
Yangiliklar
#Konstitutsiya_29
Konstitutsiya – xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, obod va farovon jamiyat barpo etishda mustahkam poydevordir.
Barchangizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz.
Hurmat bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi

Payshanba, 08 Dekabr 2021
#Konstitutsiya_29
Joriy yilning 7 dekabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz ayniqsa yoshlar qalbida qonunga hurmat, vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning yaratilish tarixi, Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinliklari, burchlari, O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi, O‘zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi to‘g‘risida tayyorlangan videoroliklar namoish etildi.




Seshanba, 07 Dekabr 2021
DIQQAT EʼLON !
“Toshshahartransxizmat” AJ sizni ishga taklif etadi!
Bizda:
✅Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari;
✅Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limi boshlig‘i;
✅Kadrlar bilan taʼminlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini maʼlum qilamiz.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talab:
Mazkur sohalarda taʼlim olib, mutaxassislik yo‘nalishini tamomlagan, eng muhimi fidoiy va o‘z vazifasini sidqidildan bajarishga tayyor xodimlarni ishga qabul qilamiz.
Bizni jamoada ishlashni istasangiz maʼlumotnoma (obyektivka) ngizni This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manzili orqali yuborishingiz mumkin.
Siz bilan biz birgalikda jamoat transporti sohasining rivojiga hissa qo‘shuvchi jamoani shakllantiramiz!
Seshanba, 07 Dekabr 2021
#INFOGRAFIKA
Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-30 noyabr holatiga ko‘ra)
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131- sonli yo‘nalish - 243 578
2. 24 - sonli yo‘nalish - 192 871
3. 58 - sonli yo‘nalish - 175 594
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 196 - sonli yo‘nalish - 4 147
2. 141 - sonli yo‘nalish - 5 130
3. 86 - sonli yo‘nalish - 5 137
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 3 495 980
2. Isuzu - 2 874 046
3. Man - 1 794 651
4. Saz LE 60 - 796 631
130 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 961 308

Dushanba, 06 Dekabr 2021
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
“Toshshahartransxizmat” AJda “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Korrupsiyaning oldini olish va “Komplayens nazorat” tizimini joriy etish” boshqarmasi masʼul xodimi Obidjon Latipov hamda “Toshshahartransxizmat” AJ va tizimdagi korxonalar rahbarlari ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari, ularning mazmun va mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar, korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish
va bartaraf etish, zamonaviy aksilkorrupsion tizimlarni joriy etish, “Komplayens-nazorat” tizimi to‘g‘risida maʼruza qilindi, videoroliklar namoish etildi hamda ushbu tadbir qizg‘in savol javoblar bilan yakunlandi.




Dushanba, 06 Dekabr 2021
#Yongin_xavfsizligi_oyligi
Xabaringiz bor, yurtimizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” eʼlon qilingan.
Ushbu oylik doirasida joriy yilning 1-dekabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi "8-Avtobus saroyi" MCHJda muhandis-texnik xodimlar, ishchilar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari ishtirokida o‘t o‘chirish-texnik o‘quv mashqlari o‘tkazilib, tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi.



Chorshanba, 02 Dekabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
2021-yil 1-dekabrdan boshlab hafta davomida avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilishi sababli, avtobuslarning harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.
“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Payshanba, 01 Dekabr 2021
DIQQAT EʼLON !
Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etish rejalashtirilmoqda. 20.5 km masofalik ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23-daqiqalik oraliq interval bilan Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Axmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan Uchqaxramon bozori yaqinidan qayrilib olib Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab harakatlanadi. Yo‘l kira narxi 3000 ming so‘m etib belgilanadi.

Payshanba, 01 Dekabr 2021
#ijtimoiy_so‘rovnoma
"Avtobuslarda yo‘l haqi to‘lovini oshirish evaziga haydovchilarning oylik maoshi oshsa, avtobuslarda xizmat sifati ko‘tarilsa, shuningdek, avtobuslarning texnik va sanitar holati yaxshilansa siz bunga qanday fikrdasiz?" deya fuqarolarimiz va yo‘lovchilarimiz orasida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.✅
Ularning javoblari qanday bo‘lganini ushbu video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Seshanba, 30 Noyabr 2021
DIQQAT EʼLON !
2021-yilning 1-dekabr sanasidan Toshkent shahrida yangi 190-sonli "Mashinasozlar metrosi ASHB-Yangibozor ASHB" avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. 20,1 km masofalik ushbu yo‘nalish yangi xarid qilingan o‘rta sig‘imli 10 ta transport vositalari biriktirilgan holda 11 daqiqalik oraliq interval bilan Mashinasozlar metrosi avtoshohbekatidan Taraqqiyot 2-tor, Mahtumquli, 4R12, Mustaqillik ko‘chalari orqali Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining Yangibozor shaharchasi markazidagi avtoshohbekatga qadar harakatlanadi. Ushbu yo‘nalish Yangibozor shaharchasini Toshkent shahri bilan bog‘lash, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga Toshkent viloyatidan qo‘shilgan hududlarni jamoat transporti bilan taʼminlash, yangi barpo etilgan Yangi O‘zbekiston bog‘iga shahar va shahar atrofi aholisining tashrif buyurishlariga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.
Seshanba, 30 Noyabr 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









