Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT EʼLON !

“Toshkent-Chirchiq-Xojikent” tezyurar elektr poyezdlar harakatini tashkil etish maqsadida, Parkent ko‘chasidan KHAYga o‘tish qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2021-yil 5-oktyabr kundan boshlab, 58, 88, 89, 95-sonli avtobus yo‘nalishlari quyidagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz:

- 58-sonli avtobus yo‘nalishi - Mustaqillik shoh ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on, Katta Darxon ko‘chalari orqali “Ekskavator zavodi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;

- 88-sonli avtobus yo‘nalishi Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasi, Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali va keyingi harakatini o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda;

- 89 va 95-sonli avtobus yo‘nalishlari - shaxar tomon harakatlari Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasi, Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali Oqqo‘rg‘on - Katta Darxon ko‘chalari kesishgan joydan orqaga burilib olib, o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda (qaytishda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan holda) harakatlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Seshanba, 05 Oktyabr 2021

YANGILIKLAR "1 oktyabr — Ustoz va Murabbiylar kuni" muborak bo‘lsin !

Ustoz - shunday ulug‘ zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Bu so‘zlarni eshitgan har bir insonning ko‘nglida faqat iliq fikrlar-u, yorqin xotiralar o‘tishi tabiiy.

Kuni kecha “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi "7-Avtobus saroyi"da “1 oktyabr - O‘qituvchi va Murabbiylar" kuni munosabati bilan ustozlar alohida eʼtirof etildi.

Tadbirda korxonada yillar davomida ishlab, transport sohasiga qo‘shgan ko‘p yillik xizmati uchun qator ustozlar muborakbod etilib, "7-Avtobus saroyi" maʼmuriyati nomidan munosib taqdirlandi.(Video)

Dushanba, 04 Oktyabr 2021

"1 oktyabr — Ustoz va Murabbiylar kuni" muborak bo‘lsin !

Kim uchun dunyoda shuhrati aziz,

Kimgadir haq yo‘lda zahmati aziz,

Siz uchun el-yurtning rahmati aziz,

Mudom baland erur sizga eʼzozim,

Baxtimga bor bo‘ling, aziz Ustozim !  (Video)

Juma, 01 Oktyabr 2021

DIQQAT EʼLON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun 2021-yil 28-sentyabr kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, avtobuslarning ("8-Avtobus saroyi" tasarrufidagi ISUZU va LE-60 rusumli ) harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Seshanba, 28 Sentyabr 2021

#SEMINAR

* Kuni kecha “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi “18-Avtobus saroyi” MCHJ binosida Toshkent shahar IIBB YHXB, DXX Toshkent shahar boshqarmasi, FVV Toshkent shahar boshqarmasi rahbar va mutasaddi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

* Uchrashuvda 2021-yilning 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida havfsizlikni taʼminlash borasidagi talab va takliflar kun masalasiga chiqdi.(Video)

Dushanba, 27 Sentyabr 2021

DIQQAT EʼLON !

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi "Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, 2021-yil 25-sentyabrdan boshlab:

-  "1-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 28-sonli "Yashnabod qurilish kolleji - Ibn Sino 2-mavzesi" avtobus yo‘nalishining harakati Beruniy ko‘chasidan Universitet, Talabalar ko‘chalari orqali keyingi o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama (qaytish yo‘nalishida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan holda) tashkil etiladi.   

- "7-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 94-sonli "Izza mavzesi - Xalqaro Aeroporti-2" avtobus yo‘nalishining ish tartibi soat 5:30 dan 23:00 gacha etib belgilandi.

- "7-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 94 va 9T-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnovlar soni:

* 94-avtobus yo‘nalishi - ish kuni 132(+4) ta, shanba kuni 92 ta, yakshanba kuni 92 ta;

* 9T-avtobus yo‘nalishi - ish kuni 192(+4) ta, shanba kuni 170(+8) ta, yakshanba kuni 170(+8) ta;

-  "8-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 29 va 67-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnovlar soni:

29-avtobus yo‘nalishi - ish kuni 2(-4) ta, shanba kuni 2(-3) ta, yakshanba kuni 1(-3) ta;

67-avtobus yo‘nalishi - ish kuni 8 ta, shanba kuni 7 ta, yakshanba kuni 6(-1) ta etib belgilanganligini maʼlum qilamiz.

Juma, 24 Sentyabr 2021

DIQQAT EʼLON !

Toshkent metropoliteni Chilonzor liniyasining “Olmazor” bekatidan “1-bekat”, 2-bekat“,3-bekat”,4-bekat", va 5-bekat" stansiyalarigacha bo‘lgan qismida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli hamda "Toshkent metropoliteni" UK va “Toshshahartransxizmat” AJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 2021-yilning 25-26-sentyabr kunlari vaqtinchalik "Olmazor - Qipchoq" metro yo‘nalishi bo‘ylab avtobuslar yo‘nalishi harakati, yaʼni:

 "Olmazor metrosi - Qipchoq metrosi" yo‘nalishining harakati "Olmazor metrosi" bekatidan Gavhar, Bunyodkor, Shota Rustaveli, Choshtepa, Katta halqa yo‘li, M.Tursunzoda ko‘chalari orqali "Qipchoq metrosi" nozimxonasigacha ikki taraflama tashkil etilmoqda.

Yo‘nalishning ish tartibi 25-sentyabr kuni soat 20:30 dan 24:00 gacha, 26-sentyabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha etib belgilandi.

Elatib o‘tamiz: "Olmazor metrosi - Qipchoq metrosi" yo‘nalishi bo‘ylab xizmat ko‘rsatish vaqtida haydovchi va chiptachilar tomonidan yo‘lovchilardan yo‘l kira haqi olinmaydi.

Juma, 24 Sentyabr 2021

#LIVE

“Toshshahartransxizmat” AJ xodimlari bugunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etib, o‘zlarining siyosiy bilimlarini oshirishmoqda.
soat1

soat 2

Juma, 24 Sentyabr 2021

#yevropaharakatlanishhaftasi2021

22-sentyabr - "Xalqaro avtomobilsiz kun"

Kuni kecha shahrimizning “Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek” ko‘chalaridan “Yangi O‘zbekiston” bog‘igacha bo‘lgan masofada velomarafon o‘tkazildi. Ushbu tashkil etilgan tadbirning asl maqsadi, fuqarolarni velosipedda yurishga chaqirib, yurtimizda ekologik toza havoni taʼminlashga ko‘maklashish va insonlarning bo‘sh vaqtlarini foydali va mazmunli o‘tishini taʼminlashdan iboratdir.(Video)

Chorshanba, 23 Sentyabr 2021

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

ZO`R TV telekanalining "Shahrim Faxrim" ko`rsatuvida "Toshshahartransxizmat" AJning jonkuyar xodimlarining faoliyatiga oid maxsus ko`rsatuv efirga uzatildi(Video).

Seshanba, 21 Sentyabr 2021
Page 30 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 2445 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech