
Yangiliklar
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Dunyo bo‘ylab telekanalining "Efirda biz" ko‘rsatuvi | Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan qulayliklar (video)
Dushanba, 08 Noyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Yo‘l taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli Axmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni qisman vaqtinchalik yopiladi. Shu sababli 2021-yilning 7-noyabr kunidan 17 noyabr kuniga qadar 5, 43, 51, 82, 83, 123, 124-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatida vaqtinchalik tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Dushanba, 08 Noyabr 2021
#INFOGRAFIKA
Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-31 oktabr holatiga ko‘ra)
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131- sonli yo‘nalish - 230 788
2. 24 - sonli yo‘nalish - 187 456
3. 58 - sonli yo‘nalish - 177 773
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 196- sonli yo‘nalish - 3 877
2. 141- sonli yo‘nalish - 5 237
3. 113 -sonli yo‘nalish - 6 731
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 3 630 820
2. Isuzu - 2 923 345
3. Man - 1 765 065
4. Saz LE 60 - 808 864
130 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 9 128 094
Chorshanba, 04 Noyabr 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Toshkent telekanali | "Mahallada nima gap?" ko`rsatuvi
(jonli muloqot)
Chorshanba, 04 Noyabr 2021
#INFOGRAFIKA
Elektron transport kartalar va ularning tariflarini joriy yilning 1-oktabr sanasidan 31-oktabr holatiga sotilishi bo‘yicha
MAʼLUMOTLAR
N (Nafaqa) - 6 638 ta
NM (Nafaqa metro) - 874 ta
T (Talaba) - 14 437 ta
TM (Talaba metro) - 33 121 ta
O‘ (O‘quvchi) - 3 647 ta
O‘M (O‘quvchi metro) - 3 177 ta
AV (Avtobus) - 7 006 ta
AVM (Avtobus metro) - 3 206 ta
Jami sotilgan elektron transport kartalari va tariflari soni:72 106 ta
Payshanba, 03 Noyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Toshkent shahridagi Islom Karimov ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shox ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘l taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, 2021-yilning 3-noyabr kunidan - 4-noyabr kuni soat 11:00 ga qadar transport harakati uchun yopiladi. Shu munosabat bilan, 1, 13, 19, 21, 22, 30, 37, 51, 67, 85-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Payshanba, 03 Noyabr 2021
Avtomobilchilar kuni muborak bo‘lsin!
Har bir sohaning o‘ziga yarasha mehnati, zahmati bo‘lgani kabi jamoat transporti hamda unda faoliyat olib boruvchi xodimlarning ham ish faoliyatlarida bir qancha mashaqqatlar yotadi. Kelinglar uzoq gapirmaymiz-da soha xodimlarining faoliyatiga bag‘ishlangan kichik bir filmimizni tomosha qilamiz.
Yakshanba, 31 Oktyabr 2021
Avtomobilchilar kuni muborak bo‘lsin!
Transport sohasida uzoq yillardan buyon sadoqat bilan faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist tomonidan kutilmagan tarzda tabriklandi.
Yakshanba, 31 Oktyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
"Toshshahartransxizmat" AJning avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, 23, 24, 25 oktyabr kunlari Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishini maʼlum qilamiz.
"Toshshahartransxizmat" AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Shanba, 23 Oktyabr 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.










