
Yangiliklar
#sayyor_qabul #Olmazor_tumani
Xabaringiz bor "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan poytaxt aholisi ichida ishsizlar sonini kamaytirish va avtobus haydovchisi kasbiga ishga qabul qilish maqsadida o`tkazilayotgan sayyor qabullar davom etmoqda.
* Navbatdagi qabul Olmazor tumani "Shodiyona" mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida bo`lib o`tdi.







Dushanba, 18 Iyul 2022
#Sorovnoma
Raqamli Poytaxt Axborot Tahlil markazi tomonidan mahalla hayoti va aholining yashash tarzini o`rganish maqsadida ijtimoiy so`rovnoma ishlab chiqildi.
So`rovnomaga mazkur havola orqali o`tishingiz mumkin
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSchXSCL4bNTUdNxhK8FWQxMYjCpm7_NYOft8hBT6CDGF2-pGw/viewform
Ushbu ijtimoiy so`rovnomada faol qatnashishingizni so`raymiz.
Dushanba, 18 Iyul 2022
#haydovchilarni_ishga_qabul_qilish_jarayoni
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi avtobuslarni boshqarish ya'ni, haydovchilik kasbiga ishga kirish jarayoni to'g'risida batafsil ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin!
Eslatib o'tamiz haydovchilik kasbida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar quyidagi telefon orqali bog'lanishingizni so'raymiz:
* (93) 505-03-23, (71) 233-03-23.

Juma, 15 Iyul 2022
#sayyor_qabul_Bektemir_tumani
"Toshshahartransxizmat" AJ harakat tarkibi yangi avtobus va elektrobuslar bilan yangilanayotganligi sababli, mazkur avtobuslarni boshqaruvchi haydovchilarga ham talab ortmoqda.
* Shu munosabat bilan, Jamiyat mas`ullari tomonidan poytaxtimizning 12 ta tumanlari kesimida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Bunda poytaxt aholisi ichida ishsizlar sonini kamaytirish va avtobus haydovchisi kasbiga ishga qabul qilish ko`zda tutilgan.
* Joriy yilning 14-iyul kuni, Bektemir tumanida joylashgan 346-sonli maktabda tuman aholisi bilan navbatdagi sayyor qabul o`tkazildi.

Chorshanba, 14 Iyul 2022
DIQQAT_ELON
Toshkent shahar Ahmad Donish ko‘chasida (yangi Dinamo do‘koni) yangi yer usti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 14-iyun kuni soat 21:00 dan 15-iyul soat 7:00 ga qadar "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 5, 123-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtinchalik quyidagicha chizma asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Chorshanba, 14 Iyul 2022
DIQQAT_DIQQAT
Toshkent shahar Farg`ona yo`li ko`chasini Bektemir shossesi bilan bog`lovchi Toshkent halqa avtomobil yo`li ko`chasidan o`tuvchi yo`l o`tkazgich inshootining ikki tarafidan THAYga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo`l o`tkazgichlarini qurish va harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, 6- va 7-metro bekatlari oralig`ida metro poezdlari harakati vaqtinchalik to`xtatildi.
* Shu munosabat bilan, yo`lovchilarning jamoat transportiga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan "Rohat 5-metro bekati - Qo`yliq 7-metro bekati" metro bekatlari oralig`ida vaqtinchalik avtobus yo`nalishi tashkil etildi.
* Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo`nalishidagi harakat jadvallari soni "ISUZU" rusumli avtobuslar asosida haftaning barcha kunlariga 2 ta, yo`nalishning ish tartibi soat 7:00 dan 20:00 ga qadar etib belgilandi.

Payshanba, 13 Iyul 2022
Hurmatli fuqarolar!
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati "D" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etadi!
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatida har kuni, soat 09:00dan 15:00ga qadar OCHIQ ESHIKLAR KUNI tashkil etilganligini hamda ishga qabul qilish jarayoni shaffof tarzda o‘tishini taʼminlash maqsadida, Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan nomzodlar bilan ochiq suhbat o‘tkazilishini eslatib o‘tmoqchimiz.
Suhbatga keling va shu kunning o‘zida ishga ega bo‘ling!
* Bizning manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur 1-tor ko‘chasi 6-uy
* Telefonlar: (93) 505-03-23, (71) 233-03-23
* Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.">

Payshanba, 13 Iyul 2022
DIQQAT_ELON!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son va 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda, 50-, 109A- va 86-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati va jadvallari soniga quyidagicha o`zgartirish kiritildi:
* "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 50-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha - M.Yusuf ko‘chasi" avtobus yo‘nalishining harakati do‘rmon yo‘li ko‘chasidan T.Malik, Binokor, Milliy bog‘ ko‘chalari orqali "Chingeldi mahallasi" bekatigacha tashkil etilib, yo‘nalish 50-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha - Chingeldi mahallasi" avtobus yo‘nalishi deb nomlandi va yo‘nalishdagi jadvallar soni haftaning barcha kunlariga 5(+1) ta etib belgilandi.
* "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 109A-sonli "Chiqursoy temir yo‘l stansiyasi - Chorsu metrosi" avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Qorasaroy, A.Qodiriy, Zarqaynar ko‘chalari orqali "Chorsu metrosi" bekatigacha tashkil etilib, qaytish yo‘nalishi o‘zgartirishsiz qoldirildi.
* "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 86-sonli "Sergeli mavzesi 12-daha - Chilonzor buyum bozori" avtobus yo‘nalishining ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha, yo‘nalishdagi jadvallar soni shanba va yakshanba kunlariga 4(+2) tadan etib belgilandi.
Payshanba, 13 Iyul 2022
ELON!_Yolovchilar_diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
* 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarining o‘zaro harakat yo‘nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
* 2022-yilning 11-iyul sanasidan 50-sonli avtobus yo‘nalishi harakati Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hududiga Toshkent viloyati Qibray tumaniga qo‘shilgan Amir Temur, Bunyodkor, Bog‘ishamol mahallari orqali Chingeldi mahallasiga qadar tashkil etilmoqda.
* Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati.

Yakshanba, 10 Iyul 2022
#OAV
* Tirbandliklar, tramvaylar va yangi pullik zonalar: O‘zbekiston transport tizimi qanday o‘zgaradi?

Shanba, 09 Iyul 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









