
Yangiliklar
DIQQAT E`LON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
2022-yil 18-yanvardan boshlab hafta davomida "Toshshahartransxizmat" AJ tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbektelekom server qurilmalarida profilaktik ishlar olib borilishi sababli, avtobuslarning harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.
"Toshshahartransxizmat" AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Seshanba, 18 Yanvar 2022
Onlayn seminar-trening tashkil etildi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro transport forumi, Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ ishtirokida shaharlarda aholining barqaror mobilligini taʼminlash va jamoat transporti sektorini isloh qilish bo‘yicha video konferensaloqa shaklida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda Xalqaro transport forumi ekspertlari tomonidan jamoat transporti xizmatlariga bo‘lgan talabni aniqlash metodlari hamda transport modellarini ishlab chiqishda maʼlumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish bo‘yicha onlayn master klass o‘tkazildi.
Seminar davomida Transport vazirligi hamda Xalqaro transport forumi o‘rtasidagi “Shahar yo‘lovchi transportini dekarbonizatsiya qilish yo‘llari” loyihasiga start berildi.
Loyihaga ko‘ra Xalqaro transport forumi tomonidan O‘zbekiston uchun shaharlarda aholining barqaror mobilligini taʼminlash va jamoat transporti sektorini isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.



Juma, 14 Yanvar 2022
“Тошшаҳартрансхизмат” акциядорлик жамияти ички аудитор сертификтига эга аудиторларни ишга таклиф қилади.
Ички аудиторларга қўйиладиган талаблар:
- Жамиятнинг бошқаруви томонидан қонун ҳужжатларига, жамият уставига ва бошқа ҳужжатларга риоя этилишини;
- бухгалтерия ҳисобида ва молиявий ҳисоботларда маълумотларнинг тўлиқ ҳамда ишончли тарзда акс эттирилиши таъминланишини;
- Жамият ва жамият филиалларида хўжалик операцияларини амалга оширишнинг белгиланган қоидалари ва тартиб-таомилларига риоя этилишини, активларнинг сақланишини, шунингдек жамиятни бошқариш юзасидан қонун ҳужжатларида белгиланган талабларга риоя этилишини текшириш ҳамда мониторинг олиб бориш орқали жамиятнинг бошқаруви ишини назорат қилиш ҳамда баҳолаш;
- Жамиятнинг 2021-2022 йиллар молиявий ҳисоботларини Халқаро стандартлар (IFRS) асосида тайёрлашга кўмаклашиш;
- Жамият молиявий ҳисоботларини 2022 йилнинг 1 январидан бошлаб молиявий хисоботларнинг халқаро стандартлари асосида юритилишига кўмаклашиш.
Seshanba, 18 Yanvar 2022
DIQQAT EʼLON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
2022-yil 10-yanvardan boshlab hafta davomida avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilishi sababli, avtobuslarning harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.
"Toshshahartransxizmat" AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Dushanba, 10 Yanvar 2022
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Dunyo bo`ylab telekanalining "Info nigoh" ko`rsatuvi | Aholi uchun bepul transport xizmati ko`rsatilmoqda. (videoreportaj)
Shanba, 08 Yanvar 2022
#INFOGRAFIKA
Elektron transport kartalar tariflarini joriy yilning 1 dekabr sanasidan 31 dekabr holatiga sotilishi bo‘yicha
MAʼLUMOTLAR
N (Nafaqa) - 7 841 ta
NM (Nafaqa metro) - 1 243 ta
T (Talaba) - 14 070 ta
TM (Talaba metro) - 29 352 ta
O‘ (O‘quvchi) - 3 906 ta
O‘M (O‘quvchi metro) - 3 260 ta
AV (Avtobus) - 6 790 ta
AVM (Avtobus metro) - 3 283 ta
Jami sotilgan elektron transport kartalar tariflari soni: 69 745 ta

Juma, 07 Yanvar 2022
DIQQAT E`LON !
"Toshshahartransxizmat" AJ sizni ishga taklif etadi!
Bizda:
* Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari;
* Kadrlar bilan taʼminlash bo‘limi boshlig‘i;
* Axborot xizmati boshlig‘i - Matbuot kotibi;
* Axborot kommunikatsiyalari, raqamli texnologiyalarni joriy etish va innovatsion bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini maʼlum qilamiz.
✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talab:
Mazkur sohalarda taʼlim olib, mutaxassislik yo‘nalishini tamomlagan, eng muhimi fidoiy va o‘z vazifasini sidqidildan bajarishga tayyor xodimlarni ishga qabul qilamiz.
Bizni jamoada ishlashni istasangiz maʼlumotnoma (obyektivka) ngizni This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manzili orqali yuboring.
Batafsil maʼlumotlarni (71) 233-03-23 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Siz bilan biz birgalikda jamoat transporti sohasining rivojiga hissa qo‘shuvchi jamoani shakllantiramiz!

Chorshanba, 06 Yanvar 2022
#yangi_2022_yil_muborak
Assalomu alaykum, hurmatli Vatandoshlar!
"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati jamoasi, siz azizlarni kirib kelayotgan Yangi 2022 yil bilan samimiy muborakbod etadi.✨
Yangi yil sizga va oila aʼzolaringizga sog‘lik-salomatlik, baxt, omad, quvonch va ulkan zafarlar olib kelsin!

Juma, 31 Dekabr 2021
#taqdirlash_marosimi
✅ Joriy yilning 30-dekabr kuni "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi hamda Jamiyat xodimlari ishtirokida tadbir yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirda, Jamiyat boshqaruv raisi Anvar Djurayev kirib kelayotgan yangi 2022 yil bayrami bilan barcha xodimlarni qutlab, Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjayev tomonidan "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatining bir qator faol xodimlari "Toshkent shahrining 2021 yilda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun" Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanganliklarini samimiyat bilan eʼtirof etdi hamda Faxriy yorliqlarni o‘z egalariga topshirdi.

Chorshanba, 30 Dekabr 2021
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









