Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#Suvni_bersang_elga, #Yasharsan_ming_yilga

Mana bir necha kundirki "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan poytaxtimiz aholisi va yo‘lovchilariga ichimlik suvi tarqatilmoqda.

"Toshshahartransxizmat" AJ, Toshkent shahar transport boshqarmasi va Montella Daily kompaniyasi hamkorligidagi poytaxt aholisi va jamoat transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlari davom etadi. (Video)

Qadrli fuqarolar va yo‘lovchilar !

"Toshshahartransxizmat" AJ jamoat transportidan foydalanayotgan vaqtingizda sizlarning xavfsizligingiz hamda o‘z manzilingizga sog‘-omon yetib borishingiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratishni maqsad qilgan.

Juma, 09 Iyul 2021

#Suvni_bersang_elga, #Yasharsan_ming_yilga

Toshkent shahar transport boshqarmasi, "Toshshahartransxizmat" AJ hamda "BioLife" MCHJ hamkorligida poytaxtimizning barcha bekatlarida, shuningdek, jamoat transportidan foydalanuvchi yo`lovchilarga ichimlik suvlari tarqatilmoqda. (Video)

photo 2021 07 07 11 29 15

Chorshanba, 08 Iyul 2021

#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalari va tariflarini joriy yilning 1-iyundan 30-iyun holatiga sotilishi bo‘yicha

MAʼLUMOT

N (Nafaqa) - 6 430 ta

NM (Nafaqa metro) - 644 ta

T (Talaba) - 6 662 ta

TM (Talaba metro) - 11 497 ta

O‘ (O‘quvchi) - 1 973 ta

O‘M (O‘quvchi metro) - 1 794 ta

AV (Avtobus) - 6 522 ta

AVM (Avtobus metro) - 2 997 ta

Jami sotilgan elektron transport kartalari va tariflari soni: 38 519 ta

photo 2021 07 05 17 03 36

Payshanba, 07 Iyul 2021

#Suvni_bersang_elga, #Yasharsan_ming_yilga

Shu kunlarda yurtimizda jazirama issiq ob-havo hukmronlik qilmoqda. Shifokorlar bunday ob-havoda holsizlanish, quyosh urishi, suvsizlanish holatlari kuzatilishi va bu inson salomatligiga, ayniqsa, bolalar va yoshi ulug‘larga salbiy taʼsir ko‘rsatishini qayd etishmoqda.

Ana shunday salbiy oqibatlar kuzatilishini oldini olish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ hamda Montella Daily kompaniyasi hamkorligida shahrimiz aholisi, shuningdek, jamoat transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilarga Montella Daily mineral suvlari tarqatildi. (Video)

Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari!

“Toshshahartransxizmat” AJ sizlarga sog‘lik, omonlik tilagan holda o‘z salomatligingizga befarq bo‘lmasdan doimo karantin qoidalariga rioya etishingizni so‘raydi.

Seshanba, 06 Iyul 2021

DIQQAT EʼLON !

2021 yilning 1 avgust kunidan boshlab, 9 ta yo‘nalish harakatiga o‘zgartirishlar kiritish va 2 ta yangi yo‘nalishlarni ochish rejalashtirilmoqda! 

Batafsil

Dushanba, 05 Iyul 2021

#INFOGRAFIKA

Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni

(1-30 iyun holatiga ko‘ra)

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131-sonli yo‘nalish - 232 406

2. 24-sonli yo‘nalish - 173 017

3. 93-sonli yo‘nalish - 154 701

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 196-sonli yo‘nalish - 2 515

2. 113-sonli yo‘nalish - 6 376

3. 27-sonli yo‘nalish - 8 763

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 3 251 978

2. Isuzu - 2 630 684

3. Man - 1 672 943

4. Saz LE 60 - 744 869

128 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 300 474

photo 2021 07 04 15 33 43 IYUN

Yakshanba, 04 Iyul 2021

DIQQAT DIQQAT !

“TOSHSHAHARTRANSXIZMAT” AJ NAMOYISH ETADI

(FILM)????

O‘Z VAQTINGIZNI QADRLANG !

VIDEONI USHBU HAVOLA ORQALI TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN. 

Shanba, 03 Iyul 2021

DIQQAT EʼLON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun 2021-yil 30-iyun kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Payshanba, 30 Iyun 2021

DIQQAT EʼLON !

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Milliy bog‘ ko‘chasidagi yo‘l qoplamasini asfaltlash ishlari nihoyasiga yetkazilayotganligi munosabati bilan, ko‘p soni yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, 2021-yil 28-iyundan boshlab, 106-sonli avtobus yo‘nalishining harakati “Uchxoz” bekatigacha harakatlanishi qayta yo‘lga qo‘yildi.

photo 2021 06 28 17 38 16

Dushanba, 28 Iyun 2021

MA`LUMOT

Maʼlumki, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021-yil 28-iyun kunidan boshlab 12 iyulga qadar, Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi.

Hozirgi kunda, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi. Ushbu yo‘nalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yo‘lovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda taʼlim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yo‘nalishlarning faoliyati o‘z ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga oldindan maʼlumot beriladi.

Ayrim YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi.

Dushanba, 28 Iyun 2021
Page 37 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 346 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech