Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

O`zbekiston 24 telekanalida efirga uzatiladigan Qarama-qarshi ko`rsatuvida - "Jamoat transporti xavfsizligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat qoniqarlimi?" masalasi olib chiqildi. Mazkur ko`rsatuvning 1-qismini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Seshanba, 03 Avgust 2021

#TOSHKENT_TRANSPORTI

"Toshkent transporti" mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.⬇️

Google Play➡️ https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.transport.tashkent

AppStore ➡️ https://apps.apple.com/uz/app/transport-of-tashkent/id1565637009

1 32

Dushanba, 02 Avgust 2021

#TOSHKENT_TRANSPORTI

“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatida qaynoq yangilik☀️

Qadrli yurtdoshlar hamda yurtimiz mehmonlari !

Sizlarga bugun katta mamnuniyat ila, "TOSHKENT TRANSPORTI" mobil ilovasi ishga tushirilganligini maʼlum qilamiz.

Bu siz va biz kutgan kun!

 Endilikda mazkur mobil ilova foydalanuvchilari:

✔️ Shahar jamoat transporti harakat tarkibini (avtobuslarni) real vaqtda kuzatish;

✔️Avtobuslarni safar vaqtlari haqida maʼlumotga ega bo‘lish;

✔️ Foydalanuvchi (yo‘lovchi) turgan joyga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlar to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish;

✔️ Manzilga elituvchi eng tezkor va foydali yo‘nalishga ega bo‘lish;

✔️ Shahar jamoat transportida harakatlanishning eng maqbul (optimal) usulini topish;

✔️ Harakatlanish chizmasi, lokatsiyasi hamda avtobuslar va foydalanuvchining harakat tarixini saqlash;

✔️ Elektron transport kartalari sotish shahobchalari joylashuvini (lokatsiyasini) tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish;

✔️ Shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda, yo‘nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lishlari mumkin.

3 28

Dushanba, 02 Avgust 2021

#STATISTIKA

*** O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus yo‘nalishlarining o‘zaro harakat yo‘nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

*** 74-avtobus yo‘nalishi "Sergeli 7-dahasi - Qahramon qo‘rg‘oni" oralig‘ida harakatlangan bo‘lib, 2020-yil 1-noyabr kunidan boshlab "Chilonzor metrosi - Qahramon qo‘rg‘oni" oralig‘i bo‘ylab harakatlanish uchun maqbullashtirilgan edi.

*** Eʼtiboringizni 74-avtobus yo‘nalishining avvalgi va hozirgi(maqbullashtirilgandan so‘ng), yaʼni, 2019-yil iyul oyining 25 kuni hamda 2021-yil iyul oyining 25 kunidagi ko‘rsatgichlar bo‘yicha solishtirilgandagi maʼlumotlarga qaratmoqchimiz:

8:00 ga harakat vositalari soni 121,7% ga oshgan:

- 2019 yil - 92 ta;

- 2021 yil - 112 ta.

17:00 ga harakat vositalari soni 120,7% ga oshgan:

- 2019 yil - 82 ta;

- 2021 yil - 99 ta.

Qatnovlar soni 189,9% ga oshgan:

- 2019 yil - 1185 ta;

- 2021 yil - 2251 ta.

Tashilgan yo‘lovchilar soni 118,8%ga oshgan:

- 2019 yil - 33896,35 ta;

- 2021 yil - 40272,4 ta.

Dushanba, 02 Avgust 2021

DIQQAT EʼLON !

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!

* 2021-yil 5-iyul kuni, 2021-yil 1-avgust kunidan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi “5-Avtobus saroyi” MCHJ tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 50-sonli “Yunusobod 9-dahasi – M.Yusuf ko‘chasi” avtobus yo‘nalishi harakatini qisqartirilishi va yo‘nalish harakatini qisman uzaytirilishi to‘g‘risida maʼlumot berilgan edi.

* Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli, 50-sonli avtobus yo‘nalishi harakatini qisqartirish ishlari 2021-yil 15-avgust kuniga qoldiriladi. Unga qadar, ushbu yo‘nalish o‘z harakat yo‘li bo‘yicha “Yunusobod 9-dahasi – M.Yusuf ko‘chasi” oralig‘ida harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Juma, 30 Iyul 2021

#Malaka_oshirish_kursi

* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli Farmoni "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linma xodimlarining zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida "Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki" IT-park tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ xodimlariga:

- Korxona resurslarini rejallashtirish va boshqarish tizimi,

- Biznes jarayonlari reinjineringi,

- Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish,

- Korxonaning IT-strategiyasini ishlab chiqish,

- Maʼlumotlar bazasi bilan ishlash ko‘nikmasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari olib borildi.

* Jamiyatning 11 nafar xodimi o‘quv kurslarini muvaffaqqiyatli tamomlab, "Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va idoralarning mutaxassislari uchun" malaka oshirish kursi sertifikatini qo‘lga kiritdilar.

photo 2021 07 29 18 19 02

Chorshanba, 29 Iyul 2021

DIQQAT EʼLON !

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!

*2021-yil 1-avgust kunidan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 7 ta avtobus yo‘nalishlari harakatini qisqartirish, 2 ta yangi yo‘nalish ochish, 2 ta yo‘nalish harakatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida maʼlumot berilgan edi.

* Harakat yo‘nalishi qisqartirilishi rejalashtirilgan 56, 82, 103-sonli avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlarni o‘tkazish zaruriyati yuzaga kelayotganligi sababli, ushbu yo‘nalishlar harakati vaqtinchalik o‘zgartirishsiz qoldiriladi.

*Bundan tashqari, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha 2021 yil 1 avgust kunidan boshlab, 41, 32, 59-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga ham qisman o‘zgartirishlar kiritiladi. Jumladan:

➡️ 32-sonli “Sergeli 6-a dahasi– Gulobod ko‘chasi” avtobus yo‘nalishining “Erkin mavzesi”ga harakatlanishi qisqartiriladi va ushbu yo‘nalishning “Sergeli 6-a mavzesi”dan harakatlanishi “Yangi Choshtepa” mavzesi orqali tashkil etiladi.

➡️ 41-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Yangi Choshtepa mavzesi” avtobus yo‘nalishining “Yangi Choshtepa” mavzesidan “Chilonzor buyum bozori”gacha bo‘lgan oraliqdagi harakati qisqartiriladi. Endilikda 41-sonli yo‘nalish “Chilonzor 25-dahasi – Chilonzor buyum bozori” oralig‘ida 5 ta jadval asosida harakatlanadi. Maʼlumot uchun, “Yangi Choshtepa” mavzesi aholisi uchun yo‘lovchi transporti xizmatlaridan foydalanishdagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, 1 avgust kunidan ushbu mavzega 32 va 86-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.

➡️ 59-sonli “Sergeli 12-dahasi – Karvon bozori” avtobus yo‘nalishining so‘nggi bekati “Sergeli 12-dahasi” bekatidan “Do‘stlik 2-mavzesi” avtoshohbekatiga o‘zgartiriladi. Endilikda 59-sonli yo‘nalish “Do‘stlik 2-mavzesi – Karvon bozori” oralig‘ida harakatlanadi.

*Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021 yil 1 avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi, 4 ta avtobus yo‘nalishlarining harakatiga o‘zgartirish kiritiladi, 1 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.

Chorshanba, 29 Iyul 2021

Hurmatli yo‘lovchilar!

 Jamoat transporti xizmatidan foydalangan vaqtingiz NIQOB TAQISH MAJBURIYATIGA qatʼiy rioya qilish turli xil viruslarni tarqalishini oldini olishga yordam berishini unutmang!

O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligiga befarq bo‘lmang.

Eslatma: Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi. Tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi.

Juma, 23 Iyul 2021

DIQQAT EʼLON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun 2021-yil 23-iyul kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Juma, 23 Iyul 2021

Aziz yurtdoshlar!

“Toshshahrtransxizamat” AJ jamoasi Sizlarni Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi. Ushbu muqaddas ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilaydi.

Pandemiya bo‘lishiga qaramasdan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ezgu va xayrli ishlarimiz bardavom bo‘lsin. Xonadonlarimizni fayzu baraka aslo tark etmasin!

photo 2021 07 20 08 44 43

Seshanba, 20 Iyul 2021
Page 35 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 343 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech