Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT EʼLON !

“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati haydovchilik kasbida ishlashni istagan barcha fuqarolarni ishga taklif etadi!

Endilikda haftaning har payshanba kuni, soat 10:00dan 12:00ga qadar “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatida OCHIQ ESHIKLAR KUNI tashkil etilmoqda.

Ishga qabul qilish jarayonining shaffoflik va ochiqlik tamoyillari ostida o‘tishini taʼminlash maqsadida, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan nomzodlar bilan ochiq suxbat tashkillashtiriladi. Uchrashuv va suxbat davomida nomzodlarning transport sohasidagi salohiyati, xizmat o‘tashga ruhan tayyorligi, shuningdek, xodim uchun zarur bo‘lgan boshqa maʼnaviy-ahloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.

Bizning jamoada ishlasangiz kelgusida sizga qanday qulayliklar taqdim etiladi ?

✔️rasmiy ish bilan taʼminlash

✔️ barqaror ish haqi

✔️ 15 kunlik ish smenasi.

✔️xodimlarni ishga va ishdan manziliga navbatchi transportda yetkazib berish

✔️jadvalga muvofiq yillik taʼtil

✔️ bolalar uchun sog‘lomlashtirish oromgohi.

Bundan tashqari, bizda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz tizim yaratilgan.

Suhbatga keling va shu kunning o‘zida ishga ega bo‘ling !

????Bizning manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 6-uy. 

Qo‘shimcha maʼlumot yoki savollar yuzasidan Kadrlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishingizni suraymiz: (+99871) 223-03-23

Seshanba, 07 Sentyabr 2021

“Toshshaxartransxizmat” AJ kuzgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Mana o‘quv mavsumi ham boshlandi. Poytaxt ko‘chalari talabalar va o‘quvchilar bilan to‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Erta tongdan ishga o‘qishga otlangan yo‘lovchilarimizga beminnat xizmat ko‘rsatishdan charchamagan “Toshshaxartransxizmat” AJ jamoasi kuzgi mavsumga tayyorgarlikni oldindan boshlab yuborgan edilar.

Jumladan, 4-5 sentyabr kunlari shahrimizdagi 8 ta Avtobus saroylariga biriktirilgan barcha avtobuslar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, yo‘lovchilarimizning xavfsizligini taʼminlash maqsadida avtobuslarning tozaligi va ozodaligi taʼminlanib yo‘nalishga chiqarildi. (VIDEO)

Seshanba, 07 Sentyabr 2021

#MUSTAQILLIGIMIZNING_30_YILLIGI_MUBORAK

Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining bir guruh xodimlari Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish korxonalarida ko‘p yillik samarali mehnati, ishlab chiqarishda erishgan yuqori ko‘rsatkichlari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun

 "Mustaqillikning 30 yillik ko‘krak nishoni"

 “Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti faxriy xodimi” nishoni hamda

Faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi. 

Tadbirdan fotolavhalar:

m 1

m 2

photo 2021 09 01 17 12 37

photo 2021 09 01 14 06 29

photo 2021 09 01 17 12 37 2

Payshanba, 01 Sentyabr 2021

#MUSTAQILLIGIMIZNING_30_YILLIGI_MUBORAK

Har yili mustaqillik bayrami arafasida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan sohada fidokorona mehnat qilgan, poytaxt jamoat transportini rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan xodimlarni taqdirlash anʼanaga aylangan.

Bu yil ham Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish korxonalarida ko‘p yilllik samarali mehnati, ishlab chiqarishda erishgan yuqori ko‘rsatkichlari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Jamiyat xodimlari Faxriy yorliqlar hamda “Toshkent shahar yo‘lovilar tashish transporti faxriy xodimi” nishoni bilan mukofotlandi.

Shu munosabat bilan “Toshshahartransxizmat” AJda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Boshqaruv raisi Anvar Djurayev so‘zga chiqib, qilingan fidokorona mehnat va erishilgan yuksak natija hech qachon beeʼtibor qolmasligini taʼkidladi hamda yig‘ilganlarni eng ulug‘ eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan qutladi.

Seshanba, 31 Avgust 2021

#MUSTAQILLIGIMIZNING_30_YILLIGI_MUBORAK

Aziz Vatandoshlar!

“Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi hamda shaxsan o‘zim nomimdan, barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!

Sir emaski, so‘nggi yillarda yurtimizda transport tizimini takomillashtirish, uni yana-da rivojlanishi yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy maqsadimiz esa, xalqimizga sifatli transport xizmatini ko‘rsatishdan iboratdir. Bu yo‘lda o‘zlarining fidokorona mehnatlarini ayamay kamarbasta bo‘lib ishlab kelayotgan barcha transport xodimlarini, shu bilan birga, yurtdoshlarimizni eng aziz, eng ulug‘ bayramimiz bo‘lmish Respublikamiz Mustaqilligining 30 yillik ayyomi bilan muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, yangidan-yangi yutuqlar, xonadoningizga fayzu-baraka, tinchlik xotirjamlik tilab qolaman.Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, yurtdoshlarimiz omon bo‘lishsin.

Barchangizga bayram muborak!

 

Anvar Djurayev

“Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruv raisi

mustaqilli

Payshanba, 01 Sentyabr 2021

#MUSTAQILLIGIMIZNING_30_YILLIGI_MUBORAK

Bu yil xalqimiz O‘zbekiston Respublikasi Mustakilligining  30 yilligini keng nishonlaydi. Saʼna munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati ham aziz vatandoshlarimizni bayram bilan qutlaydi. Tilagimiz, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Xonadonlarimizni fayzu-baraka tark etmasin.

Bayram Muborak! (VIDEO)

Seshanba, 31 Avgust 2021

#MUSTAQILLIGIMIZNING_30_YILLIGI_MUBORAK

Bu yil xalqimiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlaydi. Sana munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmonini imzoladi.

Shu munosabat bilan, joriy yil 30-avgust kuni “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati ham sohaning qator jonkuyar xodimlarini ushbu mukofot bilan taqdirladi.

Dushanba, 30 Avgust 2021

DIQQAT EʼLON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun 2021-yil 27-avgust kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Juma, 27 Avgust 2021

DIQQAT DIQQAT !

Bugun Respublikamiz bo‘ylab ko‘plab transport vositalari mingdan ziyod yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatadi. Fuqarolar orasida talabalar, qariyalar va o‘rta yoshdagi insonlar o‘zlarining ishlari va turli xil yumushlari bilan yo‘lga chiqishadi va bevosita transport vositalari xizmatlaridan foydalanishadi. Lekin, jamoat transportlarida hali ham naqd pul yordamida to‘lov qilayotgan yurtdoshlarimizga ko‘zimiz tushadi. Axir bugungidek, kasallik avj olgan bir paytda gigiyenik toza, shaxsiy kartalarning mavjudligi yurtdoshlarimiz manfaatlari yo‘lida qo‘yilgan yana bir qadam deya olamiz.

Joriy yilning 1-avgustidan 30-sentyabriga qadar maxsus transport kartalar tizimida maxsus chegirmaning joriy qilinishi ham fuqarolarimiz yaratilgan yana bir qulaylik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. (MAXSUS VIDEO)

Chorshanba, 26 Avgust 2021

#ijtimoiy_so‘rovnoma

Bugungi mavzuimizni “Kamchiliklar va takliflar” deb nomladik.

(Video)

Dushanba, 23 Avgust 2021
Page 32 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 522 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech