
Yangiliklar
#INFOGRAFIKA
Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-31 yanvar holatiga ko‘ra)
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131- sonli yo‘nalish - 239 128
2. 58 - sonli yo‘nalish - 172 120
3. 24 - sonli yo‘nalish - 168 760
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 141 - sonli yo‘nalish - 3 008
2. 196 - sonli yo‘nalish - 3 724
3. 113 - sonli yo‘nalish - 6 525
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 2 907 708
2. Isuzu - 2 528 059
3. Man - 1 747 701
4. Saz LE 60 - 766 235
130 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 7 949 703

Dushanba, 14 Fevral 2022
DIQQAT E`LON !
Yashnobod tumanining O‘sh ko‘chasi bo‘ylab "Qorasuv" kanali ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li ko‘prigi rekonstruksiya qilinishi sababli, O‘sh ko‘chasi "Do‘stlik" madaniyat va istirohat bog‘i ko‘prigi bilan kesishmasidan Boysun ko‘chasi kesishmasigacha va undan O‘sh 1-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliq avtomobillar harakati uchun yopildi. Shu munosabat bilan, joriy yilning 11-fevralidan mart oyi oxirigacha 148-sonli avtobus yo`nalishi suratdagi ko`chalardan xarakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Chorshanba, 10 Fevral 2022
#navoiy_iftixorim
9 fevral - g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Bugun Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng jamoatchilik vakillari bilan nishonlandi.
Ushbu tadbirda "Toshshahartransxizmat" AJ xodimlari ham faol ishtirok etib, buyuk shoir va mutafakkir Navoiy xotirasiga hurmat bildirishdi. (video)
Payshanba, 09 Fevral 2022
#INFOGRAFIKA
Elektron transport kartalar tariflarini joriy yilning 1 yanvar sanasidan 31 yanvar holatiga sotilishi bo‘yicha
MAʼLUMOTLAR
N (Nafaqa) - 6 410 ta
NM (Nafaqa metro) - 938 ta
T (Talaba) - 5 877 ta
TM (Talaba metro) - 14 120 ta
O‘ (O‘quvchi) - 1 815 ta
O‘M (O‘quvchi metro) - 2 134 ta
AV (Avtobus) -5 504 ta
AVM (Avtobus metro) - 2 751 ta
Jami sotilgan elektron transport kartalar tariflari soni:39 549 ta
Seshanba, 08 Fevral 2022
Avtobuslarda imkoniyati cheklangan shaxslarga yaratilgan qulayliklar
Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan, imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqlarini taʼminlash, kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik va jamoat transportida qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, avtobuslarda yaratilgan ana shunday qulayliklardan biri haqida ushbu videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
Seshanba, 08 Fevral 2022
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
O`zbekiston 24 telekanalining Axborot 24 ko`rsatuvi | Toshkentga jamoat transpoti tizimi uchun 20 ta elektrobus olib kelindi. (video)
Juma, 04 Fevral 2022
#ELEKTROBUS
Joriy yilning 1-fevral kuni, "Toshshahartransxizmat" AJga "YUTONG BUS SO., LTD" kompaniyasida ishlab chiqarilgan ekologik toza, har tomonlama qulay va zamonaviy bo‘lgan "ZK6126BEVG" rusumli 20 ta elektrobus keltirildi.
Ushbu yangi, zamonaviy va qulay elektrobuslar tez kunlarda yo‘nalishlarga chiqariladi.
Maxsus videorolikni quyidagi havola orqali ko`rishingiz mumkin. 


Payshanba, 02 Fevral 2022
#maxsus_videoreportaj
Toshkent shahrida jamoat transporti (avtobus) da karantin qoidalariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan maxsus videoreportajni quyidagi havola orqali ko`rishingiz mumkin.
Payshanba, 02 Fevral 2022
OAV_BIZ_HAQIMIZDA
O`zbekiston 24 telekanalining Axborot 24 ko`rsatuvida Prezident qaroriga sharh. (video)
Payshanba, 02 Fevral 2022
Maxsus reportaj
Toshkent metropolitenida elektr energiyaning muddatli o‘chishi munosabati bilan, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi MAN RR3 (sayyohlik) rusumli avtobuslar ajratilib, "Buyuk Ipak Yo‘li" va "Olmazor" yo‘nalishi bo‘yicha metropolitenning barcha stansiyalarida to‘xtab o‘tish asosida yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan tayyorlangan maxsus videoreportajni quyidagi havola orqali ko`rishingiz mumkin.
Payshanba, 26 Yanvar 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









