Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

O`zbekiston 24 telekanali Fakt 24 informatsion dasturida efirga uzatilgan - "ATTO” transport kartasi bilan yo‘l haqini to‘lash arzonlashdi" nomli reportajni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Seshanba, 10 Avgust 2021

#РАҚАМЛИ_ЎЗБЕКИСТОН_2030

Kuni kecha “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatida "Raqamli O‘zbekiston-2030" kompleks dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar sarhisob qilinib, Jamiyatda Axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya qilish dasturlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov boshchiligida Vazirlik va idora vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

BATAFSIL VIDEONI USHBU HAVOLA ORQALI TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN.

 

Dushanba, 09 Avgust 2021

#FAXRIY_XODIM_2021

“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan sohada o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, ishlab chiqarishda erishgan yuqori ko‘rsatkichlari, jamoat ishlarida faol ishtirok etib barchaning hurmat ehtiromiga sazovor bo‘lib ulgurgan faxriy xodimlarga Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti “Faxriy xodimi” ko‘krak nishoni topshirildi.

d05538455f3fc4f8e79c1

 

Dushanba, 09 Avgust 2021

Hurmatli tadbirkorlar!

“Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylarida texnik taʼmirlash, yuvib-tozalash va sanitar ishlov berish bo‘yicha xizmatlarini autsorsingga berishni tashkil etish yuzasidan avgust oyining 2-dekadasida eʼlon berilishi rejallashtirilgan bo‘lib, mazkur eʼlonlar O‘zbekiston Respublikasi Xom-ashyo birjasida lot shaklida eʼlon qilinishini maʼlum qilamiz. Autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha eʼlonlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlarni taqdim etamiz.

825 95 4145468926

Dushanba, 09 Avgust 2021

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Sevimli telekanali Zamon informatsion-tahliliy dasturida efirga uzatilgan - "Jamoat transporti(avtobus)da yo‘l haqi yana-da arzonlashdi" nomli reportajni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Chorshanba, 05 Avgust 2021

#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalari va tariflarini joriy yilning 1-iyuldan 30-iyul holatiga sotilishi bo‘yicha

MAʼLUMOT

N (Nafaqa) - 5 617 ta

NM (Nafaqa metro) - 557 ta

T (Talaba) - 3 432 ta

TM (Talaba metro) - 6 422 ta

O‘ (O‘quvchi) - 1 170 ta

O‘M (O‘quvchi metro) - 1 139 ta

AV (Avtobus) - 6 024 ta

AVM (Avtobus metro) - 2 858 ta

Jami sotilgan elektron transport kartalari va tariflari soni: 27 219 ta

photo 2021 08 05 11 20 32

Chorshanba, 05 Avgust 2021

#INFOGRAFIKA

Jamoat transporti(avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni

(1-31-iyul holatiga ko‘ra)

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131- sonli yo‘nalish - 178 811

2. 147 - sonli yo‘nalish - 149 534

3. 14 - sonli yo‘nalish - 142 905

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 196- sonli yo‘nalish - 1 801

2. 27 - sonli yo‘nalish - 5 744

3. 184 -sonli yo‘nalish - 6 498

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 2 387 810

2. Isuzu - 2 186 090

3. Man - 1 397 660

4. Saz LE 60 - 630 946

128 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 6 602 506

photo 2021 08 04 12 00 13

Payshanba, 04 Avgust 2021

DIQQAT EʼLON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun 2021-yil 3-avgust kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Seshanba, 03 Avgust 2021

ATTO kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarini chegirma bilan amalga oshiring

✔️ ATTO kompaniyasi yagona transport kartalari (ko‘k rangli) egalari uchun yana bir qulaylik taqdim etmoqda.

✔️2021-yil 1-avgustdan 30-sentyabrgacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilayotgan aksiya doirasida ATTO kartasi orqali to‘lovlarni amalga oshirishda yo‘lovchilar Toshkent shahrida belgilangan 1400 so‘m o‘rniga avtobuslarda 1300 so‘m to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz: ATTO kartalarini “Toshyo‘lovchitransxizmat” UK sotuv shoxobchalari va metro kassalaridan sotib olish mumkin.

Seshanba, 03 Avgust 2021

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

O`zbekiston 24 telekanalida efirga uzatiladigan Qarama-qarshi ko`rsatuvida - "Jamoat transporti xavfsizligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat qoniqarlimi?" masalasi olib chiqildi. Mazkur ko`rsatuvning 2-qisminiushbu havolaorqali tomosha qilishingiz mumkin.

Seshanba, 03 Avgust 2021
Page 34 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 344 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech