliyenning Olmazor stansiyasidan Qipchoq stansiyasigacha bo‘lgan oraliqda vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi harakati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishda 4, 7, va 12-avtobus saroylari tomonidan vaqtinchalik avtobuslar xizmat ko‘rsatmoqda.
Mazkur vaqtinchalik tashkil etilgan yo‘nalishdan yo‘lovchilarimiz bepul foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Chorshanba, 08 Aprel 2021
#INFOGRAFIKA
Jamoat transporti (avtobuslar)dan mart oyi mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-31 mart holatiga ko‘ra)
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131-sonli yo‘nalish - 262 101 ta
2. 58-sonli yo‘nalish - 221 868 ta
3. 147-sonli yo‘nalish - 165 791 ta
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 196-sonli yo‘nalish - 1 145 ta
2. 113-sonli yo‘nalish - 6 554 ta
3. 184-sonli yo‘nalish - 7 276 ta
129 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 9 894 646 ta
Eslatma: Hisoblash jarayonida faqatgina naqd pul va “ATTO” transport kartalari orqali to‘lov qilgan yo‘lovchilar inobatga olinadi.
Payshanba, 07 Aprel 2021
DIQQAT EʼLON !
Toshkent shahridagi Yunusobod tumanida yo‘l taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, 2021-yil 6-aprel kuni 43, 82, 124-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Seshanba, 06 Aprel 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









