
Yangiliklar
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
* Xabaringiz bor joriy yilning 28-aprel kuni, "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddillari Toshkent davlat transport universitetining bitiruvchi talabalari bandligini ta`minlash yuzasidan tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ishtirok etgan edi.
* Bugun esa tizimda ishlash istagini bildirgan talaba yoshlar, shuningdek, universitet tomonidan yo`llanma asosida yuborilgan 23 nafar bitiruvchi yoshlarni ishga qabul qilish maqsadida Jamiyat boshqaruv raisi bilan subat tashkil etildi.
* Suhbat davomida 15 nafar talaba yoshlarning bilim va ko`nikmalari sinovdan o`tkazildi hamda sohani rivojlantirish yuzasidan bergan takliflaridan kelib chiqqan holda ulardan 14 nafari tegishli lavozimlarga ishga tavsiya etildi.

Payshanba, 27 Iyul 2022
DIQQAT_E'LON
* Yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan transport xizamatlari sifatini oshirish maqsadida, joriy yilning 25-iyul kunidan boshlab,
* 75-sonli "Toshkent metallurgiya zavodi - Oqtepa maydoni" avtobus yo'nalishining harakati Chortoq ko'chasidan 4P21, A.Temur ko'chalari orqali "Obod mahallasi"ga qadar uzaytirilib, yo`nalish nomi 75-sonli "Obod mahallasi - Oqtepa maydoni" avtobus yo'nalishi deb nomlanganligini;
* 74-sonli "Namuna mahallasi - Chilonzor metrosi" avtobus yo'nalishining harakati Namuna mahallasidan 4P4 ko'chasi orqali "Shoyim ko'prik" bekatigacha uzaytirilib, yo`nalish nomi 74-sonli "Shoimko`prik -Chilonzor metrosi" avtobus yo'nalishi deb nomlanganligini;
* 185-sonli "Barkamol mahallasi - Qo'yliq dehqon bozori" avtobus yo'nalishining harakati THAY orqali "Qo'yliq 1-mavzesi"ga qadar uzaytirilib, yo`nalish nomi 185-sonli "Barkamol mahallasi - Qo`yliq 1-mavzesi" avtobus yo'nalishi deb nomlanganligini ma`lum qilamiz.



Yakshanba, 24 Iyul 2022
DIQQAT E`LON!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-sonli qarorga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 25-iyul kunidan boshlab, 143-sonli "Toshkent imtixon markazi – Chilonzor MUM" yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to`g`ri yo`nalishda "Toshkent imtixon markazi"dan Daryo bo`yi 4-tor, Sofdil, Yangi Sergeli yo`li, Obihayot, Fayzli, Cho`ponota, Bunyodkor shox, Muqimiy, Chilonzor ko`chalari orqali "Chilonzor MUM"ga qaytish yo`nalishida Chilonzor, Cho`ponota, Fayzli, Obihayot, Yabgi Sergeli yo`li, Sofdil, Daryo bo`yi 4-tor ko`chalari orqali “Toshkent imtixon markazi"ga qadar harakatlanadi.

Yakshanba, 24 Iyul 2022
#Suv_tarqatish_jarayoni
Mamlakatimiz hududida juda issiq va quruq anomal ob-havo harorati kuzatilayotganligi munosabati bilan, "Toshshahartransxizmat" AJ, Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda Montella Daily kompaniyasi hamkorligida olib borilayotgan maxsus aksiya, ya’ni, jamoat transportidan foydalanuvchi yo`lovchilarga bepul mineral suvlarini tarqatish davom ettirilmoqda.
"Toshshahartransxizmat" AJ sizlarga sog`lik va oq yo`l tilaydi!

Juma, 22 Iyul 2022
#Turizm_bilan_bogliq_transport_xizmati_bozorini_rivojlantirish
* Ayni damda Toshkent shahridagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun "Turizm bilan bog’liq transport xizmati bozorini rivojlantirish" mavzusida uchrashuv bo’lib o’tmoqda.
* Ushbu uchrashuvdan ko’zlangan maqsad, mamlakatning turizm bilan bog’liq transport xizmati bozorini rivojlantirishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilishdan iborat.
Mazkur uchrashuv yuzasidan tayyorlangan maxsus reportajni tez orada ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali taqdim etamiz!





Juma, 22 Iyul 2022
EʼLON!_Yo‘lovchilar_diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-sonli qarorga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida,
Joriy yilning 21 iyul kunidan boshlab 142-sonli "Katta Xasanboy mahallasi – Tiklanish mahallasi" yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati Tiklanish mahallasidan Tiklanish, Moyqo‘rg‘on, Axmad Donish, Amir Temur shox, Rixsiliy, Baraka, Nurmakon, Xolis, Xasanboy, Axrorobod ko‘chalari orqali Katta Xasanboy mahallasiga qadar harakatlanadi.

Payshanba, 20 Iyul 2022
#Yangi_avtobus
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-son qaroriga asosan, 2025 yil yakuniga qadar 673 ta elektrobus va 390 ta yangi avtobuslar harid qilinib jamoat transporti harakatini yangilash belgilangan edi.
* Joriy yilning 18 iyul kuni, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJda ishlab chiqarilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufidagi "8-Avtobus saroyi" filialiga yetkazildi. Bugunga qadar Toshkent shahriga ushbu avtobuslardan 60 ta olib kelingan bo‘lib, endilikda ularning soni 70 taga yetdi.





Seshanba, 19 Iyul 2022
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Toshkent telekanali | Jamoat transportida harakatlanuvchi yo`lovchilarga ichimlik suvlari tarqatildi
Seshanba, 19 Iyul 2022
#Suv_tarqatish_jarayoni
Xabaringiz bor shu kunlarda yurtimiz bo`ylab anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Havo harorati baland bo`lganida inson organizmi suvsizlanishi oqibatida holsizlik, xushdan ketish va boshqa ko`ngilsiz hodisalar ro`y berishi mumkin. Ana shunday holatlarni oldini olish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ, Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda Montella Daily kompaniyasi hamkorligida jamoat transportidan foydalanuvchi yo`lovchilarning xavfsizligini ta`minlash va ularni o`z manzillariga salomat yetib olishlari uchun mineral suvlar tarqatilmoqda.
"Toshshahartransxizmat" AJ sizlarga sog`lik va oq yo`l tilaydi!

Seshanba, 19 Iyul 2022
#HAFTA_DAVOMIDA
2022-yil 11-iyuldan 16-iyul holatiga
* 50-, 109A- va 86-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati va jadvallari soniga quyidagicha o`zgartirish kiritildi.
* "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati "D" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etadi!
* "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan "Rohat 5-metro bekati - Qo`yliq 7-metro bekati" metro bekatlari oralig`ida vaqtinchalik avtobus yo`nalishi tashkil etildi.
* "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 5, 123-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtinchalik quyidagicha chizma asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.
* Bektemir tumanida joylashgan 346-sonli maktabda tuman aholisi bilan navbatdagi sayyor qabul o`tkazildi.
* "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi avtobuslarni boshqarish ya'ni, haydovchilik kasbiga ishga kirish jarayoni to'g'risida.
* Begona shaxs jamoat transportida sizga nisbatan tegajog'lik qilsa nima qilish kerak.

Dushanba, 18 Iyul 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









