
Yangiliklar
#umumxalq_hashari
Joriy yilning 21-avgust kuni "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati hamda Jamiyat tasarrufidagi barcha Avtobus saroylarida umumxalq hashari o‘tkazildi.
Hasharda korxona va unga tutash bo`lgan hududlar atrofi tozalanib, daraxtlarga ishlov berildi. Shuningdek, Avtobus saroylariga biriktirilgan shohbekatlarning ham tashqi ko`rinishi tartibga keltirilib, hududlarda tozalash va binolarni bo`yash ishlari amalga oshirildi.
Umumxalq xayriya hasharida "Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining hamda Avtobus saroylarining barcha xodimlari faol qatnashishdi.
Shanba, 21 Avgust 2021
DIQQAT DIQQAT !
“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati haydovchilik kasbida ishlashni istagan barcha fuqarolarni ishga taklif etadi!
Endilikda haftaning har payshanba kuni, soat 10:00dan 12:00ga qadar “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatida OCHIQ ESHIKLAR KUNI tashkil etilmoqda.
Ishga qabul qilish jarayonining shaffoflik va ochiqlik tamoyillari ostida o‘tishini taʼminlash maqsadida, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan nomzodlar bilan ochiq suxbat tashkillashtiriladi. Uchrashuv va suxbat davomida nomzodlarning transport sohasidagi salohiyati, xizmat o‘tashga ruhan tayyorligi, shuningdek, xodim uchun zarur bo‘lgan boshqa maʼnaviy-ahloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.
Bizning jamoada ishlasangiz kelgusida sizga qanday qulayliklar taqdim etiladi ?
✔️rasmiy ish bilan taʼminlash
✔️barqaror ish haqi
✔️ 15 kunlik ish smenasi.
✔️xodimlarni ishga va ishdan manziliga navbatchi transportda yetkazib berish
✔️ jadvalga muvofiq yillik taʼtil
✔️bolalar uchun sog‘lomlashtirish oromgohi.
Bundan tashqari, bizda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz tizim yaratilgan.
Suhbatga keling va shu kunning o‘zida ishga ega bo‘ling !
Bizning manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 6-uy.
Qo‘shimcha maʼlumot yoki savollar yuzasidan Kadrlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishingizni suraymiz: (+99871) 223-03-23
Juma, 20 Avgust 2021
#MEN_VAKSINA_OLDIM
Bugun “Toshshahartransxizmat” AJning Boshqaruv raisi Anvar Djurayev boshchiligida, Jamiyatning barcha ishchi xodimlari koronavirusga qarshi Xitoy-O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 2-dozasini qabul qilishdi. (Video)
Dushanba, 16 Avgust 2021
#MUROJAAT_VA_YECHIM
Yangiyo‘l tumanining ko‘p sonli aholisidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 2021-yil 12-avgust kunidan boshlab, 181-sonli yangi "Yangiyo‘l dehqon bozori - Farxod bozori" avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etildi. Yangiyo‘l tumani aholisining mazkur yangi avtobus yo‘nalishi haqidagi firklariga ushbu video orqali guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Shanba, 14 Avgust 2021
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan belgilangan reja asosida, Avtoshoxbekatlarni qaytadan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Rejaga ko‘ra 5 yil ichida poytaxtimizdagi 12 ta shoxbekatlarni qurilishdan chiqarish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungacha ularning 4 tasi foydalanishga topshirildi.
Ayni damda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan, Yunusobod tumani 15-dahada joylashgan Avtoshoxbekatda qurilish taʼmirlash ishlari boshlandi. Bu haqda batafsil ushbu video orqali to‘liq maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Shanba, 14 Avgust 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
YOSHLAR TELEKANALINING YANGI DAVR INFORMATSION DASTURIDA "JAMOAT TRANSPORTI FOYDALANUVCHILARI UCHUN "TOSHKENT TRANSPORTI" MOBIL ILOVASI ISHGA TUSHIRILDI" MAVZUIDA EFIRGA UZATILGAN MAXSUS REPORTAJNI USHBU HAVOLA ORQALI TOMOSHA QILING.
Shanba, 14 Avgust 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
SEVIMLI TELEKANALINING ZAMON INFORMATSION-TAHLILIY DASTURIDA " "TOSHKENT TRANSPORTI" MOBIL ILOVASI ISHGA TUSHIRILDI" MAVZUIDAGI MAXSUS REPORTAJNI USHBU HAVOLA ORQALI TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN.
Juma, 13 Avgust 2021
DIQQAT EʼLON !
✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qaroriga asosan yangi yo‘nalishlarni ochish, shuningdek, avtobus yo‘nalishlarining o‘zaro harakat yo‘nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, “Toshshahartransxizmat” AJning 2021-yil 11-avgustdagi 120-sonli Buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra:
✔️2021-yil 12-avgust kunidan boshlab, 181-sonli yangi "Yangiyo‘l dehqon bozori - Farxod bozori" avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilgan bo‘lib, yo‘nalishdagi jadvallar soni Isuzu rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 4 ta, yakshanba kunlariga 3 ta hamda ish tartibi 5:30 dan 20:30 gacha etib belgilandi.
✔️Mazkur yangi avtobus yo‘nalishi "Yangiyo‘l dehqon bozori" so‘nggi bekatidan Samarqand, Beruniy, Olmaliq, O‘zbekiston, M.Mirzaaxmedov, Qahramon, M-39 yo‘li, Bunyodkor(Olmazor metro bekati orqali), Gavhar, Al-Xorazmiy, 2-Qatortol, Shirin, M.Shayxzoda, Farxod qo‘chalari orqali "Farxod bozori" bekatigacha harakatlanishi belgilandi.
Payshanba, 11 Avgust 2021
#STATISTIKA
✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus yo‘nalishlarining o‘zaro harakat yo‘nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
✔️134 avtobus yo‘nalishi "Janubiy vokzal - Nazarbek qo‘rg‘oni" oralig‘ida harakatlangan bo‘lib, 2020-yil 15-sentyabr kunidan boshlab 20-yo‘nalish bilan umumlashtirilib yo‘nalish harakati Nazarbek va Jurjoniy ko‘chalaridan olinib, Ko‘kcha darvoza, Zakovat va Ali Qushchi ko‘chalari orqali harakatlanish uchun maqbullashtirilgan edi.(https://t.me/tshtxuz/946)
✔️Eʼtiboringizni 134 avtobus yo‘nalishining avvalgi va hozirgi(maqbullashtirilgandan so‘ng), yaʼni, 2019-yilning iyul oyi hamda 2021-yilning iyul oyidagi ko‘rsatgichlar bo‘yicha solishtirilgandagi maʼlumotlarga qaratmoqchimiz:
8:00 ga harakat vositalari soni 109,2% ga oshgan:
* 2019-yil - 141 ta;
* 202-yil - 154 ta.
17:00 ga harakat vositalari soni 112,5% ga oshgan:
* 2019-yil - 128 ta;
* 2021-yil - 144 ta.
Qatnovlar soni 102,9% ga oshgan:
* 2019-yil - 2216 ta;
* 2021-yil - 2281 ta.
Tashilgan yo‘lovchilar soni 124,9%ga oshgan:
* 2019-yil - 43796,0 ta;
* 2021-yil - 54713,4 ta.
Payshanba, 11 Avgust 2021
DIQQAT EʼLON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
“Toshshahartransxizmat” AJning avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida profilaktik ishlar olib borilayotganligi, bunda, monitoring tizimi joylashgan server qurilmalari UZTELECOMning maʼlumotlar saqlash bazasiga migratsiya qilinayotganligi(ko‘chirilayotganligi) sababli, 15 kun davomida Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishini maʼlum qilamiz.
“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Seshanba, 10 Avgust 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









