
Yangiliklar
#MENSHAHRIMNISEVAMAN #YEVROPAHARAKATLANISHHAFTASI2021
"O‘z shahringizni seving! Barqaror harakatlaning! Sog‘lom bo‘ling!"
16 sentyabr kuni O‘zbekistonda Yevropa harakatlanish haftasi-2021 start oldi. Poytaxtimiz aholisi va mehmonlarini ushbu haftalik doirasida o‘tkazilayotgan aksiyalarda faol qatnashishga va ekologik toza transport turlaridan foydalanishga taklif etamiz(Video).
Dushanba, 20 Sentyabr 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
“Yoshlar” telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida O‘zbekistonda "Yevropa harakatlanish haftasi-2021" boshlandi nomli reportaj efirga uzatildi. (Video intervyu)
Juma, 17 Sentyabr 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Yo‘lovchi tashish xizmatidagi yangi qulayliklarga bag`ishlangan maxsus reportaj(VIDEO).
Juma, 17 Sentyabr 2021
#YEVROPAHARAKATLANISHHAFTASI2021
16-22-sentyabr kunlari Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshshahartransxizmat AJ, "Tashkent Runners" yugurish ixlosmandlari klubi va O‘zbekiston Velosipedchilar hamjamiyati bilan birgalikda uchinchi marotaba "Yevropa harakatlanish haftaligi"ni o‘tkazmoqda.
O‘zbekistonda ushbu haftalik "O‘z shahringizni seving! Barqaror harakatlaning! Sog‘lom bo‘ling!" shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida:
- "Men shahrimni sevaman: shaharda barqaror harakatlanish ijodkorlar nigohida" nomli ko‘rgazma;
- Ijtimoiy tarmoqlar(Facebook, Instagram, Telegram)da #Menshahrimnisevaman chellenji
- "Tashkent Runners" klubi tomonidan "Harakatchanlik aksiyasi" - plogging(yugurish jarayonida chiqindi yig‘ish) aksiyasi o‘tkaziladi.
Barchangizni Yevropa harakatlanish haftasida ishtirok etishga, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga, shaharning faol rezidenti bo‘lishga taklif qilamiz!

Chorshanba, 16 Sentyabr 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Uzreport TV | “Toshshahartransxizmat” AJda so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan press-tur (VIDEOREPORTAJ).
Chorshanba, 16 Sentyabr 2021
#PRESS_TUR_2021
Joriy yilning 14-sentyabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJ hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda “Toshshahartransxizmat” AJda so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan press-tur tadbiri tashkil etdi.
Unda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan Toshkent shahrida jamoat transportini yaxshilash, xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda jamoat transporti sohasida raqamlashtirish texnologiyalaridan keng foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar bilan tanishtirildi(VIDEO).
Seshanba, 14 Sentyabr 2021
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “Bilasizmi” nomli yangi viktorina loyihasi boshlandi.
Viktorinamizda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan ilk ishtirokchilarimiz bilan tanishing (VIDEO).
Hurmatli yo‘lovchi! Keyingi ishtirokchi aynan siz bo‘lishingiz mumkin.
Juma, 10 Sentyabr 2021
#INFOGRAFIKA
Jamoat transporti(avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-31 avgust holatiga ko‘ra)
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131- sonli yo‘nalish - 205 628
2. 24 - sonli yo‘nalish - 159 512
3. 147 - sonli yo‘nalish - 154 225
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 196- sonli yo‘nalish - 1 516
2. 113 - sonli yo‘nalish - 6 570
3. 184 -sonli yo‘nalish - 8 242
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 2 901 170
2. Isuzu - 2 412 062
3. Man - 1 536 421
4. Saz LE 60 - 701 071
128 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 7 550 724

Juma, 10 Sentyabr 2021
#INFOGRAFIKA
Elektron transport kartalar va ularning tariflarini joriy yilning 1-avgust sanasidan 31-avgust holatiga sotilishi bo‘yicha
MAʼLUMOTLAR
N (Nafaqa) - 6 096 ta
NM (Nafaqa metro) - 654 ta
T (Talaba) - 3 183 ta
TM (Talaba metro) - 6 070 ta
O‘ (O‘quvchi) - 770 ta
O‘M (O‘quvchi metro) - 731 ta
AV (Avtobus) - 6 422 ta
AVM (Avtobus metro) - 3 080 ta
Jami sotilgan elektron transport kartalari va tariflari soni: 27 006 ta

Chorshanba, 09 Sentyabr 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









