Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT E`LON !

"ALIXAN TRANS SERVIS" MCHJning tegishli xatiga asosan, unga biriktirilgan 129-sonli "Yunusobod mavzesi 17-dahasi – Aviasozlar" avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish huquqi bekor qilinganligi munosabati bilan, Toshkent shahar Transport boshqarmasining 2022-yil 4-martdagi 26-sonli buyrug‘iga binoan, mazkur yo‘nalishda vaqtinchalik (tendergacha) xizmat ko‘rsatish huquqi yo‘nalishning tasdiqlangan texnik-tasarruf ko‘rsatkichlari asosida "Toshshahartransxizmat" AJga biriktirildi.

Mazkur yo‘nalishda 2022-yil 7-mart kunidan boshlab, "Mercedes Benz Low Floor" rusumli avtobuslar 6 ta jadval asosida, "Toshshahartransxizmat" AJning "2-Avtobus saroyi" filiali tomonidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishini maʼlum qilamiz.

Yakshanba, 06 Mart 2022

Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori (ATTO) talaba imtiyozli transport kartalarining yangi imkoniyatlari joriy etildi.

Joriy yilning 28-fevral kuni, Turin politexnika universiteti hamda Yagona umumrespublika protsessing markazi (UZCARD) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, bir qancha yo‘nalishdagi loyihalarni amalda joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

✅ Ushbu hamkorlik doirasida, Turin politexnika universiteti talabalari uchun Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori (ATTO) tomonidan yo‘l trasnport kartasi oliygoh hududiga kirish va kutubxonadan foydalanishning integratsiyalashgan yagona tizimi rasman ishga tushirildi. Endilikda talaba transport kartasi nafaqat yo‘l haqi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda balki boshqa funksiyalarni ham bajarishda ishlatiladi.

Batafsil maʼlumot ushbu video orqali.

Shanba, 05 Mart 2022

#Qaror_loyihasi

Joriy yilning 24-fevral kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to‘g‘risida” Toshkent shahar hokimining qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, shahar aholisi va unga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida avtobus bekatlarini namunaviy loyiha asosida tashkil etish taklif etilmoqda.

Qaror loyihasi bilan tanishish va uning muhokamasida ishtirok etish uchun ushbu havolaga kiring. Qaror muhokamasi joriy yilning 11-mart kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

photo 2022 02 25 17 27 06

Juma, 25 Fevral 2022

#elektrobus

"Toshshahartransxizmat" AJning yana bir avtobus yo‘nalishi ya`ni, 81-avtobus yo`nalishida ekologik toza, qulay va zamon talablariga mos keluvchi elektrobuslar harakatlana boshladi.

Batafsil ushbu vileo orqali

Chorshanba, 24 Fevral 2022

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Toshkent telekanali "Teletahlil" ko‘rsatuvining "Toshshahartransxizmat" AJda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag`ishlangan maxsus sonini ushbu havola orqali tonosha qilishingiz mumkin.

Chorshanba, 24 Fevral 2022

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"Mahalla" telekanali "Minbar" ko‘rsatuvining "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish masalalari"ga bag`ishlangan maxsus sonida, "Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari hamda mas`ul xodimlar ishtirok etishdi.

Batafsil ushbu videoda.

Chorshanba, 17 Fevral 2022

#ijtimoiy_fikr #elektobus

Kuni kecha shahrimiz ko‘chalarida harakatlanishni boshlagan elektrobuslarning faoliyati yo‘lovchilarimizga qay darajada manzur kelmoqda?

Ushbu videorolik orqali bu haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

Payshanba, 16 Fevral 2022

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Xabardor.uz saytida "Elektrobuslar Toshkent ko‘chalarida ko‘rinish berdi" nomli maxsus reportaj e`lon qilindi. (video)

Seshanba, 15 Fevral 2022

"Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisi Anvar Djurayevning Jamiyat va tizimdagi korxonalar xodimlariga murojaati!

Korrupsiya milliy xavfsizlik va taraqqiyotga tahdid ekani har qaysi davrda o‘z isbotini topgan. Shu bois unga qarshi kurash azaliy va davomiydir. Xususan, mamlakatimizda bu boradagi saʼy-harakatlar qatʼiy, ortga qaytmas tus olgan, davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish maqsadida milliy qonunchilik hujjatlari tobora takomillashtirilib borilmoqda va bu korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga xizmat qilmoqda.

Jumladan, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan, 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida va Qonunchilik palatasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mita”lari, Senat raisi rahbarligida Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tashkil etilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional asoslarini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiruvchi yangi tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgan.

Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. Shu bois mamlakatimizda mazkur illatga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son Qaroriga muvofiq 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Binobarin, “Toshshahartransxizmat” AJda ham Korrupsiyaga qarshi komplayens (komplayens nazorati) bo‘limi tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, tegishli ichki nazorat hujjatlari qabul qilingan. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens nazorat) tizimi joriy etilishi natijasida korrupsiyaga qarshi ichkaridan turib kurashilishi, katta oqibatlarga olib keluvchi salbiy holatlar oldindan bartaraf etilishi taʼminlanadi. Natijada, “Kasalni davolashdan ko‘ra oldini olgan maʼqul” tamoyili amaliyotga joriy etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda Yangi O‘zbekiston islohotlarining asosiy hujjati hisoblangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 60-son Farmonning ahamiyati muhim hisoblanadi.

Mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlari belgilangan Taraqqiyot strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilishning ustuvor yo‘nalishida bevosita korrupsiyaga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev adolat va qonun ustuvorligini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish yo‘nalishidagi vazifalarni qayd etar ekan, “Bizning bu boradagi pozitsiyamiz oddiy, shu bilan birga, o‘zgarmas va qatʼiydir. Yaʼni, “Jamiyatimizda qonun - ustuvor, jinoyatga jazo - muqarrar” degan prinsipni og‘ishmay amalga oshirishda davom etilishi taʼkidlab o‘tilgan.

Hurmatli hamkasabalar!

Korrupsiya balosiga qarshi faqat davlat-huquqiy choralar bilangina kurashib bo‘lmaydi, buning uchun butun jamiyatimizda, avvalo, yoshlar ongida bu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sog‘lom kuchlarni birlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Davlat tuzumini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak.

Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq!

Korrupsiyaga qarshi kurashda keskin choralar zarur!

Shu bois, “Toshshahartransxizmat” AJ va tizimdagi korxonalar xodimlarini korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Siz “Toshshahartransxizmat” AJ va tizimdagi korxonalar faoliyatida korrupsiyaviy xatti-harakatlar, xizmat vakolatini suisteʼmol qilish, xizmat vakolatidan chetga chiqish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish, odob-axloq qoidalari talablarini buzish holatiga duch kelsangiz, “Toshshahartransxizmat” AJning Korrupsiyaga qarshi komplayens (komplayens nazorati) bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

rais

korrupsiya

Seshanba, 15 Fevral 2022

#Bobur_day #Bobur_539

Buyuk shoir, tarixchi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo tavalludining 539-yilligi muborak bo‘lsin. (video)

Dushanba, 14 Fevral 2022
Page 21 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1204 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech