Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalari va tariflarining 2021-yil 1-apreldan 30-aprelga qadar sotilishi bo‘yicha MAʼLUMOT

N (Nafaqa) - 7 133 ta

NM (Nafaqa metro)663 ta

T (Talaba) - 13 168 ta

TM (Talaba metro) - 22 430 ta

O‘ (O‘quvchi) - 4 156 ta

O‘M (O‘quvchi metro) - 2 818 ta

AV (Avtobus) - 7 692 ta

AVM (Avtobus metro) - 3 293 ta

Jami sotilgan elektron transport kartalari va tariflari soni: 61 353 ta

photo 2021 05 06 13 29 08

Seshanba, 04 May 2021

Bolalar bizning kelajagimiz !

Transport vazirligi, Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tomonidan yosh o‘sib kelayotgan avlodni transport sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek kasbga bo‘lgan mehrlarini kuchaytirish maqsadida, joriy yilning 1-may sanasida Temir yo‘l muzeyi hamda ko‘ngilochar maskanlarga sayohat uyushtirildi.

Bolalarning harakatlari xavfsiz bo‘lishini ta‘minlash maqsadida, sayohat davomida maxsus avtobuslar ajratilib, ekskursiya yakunlangandan so‘ng har bir o‘quvchi o‘z manziliga eltib qo‘yildi. 

3

6

 

5

4

Dushanba, 03 May 2021

DIQQAT EʼLON !

127A -sonli avtobus yo‘nalishining faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. 

127

Dushanba, 03 May 2021

DIQQAT EʼLON !

“Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi avtobus saroylari tasarrufidagi katta hajmli “Mercedes Benz” avtobuslaridan samarali foydalanish maqsadida, haftaning yakshanba kunlarida yo‘lovchilar oqimi kam bo‘lgan 34, 37, 40, 67, 80, 97-sonli avtobus yo‘nalishlarida 2021 yil 2 may kunidan boshlab, keyingi o‘rinlarda haftaning har yakshanba kunlarida “Mercedes Benz” avtobuslari o‘rniga “Isuzu” avtobuslarining tasarruf etilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi avtobuslar soni, qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqti o‘zgartirishsiz qoldirilishini maʼlum qilamiz.

Shanba, 01 May 2021

IMTIYOZLI TRANSPORT KARTALARDAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?

* Shaxsiy jadval va ehtiyojlari asosida odam o'zi uchun qulay bo'lgan tarifni tanlaydi

* Balansni to'ldirgandan so'ng har safar tarifni sotib olish kerak. Tarif avtomatik ravishda yoqilmaydi!

* Agar yo'lovchi karta balansini to'ldirgan bo'lsa va tarif sotib olmasa, yo'l haqi oddiy kartadagi kabi - har bir yo'l haqi uchun 1400 so'mdan olinadi.

* Tarif muddati tugagandan so'ng karta balansi muntazam ravishda to'ldirilishi kerak.

Tariflarni tanlash va sotib olish usullarini bilish uchun quyidagi karuselda fotosuratga qarang.

Kartalarni sotish joylarida tarifni sotib olayotganda, xodimga qaysi tarifni sotib olmoqchi ekanligingizni ko'rsating va chekni olishni va saqlab qo'yishni unutmang.

pppppppppppppp

2

Payshanba, 28 Aprel 2021

DIQQAT DIQQAT !

photo 2021 04 23 11 19 45

Toshshahartransxizmat " AJ quyidagi yo'nalishlarda ixtisoslashgan konsalting tashkilotlarini tanlov asosida tanlaydi:

Mas'uliyati cheklangan jamiyatni (bundan buyon matnda MCHJ deb yuritiladi) aktsiyadorlik jamiyatiga qo'shib qayta tashkil etish jarayonlarini qo'llab-quvvatlash. Jarayonlarni o'z ichiga oladi:

- MCHJ aktivlarini inventarizatsiya qilish;

- Hisobdan chiqarish hujjatlarini tayyorlash;

- Qabul-topshirish hujjatlarini tayyorlash;

- Ishtirok etish va tugatish balansi shartnomasini tayyorlash;

- Davlat reestrlari va boshqalardan MCHJni istisno qilish to'g'risida qaror qabul qilish.

Manzilimiz: Toshkent shahar, Amir Temur ko`chasi 1.

Ma`lumot uchun telefon: +99871 233-75-24

Juma, 23 Aprel 2021

“Toshshahartransxizmat” AJ yuqori malakali, Axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassis lavozimlariga ishga taklif qiladi!

photo 2021 04 21 16 41 27

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

·   Axborot va kommunikatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi;

·    Davlat siyosati doirasida axborotlashtirish, axborotlashtirish-kommunikatsion texnologiyalarining dastur majmuasini tarmoqqa tatbiq etish, rivojlantirish, axborot yig‘ish, saqlashni va ishlanishini avtomatlashtirshini taʼminlash axborot-kommunikatsion texnologiyalarning o‘zaro hamkorligni taʼminlash;

· Tarmoq infratarkibini rivojlantirish, tatbiq etish jarayonini taʼminlovchi subyektlarga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish, tarmoqning barcha bo‘linmalarida axborot-komunnikatsion texnologiyalarini rivojlantirish va unumli foydalanishni taminlash;

· Tarmoq korxonalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etilishi va foydalanishi chora-tadbirlarining joriy etilishini tizimli tahlil etish;

· Internet tarmog‘ida tarmoqning veb-resurslarini shaklantirish va rivojlantirish, ularning samarali faoliyatini taʼminlash;

· Tarmoqning ichki nosozliklar yoki tashqi hujumdan axborot resurslarini va axborot tizimini zarar ko‘rishdan, yo‘qotib qo‘yishdan himoya etish texnik infratarkibini joriy etish va rivojlantirish;

· Aloqa, axborotlashtirish va telekomunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitalari hamda vazirliklar, idoralarining tegishli bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirshi;

Manzil: Yunusobod tumani, 1 tor ko‘cha Amir Timur 6.

Telefon raqam: +99871 233-03-23

Payshanba, 21 Aprel 2021

DIQQAT EʼLON !

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda hamda yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbullashtirish, aholiga ko‘rsatayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2021-yil 17-apreldan boshlab "18-Avtobus saroyi" MCHJga biriktirilgan 53, 147, 121-sonli avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha haftaning shanba va yakshanba kunlari uchun belgilangan jadvallar soniga ko‘paytirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra jadvallar soni:

53-avtobus yo‘nalishi - ish kuni 8 ta, shanba kuni 8 ta, yakshanba kuni 7(+1) ta;

121-avtobus yo‘nalishi - ish kuni 11 ta, shanba kuni 11(+1) ta, yakshanba kuni 11(+1) ta;

147-avtobus yo‘nalishi - ish kuni 12 ta, shanba kuni 12(+1) ta, yakshanba kuni 12(+1) ta etib belgilanganini maʼlum qilamiz.

Dushanba, 19 Aprel 2021

DIQQAT EʼLON !

Duatlon bo‘yicha havaskor va professionallar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogining birinchi bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan, 2021-yil 18-aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar Zulfiyaxonim, Nurafshon, A.Qodiriy, Labzak ko‘chalari orqali harakatlanuvchi avtobuslar (17, 72, 78, 97) yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

duatlon

Shanba, 17 Aprel 2021

Elektron transport kartalarining 2021-yil 1-martdan 31-martga qadar sotilishi bo‘yicha MAʼLUMOT

N (Nafaqa) - 6 956 ta

NM (Nafaqa metro) - 644 ta

T (Talaba) - 11 549 ta

TM (Talaba metro) - 20 898 ta

O‘ (O‘quvchi) - 3 746 ta

O‘M (O‘quvchi metro) - 2 590 ta

AV (Avtobus) - 8 025 ta

AVM (Avtobus metro) - 3 131 ta

Jami sotilgan elektron transport kartalari soni: 57 539 ta

karta

Juma, 16 Aprel 2021
Page 42 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 186 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech