Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi bir yarim oyga yopiladi.

Yo‘l taʼmirlash ishlari sababli 18 may soat 00:00 dan Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining Nurafshon va Moyqo‘rg‘on ko‘chalari oralig‘idagi qismida yo‘lning bir tomoni bir yarim oy muddatga avtomobillar harakati uchun yopiladi. Ikki tomonlama harakatlanish yo‘lning bitta qatnov chizig‘i orqali amalga oshiriladi.

KKKK

Dushanba, 17 May 2021

DIQQAT EʼLON !

8T-sonli avtobus yo‘nalishi uzaytirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida, 2021-yil 13-maydan boshlab, 8T-sonli “Nazarbek qo‘rg‘oni – Chorsu metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati “Nazarbek qo‘rg‘oni” so‘nggi bekatidan Mustaqillik ko‘chasi orqali “Nayman mahallasi” hududigacha uzaytiriladi.

Mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar jadvali soni ish va shanba kunlariga 7 ta (+1), yakshanba kunlariga 6 ta (0) etib belgilandi.

Payshanba, 12 May 2021

DIQQAT EʼLON !

“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 11 maydagi 85-sonli "Ramazon Hayiti bayramini nishonlash kunlarida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan, Ramazon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan, 2021 yil 13, 14, 15, 16 may kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi.

Bunga ko‘ra,

2021 yil 13 may - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarning ish boshlash vaqti soat 4:00 dan boshlanadi;

* 2021 yil 14 may - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

* 2021 yil 15 may - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

* 2021 yil 16 may - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Seshanba, 11 May 2021

DIQQAT DIQQAT !

2021-yil 11-may kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan Xristian dinining “Ota-onalarni xotirlash” (Roditelskiy den) tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan, aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida,15 ta avtobus jalb etilib, 4 ta vaqtinchalik yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishlar 7:00 dan - 18:00 ga qadar harakatini davom ettiradi.

Qabristonlar yo‘nalishi:

1. K-1 (Mashinasozlar metrosi-1-sonli qabriston (Botkina)

2. K-2 (Olmazor metrosi-2-sonli qabriston (Do‘mbirobod)

3. K-3/1 (Buyuk ipak yo‘li metrosi-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy)

4. K-3/2 (Qo‘yliq dehqon bozori-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy)

Ayni vaqda, Toshkent shahar transport boshqarmasining inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari amalga oshirilib borilmoqda avtobuslar meʼyoridan ortiq turmasligi, belgilangan oraliq masofasiga qatʼiy rioya qilinishi nazorat qilinib, yo‘lovchilar bilan ijtimoiy masofa saqlanishi yuzasidan targ‘ibot ishlari amalga oshirib borilmoqda.

a

b

c

d

Seshanba, 11 May 2021

DIQQAT EʼLON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun 2021-yil 10-may kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar boshlanishi sababli, Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlarni uzatishda uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Dushanba, 10 May 2021

DIQQAT E`LON !

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 2021-yil 11-may kuni Xristian dinining “Ota-onalarni xotirlash” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan, xristian diniga mansub aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahridagi metro stansiyalaridan va aholi ko‘p yig‘iladigan bekatlardan 1-, 2-, 3-sonli qabristonlargacha qatnovchi quyidagicha vaqtinchalik bir kunlik yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi:

Yo‘nalish raqami:

1. K-1 (Mashinasozlar metrosi-1-sonli qabriston(Botkin)

2. K-2 (Olmazor metrosi-2-sonli qabriston (Do‘mbirobod)

3. K-3/1 (Buyuk ipak yo‘li metrosi-3-sonli qabriston(O‘rtasaroy)

4. K-3/2 (Qo‘yliq dehqon bozori-3-sonli qabriston(O‘rtasaroy)

Avtobus soni:

1. 3 ta (Isuzu) "2-Avtobus saroyi" MCHJ

2. 4ta (Isuzu) "7-Avtobus saroyi" MCHJ

3. 4ta (MAN) "5-Avtobus saroyi" MCHJ

4. 4ta (MAN) "1-Avtobus saroyi" MCHJ

Elatib o‘tamiz mazkur tashkil etilgan bir kunlik yo‘nalishlar 7:00 dan - 18:00 ga qadar harakatini davom ettiradi.

Shanba, 08 May 2021

#INFOGRAFIKA

Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-30 aprel holatiga ko‘ra)

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131-sonli yo‘nalish - 257 403
2. 58-sonli yo‘nalish - 216 084
3. 93-sonli yo‘nalish - 168 968

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 196-sonli yo‘nalish - 2 017
2. 185-sonli yo‘nalish - 9 581
3. 41-sonli yo‘nalish - 20 139

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 3 932 290
2. Isuzu - 3 197 139
3. Man - 1 852 819
4. Saz LE 60 - 731 731

128 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 9 713 979

Eslatma: Hisoblash jarayonida faqatgina naqd pul va “ATTO” transport kartalari orqali to‘lov qilgan yo‘lovchilar inobatga olinadi.
96321145

 

Juma, 07 May 2021

Telegram messenjerida "41-sonli avtobus yo‘nalishining barqaror emasligi" sarlavhasi ostida eʼlon qilingan xabar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT !

“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 2021-yil 31-martdagi 53-sonli buyrug‘iga asosan 41-sonli avtobus yo‘nalishi 2021-yil 1-apreldan boshlab "Chilonzor buyum bozori - Yangi Choshtepa" mahallasiga qadar uzaytirilgan edi.

Hozirgi kunda mazkur yo‘nalishda kunlik 5 ta avtobus o‘zaro qatnovni amalga oshirib oraliq vaqti 14-15 daqiqani tashkil etadi. “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati mutahassislari tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan vaqti, baʼzi haydovchilar o‘zboshimchalik bilan Yangi Choshtepa mahallasiga qadar harakatni davom ettirmay harakatlanayotgani maʼlum bo‘ldi.

Buning natijasida Yangi Choshtepa so‘nggi bekatida kutish vaqti 50-60 daqiqaga ko‘tarilishi kuzatilgan.

Hozirgi kunga kelib, 41-sonli yo‘nalish faoliyati nazoratga olingan bo‘lib, Yangi Choshtepa so‘nggi bekatida "7-Avtobus saroyi" MCHJ xodimlari ishtirokida navbatchlik tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

kljihmgkfuniydbu

iutrnjbjrt

Chorshanba, 06 May 2021
Page 41 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 180 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech