
Yangiliklar
DIQQAT DIQQAT !
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Transport vazirligi va boshqa qator tashkilotlar taklifiga binoan respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra yo‘nalishli avtobus haydovchilari, chiptachilari niqobsiz bo‘lgan yo‘lovchilarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik choralarini ko‘rishi belgilandi.
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Toshkent shahar transport boshqarmasi va “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan reyd tadbiri o‘tkazildi. (video)
Ushbu o‘tkazilayotgan reyd tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad aholi salomatligini asrash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishdan iboratdir!
Shanba, 26 Iyun 2021
DIQQAT EʼLON !
26-iyun kuni soat 17:00 dan 27-iyun soat 18:00 gacha “Gran-Pri Toshkent–2021” xalqaro karting musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan bir necha ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:
– Shahrisabz ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Amir Temur shoh ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Yakub Kolas ko‘chasining Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Tarasa Shevchenko ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Yoʼnalishlar suratdagi koʼchalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Juma, 25 Iyun 2021
#BOLALAROROMGOHI2021
“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati “Avtomobilchi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida birinchi mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. Bolajonlarning oromgohdan olgan taassurotlarini mazkur videoda tomosha qilishingiz mumkin.
☎️Maʼlumot uchun telefon: (99) 027-33-73
Chorshanba, 24 Iyun 2021
DIQQAT EʼLON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
Bugun 2021 yil 22 iyun kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar boshlanishi sababli, Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlarni uzatishda uzilishlar bo‘lishi mumkin.
“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Seshanba, 22 Iyun 2021
DIQQAT EʼLON !
Yo‘lovchilar diqqatiga!
Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi, Milliy bog‘ ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida ushbu ko‘cha bo‘ylab yo‘l qatnov qismini taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan, harakat va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash maqsadida, 2021 yil 17 iyun kunidan boshlab, 106-sonli avtobus yo‘nalishi harakati vaqtinchalik “Uchxoz” bekatidan “Xo‘ja mahallasi” bekatigacha qisqartiriladi.
Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarini taʼmirlash ishlari yakuni bo‘yicha ushbu yo‘nalish harakati “Uchxoz” bekatigacha qayta uzaytiriladi.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Juma, 18 Iyun 2021
#BOLALAROROMGOHI2021
“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining “Avtomobilchi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yangi mavsumga start berildi.(Video)
☎️Maʼlumot uchun telefon: (99) 027 3373
Payshanba, 16 Iyun 2021
“Avtomobilchi” bolalar oromgohi bu mavsum uchun o‘z eshiklarini ochmoqda.
“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Avtomobilchi” bolalar oromgohi farzandlaringiz uchun ajoyib dam olish mavsumini taqdim etmoqda.
Tog‘ bag‘rida joylashgan mazkur oromgohda bolalar yoz faslining yorqin onlarini biz bilan ajoyib ruhda boshlash arafasida turibdilar.
Oromgohda bolalar uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
- Bir kunda besh marotaba ovqatlanish tartibi;
- Ajoyib ko‘ngilochar dasturlar;
- Cho‘milish havzasida hordiq chiqarish
- Qiziqarli to‘garaklar
- Sport musobaqalari
Hamda bir qator takrorlanmas onlarni biz bilan qarshi olishlari mumkin.
Maʼlumot uchun telefon: (99) 027 3373







Dushanba, 14 Iyun 2021
DIQQAT EʼLON !
106- va 184-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati uzaytiriladi hamda 183-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar soni ko‘paytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi "Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida, 2021 yil 14 iyundan boshlab:
106-sonli “Xo‘ja mahallasi - Saodat savdo markazi” avtobus yo‘nalishining harakati “Xo‘ja mahallasi” so‘nggi bekatidan O‘qituvchi, Milliy bog‘ ko‘chalari orqali “Uchxoz mahallasi” hududigacha uzaytiriladi va yo‘nalishdagi avtobuslar soni 10 tadan 11 taga (+1) ko‘paytiriladi;
184-sonli “Binokor qo‘rg‘oni - Sergeli 4-dahasi” avtobus yo‘nalishining harakati Qipchoq ko‘chasi, Fayzli mahallasi, THAY, Qumariq ko‘chasi orqali “Mahalliy aeroport-3” so‘nggi bekatigacha uzaytiriladi. Kelgusida yo‘nalishdagi jadvallar soni yo‘lovchilar oqimi shakllanishiga ko‘ra ko‘paytiriladi.
183-sonli "Binokor qo‘rg‘oni - Qo‘yliq dehqon bozori" yo‘nalishidagi avtobuslar soni 4 tadan 5 taga (+1) ko‘paytiriladi.
Juma, 11 Iyun 2021
“Toshshaxartransxizmat” AJ va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ IT-park hamkorligida, IT-Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha masofaviy tarzda malaka oshirish darslari tashkil etilmoqda.
“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlariga muvofiq Jamiyatning axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini malakasini oshirish, korxona resurslarini rejallashtirish va boshqarish tizimi, Biznes jarayonlari reinjineringi, Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish, korxonaning IT-strategiyasini ishlab chiqish, maʼlumotlar bazasi bilan ishlash ko‘nikmasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv sertifikatlari olish bo‘yicha “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida faoliyat olib borayotkan yosh kadrlar masofaviy tarzda malakalarini oshirmoqdalar.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari 31 maydan 15 iyunga qadar davom etadi.


Juma, 11 Iyun 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.












