Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT EʼLON !

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining 2021-yil 28-dekabrdagi 198-sonli "Yangi yil bayrami tantanalarini nishonlanishi munosabati bilan avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan, "Yangi yil" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2021-yil 31-dekabr, 2022-yil 1, 2, 3, 4 va 8-yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi.

Bunga ko‘ra:

✅ 2021-yil 31-dekabr - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytirilmoqda;

2022-yil 1-yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar soni 40% ga kamaytirilgan holda ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;

✅ 2022-yil 2-yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;

2022-yil 3-yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;

2022 yil 4 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;

2022-yil 8-yanvar - shanba, ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatini davom ettirishi belgilab qo‘yildi.

y

Payshanba, 29 Dekabr 2021

DIQQAT EʼLON !

Tadbirkorlar diqqatiga !

2022 yilning 1 yanvar kunidan boshlab, "Toshshahartransxizmat" AJ tizimidagi avtobus saroylariga qarashli avtobuslarning bort va saloniga reklama materiallarini joylashtirish huquqi E-AUKSION orqali sotilishini maʼlum qilamiz.

✅"Mercedes Benz Low Floor" rusumli 260 ta avtobusning chap yon borti (ko‘rish)

✅"Mercedes Benz Low Floor" rusumli 260 ta avtobus salonining tepa qismi (ko‘rish)

✅"Mercedes Benz Low Floor" rusumli 260 ta avtobusning orqa qismi (ko‘rish)

✅"SAZ LE 60" rusumli 100 ta avtobusning chap yon borti (ko‘rish)

✅"SAZ LE 60" rusumli 100 ta avtobusning orqa borti (ko‘rish)

✅"ISUZU" rusumli 340 ta avtobusning ikki yon borti (ko‘rish)

✅"ISUZU" rusumli 340 ta avtobus salonining tepa qismi (ko‘rish)

✅"ISUZU" rusumli 340 ta avtobusning orqa borti (ko‘rish)

✅"MAN" rusumli 120 ta avtobusning chap yon borti (ko‘rish)

✅"MAN" rusumli 120 ta avtobusning orqa borti (ko‘rish)

✔️Arizalar 2022 yilning 28 yanvar kuni soat 08:59 ga qadar qabul qilinadi !

photo 2021 12 28 15 23 37

photo 2021 12 28 15 23 38 2

photo 2021 12 28 15 23 38 3

photo 2021 12 28 15 23 38

Seshanba, 28 Dekabr 2021

DIQQAT EʼLON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

2021 yil 27 dekabr kuni soat 22:00 dan, 28 dekabr tonggi 04:00 ga qadar avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilishi sababli, avtobuslarning harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

"Toshshahartransxizmat" AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Dushanba, 27 Dekabr 2021

“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylari faoliyatining 2021-yil 9 oy yakunlari bo‘yicha bir yo‘lovchi tashish uchun shakllangan harajatlari to‘g‘risida MAʼLUMOT

✅ Tashilgan yo‘lovchilar soni - 102,7 mln. yo‘lovchi

✅ Avtobuslar yo‘nalishlarda yurgan masofasi - 64 310,5 ming. km

✅ Jami xarajatlar - 334 188,0 mln.so‘m

✅ Amaldagi yo‘l kira tarifi - 1400,0 so‘m

✅ 1 yo‘lovchi uchun harajatlar - 3 254,0 so‘m

✅ 1km uchun harajatlar - 5 196,5 so‘m

image 2021 12 27 15 02 11

Dushanba, 27 Dekabr 2021

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari !

* Ob-havoning keskin o‘zgargani, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgani sababli, barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qatʼiy amal qilishlarini, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raymiz.

* Shu bilan birga, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarining ko‘cha-yo‘llarda harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligini o‘ylagan holda yo‘l-harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni so‘raymiz!

photo 2020 11 22 14 35 31

Dushanba, 27 Dekabr 2021

#bepul_avtobus_yo`nalishi

"Do‘stlik metrosi - Yangi O`zbekiston bog‘i" yo‘nalishida harakatlanuvchi maxsus bepul avtobuslar haqida yo‘lovchilar fikrini ushbu videoreportaj orqali bilib olishingiz mumkin.

photo 2021 12 21 08 32 57

photo 2021 12 21 08 32 57 2

Juma, 24 Dekabr 2021

#Qaror_loyihasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida "Toshkent shahar transporti va yo`l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g‘risida" Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi eʼlon qilindi.

https://regulation.gov.uz/uz/d/54672

Ushbu hujjatga muvofiq Toshkent shahri yerusti yo‘lovchilar transportining yangi yo‘nalish tarmog‘i 2022-2025 yillarda joriy etiladi.

photo 2021 12 22 09 35 12

 

Chorshanba, 23 Dekabr 2021

#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalar va ularning tariflarini joriy yilning 1-noyabr sanasidan 30-noyabr holatiga sotilishi bo‘yicha

MAʼLUMOTLAR

N (Nafaqa) - 6 083 ta

NM (Nafaqa metro) - 752 ta

T (Talaba) - 7 506 ta

TM (Talaba metro) - 14 050 ta

O‘ (O‘quvchi) - 3 009 ta

O‘M (O‘quvchi metro) - 2 068 ta

AV (Avtobus) - 5 574 ta

AVM (Avtobus metro) - 2 679 ta

Jami sotilgan elektron transport kartalari va tariflari soni: 41 721 ta

photo 2021 12 20 08 59 35

Seshanba, 21 Dekabr 2021

DIQQAT EʼLON !

Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi O‘sh ko‘chasi bo‘ylab, Qorasuv ustidan o‘tuvchi ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayotganligi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik yopildi. Shu munosabat bilan, 2021 yil 20 dekabr kunidan boshlab, 148-sonli avtobus yo‘nalishi suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

photo 2021 12 20 12 46 46

Dushanba, 20 Dekabr 2021

DIQQAT E`LON !

O‘zbekistonning eng baland sanalgan bosh Yangi yil archasi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida o‘rnatildi.

Kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxtimiz mehmonlariga sifatli va qulay transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan joriy yilning 20 dekabr kunidan boshlab, 2022 yilning 10 yanvar kuniga qadar "Do‘stlik metrosi - Yangi O‘zbekiston bog‘i" yo‘nalishida harakatlanuvchi maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi.

Ushbu avtobus yo‘nalishi soat 08:00 dan, 22:00 ga qadar harakatlanib, avtobusning harakat jadvallari soni - 6 ta, harakatlanish vaqti esa - 10-11 daqiqa oralig‘ida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Hurmatli Yurtdoshlar! Kirib kelayotgan Yangi 2022 yil barchangizga muborak bo‘lsin!

арча

Dushanba, 20 Dekabr 2021
Page 24 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 505 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech