Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#sayyor_qabul

Bugungi kunda aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda o‘rganib chiqib qonuniy qaror qabul qilish masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.

Xususan, joriy yilning 16-dekabr kuni "Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, bo‘lim va xizmat boshliqlari ishtirokida "2-Avtobus saroyi" da sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlarida istiqomat qiluvchi aholining murojaatlari tinglanib, sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilindi. (VIDEO)

Shu kabi sayyor qabullar reja-garafik asosida barcha Avtobus saroylarida davom etadi.

Juma, 17 Dekabr 2021

#ochiq_muloqot

✅ Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda jamoat transporti (avtobuslar) bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari ortayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Joriy yilning 13-dekabr kuni 4, 5, 7-Avtobus saroylarida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamda Avtobus saroylarida xizmat ko‘rsatuvsi barcha xodimlar, haydovchilar ishtirokida "Jamoat transportida harakat xavfsizligini taʼminlash" yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. (video)

Payshanba, 15 Dekabr 2021

DIQQAT EʼLON !

“Toshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylarida sayyor qabullar o‘tkaziladi

✅ “Toshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, bo‘lim va xizmat boshliqlari hamda avtobus saroylari rahbarlari ishtirokida joriy yilning 16 dekabr kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar "2-Avtobus saroyi" da sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabulda:

-  Yashnobod tumani;

-  Mirzo Ulug‘bek tumani;

-  Yunusobod tumani aholisining murojaat va takliflari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Sayyor qabul o‘tkaziladigan manzil: "2-Avtobus saroyi" 

Dushanba, 13 Dekabr 2021

DIQQAT EʼLON !

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA !

Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2021-yil 10-dekayabrdan boshlab:

✅ "2-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 96-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha ASHB - Mashinasozlar metorsi ASHB" avtobus yo‘nalishining ish tartibi soat 5:30 dan 22:00 gacha, qatnovlar soni:

 Ish kuni 136(-8) ta, shanba kuni 107(-1) ta, yakshanba kuni 96(0) ta etib belgilanganligini;

✅"4-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 38-sonli "Sergeli 7-mavzesi ASHB - O‘zbekiston zavodi" avtobus yo‘nalishining qaytishi yo‘nalishidagi harakati Mehrigiyo (Sergeli 7-mavzesi ASHBga kirmagan holda) Qo‘rg‘ontepa, Shokirariq, Oriyat ko‘chalari orqali "Olchazor mahallasi"gacha, to‘g‘riyo‘nalishdagi harakati "Olchazor mahallasi" so‘nggi bekatidan Oriyat, Qo‘rg‘ontepa 1-tor, Qo‘rg‘ontepa, Mehrigiyo ko‘chalari orqali (Sergeli 7-mavzesi ASHBga kirmagan holda) keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda tashkil etilib, yo‘nalish nomi 38-sonli "Olchazor mahallasi - O‘zbekqishloqmash zavodi" avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligini;

✅"5-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 148-sonli "Bahor MFY - Toshkent vokzali ASHB" avtobus yo‘nalishining harakati "Bahor MFY" bekatidan Ilg‘or ko‘chasi orqali "Mirishkor mahallasi"gacha uzaytirilib, yo‘nalish nomi 148-sonli "Mirishkor mahallasi - Toshkent vokzali ASHB" avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligini va ish tartibi va jadvallar soni o‘zgarishsiz qoldirilayotganligini;

✅"5-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 190-sonli "Mashinasozlar metorsi ASHB - Yangibozor ASHB" avtobus yo‘nalishining ish tartibi soat 5:45 dan 22:00 gacha, yo‘nalishda jadvallar soni:

Ish kuni 10(0) ta, shanba kuni 9(-1) ta, yakshanba kuni 8(-2) ta etib belgilanganligini;

✅"7-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 13-sonli "Izza mavzesi - Toshkent MUM" avtobus yo‘nalishining harakati "Toshkent MUM" avtoshohbekatidan Islom Karimov, Sharof Rashidov, Afrosiyob, Beshyog‘och ko‘chalari orqali va keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilganligini;

✅"8-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 5-sonli "Feruza mavzesi - Gulobod ko‘chasi" avtobus yo‘nalishining harakati Nurafshon, ko‘chasidan (Sebzor va Axmad Donish ko‘chalarining Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidagi yo‘l qatnov qismida joriy etilgan yangi tizim bo‘ylab) Axmal Donish ko‘chasi orqali va keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etilganligini;

✅"8-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 100-sonli "Qoraqamish 2/4-mavzesi ASHB - Beshyog‘och maydoni" avtobus yo‘nalishining harakati Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Labzak, Nurafshon, (Sebzor va Axmad Donish ko‘chalarining Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidagi yo‘l qatnov qismida joriy etilgan yangi tizim bo‘ylab) Sebzor ko‘chalari orqali va keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etilib, yo‘nalishda jadvallar soni:

Ish kuni 8(0) ta, shanba kuni 7(-1) ta, yakshanba kuni 6(-2) ta etib belgilanganligini;

✅"12-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 48-sonli "Novator ICHB - Al Xorazmiy mavzesi" avtobus yo‘nalishining ish boshlash vaqti ish kunlari 5:05 etib belgilanganligini;

✅"12-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 86-sonli "Sergeli 12-mavzesi - Chilonzor buyum bozori" avtobus yo‘nalishining harakati Bunyodkor shoh ko‘chasi va Gavhar ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich orqali qayrilib, Bunyodkor shoh ko‘chasi orqali "Chilonzor buyum bozori"gacha bir tomonlama tashkil etilganligini;

✅"12-Avtobus saroyi" MCHJ tomonidan tasarruf etilayotgan 184-sonli "Binokor qo‘rg‘oni - Qo‘yliq dehqon bozori" avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik (Qipchoq, Yakubov ko‘chalarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari yakunlanguniga qadar) Qipchoq, Yangi Sergeli, ko‘chalari orqali “Yarmarka” bekatiga qisqartirilganligini hamda yo‘nalish nomi vaqtinchalik 184-sonli "Binokor qo‘rg‘oni - Yarmarka bekati" avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligini maʼlum qilamiz.

Juma, 10 Dekabr 2021

#madhiyakuni #faxrimmadhiyam #gururimmadhiyam

10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

"O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir".

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonuni, 2-modda.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 29 yil to‘ldi. Ushbu shonli sana munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJda "Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

photo 2021 12 10 09 15 21

photo 2021 12 10 09 15 11

photo 2021 12 10 09 14 53

photo 2021 12 10 09 14 36

Juma, 10 Dekabr 2021

#madhiyakuni #faxrimmadhiyam

10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasi O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

Xalqimiz omon ekan mustaqil mamlakatimiz yuksak taraqqiyot, buyuk kelajak barpo etish sari odimlashda davom etadi, ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i – madhiyamiz xalqimiz, farzandlarimiz qalbidan chuqur joy olib, olam uzra baralla yangrab, ona Vatanimizdan g‘ururlanishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga, bugunimizning qadriga yetishga, yangi marralarni zabt etishga undayveradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami barchangizga muborak bo‘lsin !

photo 2021 12 10 09 11 23

Juma, 10 Dekabr 2021

#BIZKORRUPSIYAGAQARSHIMIZ

9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni. (video)

Chorshanba, 09 Dekabr 2021

#BIZKORRUPSIYAGAQARSHIMIZ

9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni.

Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyat hisoblanadi. Shu sababdan ham mamlakatimizda ushbu jinoyatning kelib chiqish xavfini oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJda #bizkorrupsiyagaqarshimiz shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

photo 2021 12 09 10 47 02 2

photo 2021 12 09 10 47 02

photo 2021 12 09 10 47 01

Chorshanba, 09 Dekabr 2021

#kuchadolatdadir #konstitutsiya29

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJda #kuch_adolatdadir shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

photo 2021 12 08 10 30 54

photo 2021 12 08 10 30 53 2

photo 2021 12 08 10 30 53

 

Payshanba, 08 Dekabr 2021

#Konstitutsiya_29

8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 29 yillik bayrami munosabati bilan tayyorlangan maxsus videorolikni ushbu havola orqali tomosha qiling.

 

Payshanba, 08 Dekabr 2021
Page 25 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 503 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech