
Yangiliklar
#MEN_VAKSINA_OLDIM
"Men ham vaksina oldim!" shiori ostida, Karonavirusga qarshi "Toshshahartransxizmat" AJ xodimlari emlanmoqda.
Sizchi vaksina oldingizmi?

Dushanba, 19 Iyul 2021
#MEN_VAKSINA_OLDIM
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan "Men vaksina oldim" aksiyasi davom etmoqda.
Aksiya doirasida “Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruv raisi Anvar Djurayev koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlandi.
Shuningdek, aksiya doirasida “Toshshahartransxizmat” AJning barcha xodimlarini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan.

Dushanba, 19 Iyul 2021
DIQQAT EʼLON !
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6165-sonli qaroriga binoan, 2021 yil 20 iyul kuni Respublikamizda “Qurbon Hayiti” bayrami nishonlanishi va 21, 22 iyul kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, bayram va dam olish kunlari jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etilganini maʼlum qilamiz:
* 2021 yil 17 iyul – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2021 yil 20 iyul – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2021 yil 21 iyul – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2021 yil 22 iyul – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
* 2021 yil 24 iyul – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Shanba, 17 Iyul 2021
#XALQARO_KONFERENSIYA
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Forum ishtirokchilari mintaqaviy bog‘liqlikni yana-da mustahkamlash doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Chorshanba, 15 Iyul 2021
DIQQAT EʼLON !
Toshkent tumani hududidan o‘tgan 4R-4 “Toshkent sh – Keles sh – Qozoqkentsoy q – M-39 avtoyo‘li” avtomobil yo‘lining 0-1 km oralig‘ida qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan transport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatildi. Shu sababli 120-sonli avtobus yo‘nalishi suratda ko‘rsatilgan ko‘chadan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Payshanba, 14 Iyul 2021
DIQQAT EʼLON !
Poytaxtda xalqaro tadbir bo‘lib o‘tishi munosabati bilan "Toshkent city" majmuasi atrofidagi yo‘llar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopilmoqda. Shu sababli, 2021 yil 15-16 iyul kunlari 53, 64, 65, 141-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Payshanba, 14 Iyul 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Yo‘lovchi tashish transporti (avtobuslar)da faoliyat yuritadigan xodimlarning bir kuni haqida “Sevimli” telekanali, “Zamon” informatsion-taxliliy dasturida efirga uzatilgan maxsus reportajni quyidagi havola orqali tomosha qiling.
Seshanba, 13 Iyul 2021
#BOLALAROROMGOHI2021
Joriy yilning 13-iyul kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan, Sultoniya va Chimyon mahallalarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muxtoj va boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlarini “Avtomobilchi” bolalar oromgohiga bepul yo‘llanma bilan dam olishlari uchun yuborildi. Hozirgi ulug‘ ayyom kunlarimiz arafasida savobli ishlarga o‘z hissasini qo‘shgan MFYga katta rahmat.



Seshanba, 13 Iyul 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
TOSHKENT TELEKANALINING T24 INFORMATSION DASTURIDA "PANDEMIYA SHAROITIDA JAMOAT TRANSPORTLARIDAN FOYDALANISHDAGI TARTIBLAR"GA QARATILGAN MAXSUS REPORTAJNI QUYIDAGI HAVOLA ORQALI TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN.
Dushanba, 12 Iyul 2021
Shahar jamoat transportida haydovchilar va yo‘lovchilarning belgilangan karantin talablariga rioya etishlarini taʼminlash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda
Hurmatli yo‘lovchilar!
Jamoat transporti xizmatidan foydalangan vaqtingiz NIQOB TAQISH MAJBURIYATIGA qatʼiy rioya qilish turli xil viruslarni tarqalishini oldini olishga yordam berishini unutmang!
O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligiga befarq bo‘lmang.
Eslatma: Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi. Tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi.


Juma, 09 Iyul 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









