
Yangiliklar
#OnaTilimFaxrim
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab turli ma’naviy-ma’riy tadbirlar tashkil etilmoqda.
*2021-yil 20-oktabr kuni "Toshshahartransxizmat" Ajda ham Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
*Unda mehmon sifatida ishtirok etgan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Botir Tojiboyev ona tilimizning rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, erishilgan yutuqlar hamda mavjud muammolar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Tadbir o‘zaro fikr almashish va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Chorshanba, 21 Oktyabr 2021
#OnaTilimFaxrim
21-oktabr - O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati hamda uning tizim korxonalarida "Qadring baland boʻlsin Ona tilim!" shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Siz ham bizga qoʻshiling!
Tilimizni birgalikda asraymiz!



Chorshanba, 21 Oktyabr 2021
#OnaTilimFaxrim
Ona tili – bu millatning ruhidir !
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
Jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi, o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi. Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning, nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
Mana bugun O'zbek tiliga "Davlat tili" maqomi berilganiga 32 yil to'ldi. Ushbu ajoyib sana bilan, "Toshshahartransxizmat" AJ jamoasi barchangizni chin dildan tabriklaydi!
Chorshanba, 21 Oktyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Yo‘lovchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus yo‘nalishlarining o‘zaro harakat yo‘nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan xolda 2021-yilning 15-oktyabr sanasidan quyidagi avtobus yo‘nalishlari maqbullashtirilmoqda: 65, 74, 86, 105, 184.





Chorshanba, 14 Oktyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Toshkent metropolitenining Qo‘yliq yo‘nalishida qurilish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan, Munis-TXAY ko‘chalari kesishmasida qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli, mazkur ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2021-yil 14-oktyabr kundan boshlab, 15, 81, 93, 119-sonli avtobus yo‘nalishlari quyidagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz:
- 15-sonli avtobus yo‘nalishi - "Qo‘yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatidan Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari, Qo‘yliq ko‘prik yo‘li ostidan burilib olib Jarqo‘rg‘on, Izzat, Beshariq, Aviasozlar, Elbek ko‘chalari orqali "Do‘stlik metrosi" avtoshoxbekatigacha va qaytish yo‘nalishidagi harakati "Do‘stlik metrosi" avtoshoxbekatidan Elbek, Aviasozlar, Beshariq, Izzat, Jarqo‘rg‘on, Farg‘ona yo‘li, Munis ko‘chalari orqali "Qo‘yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatigacha;
- 81, 93-sonli avtobus yo‘nalishi - "Qo‘yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatidan Munis, Farg‘ona yo‘li, Qo‘yliq ko‘prik yo‘li ostidan burilib olib Farg‘ona yo‘li ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda va qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Munis ko‘chalari orqali "Qo‘yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatigacha;
- 119-sonli avtobus yo‘nalishi - THAY ko‘chasi bo‘ylab “Mebellar do‘koni” bekatigacha qisqartirilgan holda harakatlanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Chorshanba, 14 Oktyabr 2021
O'zbekistonda ilk bor - avtobuslarda eng foydali va tez to'lovlar! Va faqat CLICK foydalanuvchilari uchun!
QR orqali to'lovlar - qaytimsiz, navbatsiz va naqd pullarisiz!
Salonida QR-kod joylashtirilgan avtobuslarda to'lovlarni amalga oshiring!
✅Shunchaki QR-kodni CLICK Evolution ilovasi orqali skanerlang.
Va telefon ekranida paydo bo'lgan chiptani konduktor yoki haydovchiga ko'rsating.
✅Har bir safaringizdan 2% gacha Cashback oling!
✅CLICK orqali yo'l haqqini hatto bolangiz ham to'lashi mumkin.
Bolangizga uning smartfonidagi CLICK Evolution ilovasida CLICK-Hamyon oching. Hamyon balansini kartangizdan yoki PAYNET orqali naqd pul bilan to'ldiring.
CLICK bilan qulay va foydali safarlar!
✅Shu bilan birga chiptani "Hisobotlar" bo'limidagi to'lov haqidagi ma'lumotdan ko'rsatish mumkin. Buning uchun "Chiptani ko'rsatish" tugmasini bosing (tugma 1 soat ichida mavjud bo'ladi).
✅CLICK orqali to'lash mumkin bo'lgan yo'nalishlar:
Yaqin vaqt ichida Toshkent shahridagi barcha yo'nalishlarda ham joriy qilinadi.
➡️Jamoat transportida QR-kod orqali to'lash jarayoni:
Telefoningizda CLICK Evolution ilovasini oching
"-" bo'limiga kiring
To'lov usullaridan birini tanlang:
✅ Bosh ekrandagi QR-skaner bo'limida
✅ "To'lov" - "Transport va avtoturargoh" bo'limidagi "Yo'l haqqi to'lovi" tugmasi
Salonda joylashtirilgan QR-kodga telefonni to'g'rilang.
Yo'nalish va avtobus raqamini tekshiring. "Davom etish" tugmasini bosing
To'lov uchun kartani tanlang va "To'lash" tugmasini bosing.
Muvaffaqiyatli o'tgandan keyin "Chiptani ochish" tugmasini bosing.
Smartfoningiz ekranida chipta ochilgandan keyin uni konduktor yoki avtobus haydovchisiga ko'rsating.
✅Shu bilan birga chiptani "Hisobotlar" bo'limidagi to'lov haqidagi ma'lumotdan ko'rsatish mumkin. Buning uchun "Chiptani ko'rsatish" tugmasini bosing (tugma 1 soat ichida mavjud bo'ladi).
* Ushbu yetkazib beruvchiga amalga oshirilgan to'lovlarni bekor qilish imkoni mavjud emas.
Chorshanba, 14 Oktyabr 2021
#INFOGRAFIKA
Elektron transport kartalar va ularning tariflarini joriy yilning 1-sentabr sanasidan 30-sentabr holatiga sotilishi bo‘yicha
MAʼLUMOTLAR
N (Nafaqa) - 6 453 ta
NM (Nafaqa metro) - 727 ta
T (Talaba) - 11 424 ta
TM (Talaba metro) - 26 936 ta
O‘ (O‘quvchi) - 3 070 ta
O‘M (O‘quvchi metro) -2 459 ta
AV (Avtobus) - 6 323 ta
AVM (Avtobus metro) - 3 290 ta
Jami sotilgan elektron transport kartalari va tariflari soni: 60 682 ta
Juma, 08 Oktyabr 2021
#INFOGRAFIKA
Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-30 sentyabr holatiga ko‘ra)
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131- sonli yo‘nalish - 236 656
2. 24 - sonli yo‘nalish - 169 028
3. 58 - sonli yo‘nalish - 162 004
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 196- sonli yo‘nalish - 3 552
2. 113- sonli yo‘nalish - 6 434
3. 141 -sonli yo‘nalish - 7 114
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 3 354 631
2. Isuzu - 2 746 445
3. Man - 1 664 795
4. Saz LE 60 - 758 458
130 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 524 329
Chorshanba, 07 Oktyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi "Toshkent MUM" ASHB joylashgan ko‘chada yo‘l taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2021-yil 7-oktyabr kuni 16:00dan boshlab, 1-noyabr kuniga qadar, 1, 13, 19, 21, 22, 30, 37, 85--sonli avtobus yo‘nalishlari quyidagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz:
* 1, 19, 21, 22, 85-sonli avtobus yo‘nalishlari - I.Karimov ko‘chasidan Buyuk Turon, Buxoro ko‘chalari orqali “A.Navoiy teatri” so‘nggi bekatigacha, qaytishda Buxoro ko‘chasidan Zarafshon, I.Karimov ko‘chalari orqali va keyingi harakatini o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda;
* 13-sonli avtobus yo‘nalishi - I.Karimov ko‘chasidan Sh.Rashidov, Matbuotchilar, Buyuk Turon, Buxoro ko‘chalari orqali “A.Navoiy teatri” so‘nggi bekatigacha, qaytishda Buxoro ko‘chasidan Zarafshon, I.Karimov ko‘chalari orqali va keyingi harakatini o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda;
* 30 va 37-sonli avtobus yo‘nalishlari - Sh.Rashidov ko‘chasidan Matbuotchilar, Buyuk Turon, Buxoro ko‘chalari orqali “A.Navoiy teatri” so‘nggi bekatigacha, qaytishda Buxoro ko‘chasidan Zarafshon, I.Karimov, Sh.Rashidov ko‘chalari orqali va keyingi harakatini o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda harakatlanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Chorshanba, 07 Oktyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
Bugun 2021 yil 6 oktyabr kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, avtobuslarning (12- va 18-Avtobus saroyi tasarrufidagi) harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Payshanba, 06 Oktyabr 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









