
Yangiliklar
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Fakt 24 | Toshkentda 7 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi (video)
Dushanba, 29 Noyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
Bugun 2021 yil 23 noyabr kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, avtobuslarning harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Seshanba, 23 Noyabr 2021
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Fakt 24 | “Facepay” texnologiyasi: jamoat transportida validatorga qarab yo‘l haqini to‘lash mumkin bo‘ladi (video)
Seshanba, 23 Noyabr 2021
#bayrog‘im g‘ururim #bayroq30 #bayroq_kuni
Aziz vatandoshlar !
“Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi barchangizni 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaydi. Vatanimizning shaʼni, xalqimizning g‘ururini aks ettiruvchi bayrog‘imiz doimo baland hilpirayversin! (video)
Chorshanba, 18 Noyabr 2021
#bayrog‘im_g‘ururim #bayroq30 #bayroq_kuni
1991-yil 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. Davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimizni o‘zida mujassam etib, yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligi muborak bo‘lsin!
Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!
Chorshanba, 18 Noyabr 2021
DIQQAT DIQQAT !
17 noyabr kuni yurtimiz bo‘ylab qor yog‘ishi oqibatida havo harorati keskin tushib ketdi. Bu esa fuqarolarimiz va yo‘lovchilarimizga qanchalik noqulayliklar tug‘dirdi? Jamoat transporti (avtobuslarning) isitish tizimi va texnik holati yog‘ingarchilik mavsumiga tayyormi?
Ushbu mavsumga "Avtobus saroylari" tomonidan ko‘rilgan tayyorgarliklar haqida mazkur video orqali bilib olamiz.
Chorshanba, 18 Noyabr 2021
#Yashil_makon
Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihiyasi doirasida “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan hududlarimiz bo‘ylab turli mevali va manzarali daraxtlarni ekish ishlari davom etmoqda.




Seshanba, 16 Noyabr 2021
#Yashil_makon
“Toshshahartransxizmat” AJ "Yashil makon" uchun o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilning 2 noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizning shahar va tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik" eʼlon qilinishini maʼlum qilingandi.
"Dolzarb 40 kunlik" loyihasi doirasida “Toshshahartransxizmat” AJ masʼullari ham yurtimizdagi ekomuhitni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Bugun ham “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi "8-Avtobus saroyi" xodimlari tomonidan yuzdan ortiq daraxt va butalar ekildi.




Yakshanba, 14 Noyabr 2021
#Yashil_makon
Prezidentimizning "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Dolzarb 40 kunlik" ko‘chat ekish tadbirlari barcha hududlarda olib borilmoqda. Xususan, bugun erta tongdan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining mutassadi xodimlari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib, ko‘p yillik mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlarini amalga oshirishmoqda.




Shanba, 13 Noyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi "Toshkent MUM" ASHB joylashgan ko‘chada yo‘l-taʼmirlash ishlari yakuniga yetganligi sababli, avtotransport vositalarining harakati qayta tiklandi. Shu munosabat bilan, 2021-yil 10-noyabr kunidan boshlab 1, 13, 19, 21, 22, 30, 37, 85-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatini avvalgidek davom ettirishini maʼlum qilamiz.
Payshanba, 10 Noyabr 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









