Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

#qaror_va_ijro

* O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PQ-111-sonli qarori ga asosan, 2022-yilda yo`lovchilar uchun 10 daqiqa ichida bir transport turidan boshqa transport turiga o`tish imkoniyatini beruvchi 10 ta transport o`tish bog`lamalarini qurish belgilangan bo`lib, hozirgi kunda ulardan 6 donasi ("Food city", "Toshkent xalqaro aeroporti" mahalliy terminali, "Shimoliy vokzal", "Ibn Sino", "Rohat", "Turkiston") foydalanishga topshirildi.

* Shuningdek, "Yunusobod-9 daha" avtoshohbekatida ham namunaviy lohiyalar asosida qayta ta`mirlash ishlari olib borilib, yo`lovchilar, fuqarolar va haydovchilar uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Qaror va ijro

 

Chorshanba, 04 Avgust 2022

#HAFTA_DAVOMIDA

* 2022-yil 25-iyuldan 31-iyul holatiga

* "Turizm bilan bog’liq transport xizmati bozorini rivojlantirish" mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.

 Telegram ijtimoiy tarmog'iga joylangan tanqidiy post yuzasidan rasmiy ma'lumot. 

* Toshkent davlat transport universitetining bitiruvchi talabalarini ishga qabul qilish maqsadida boshqaruv raisi bilan subat tashkil etildi.

* Qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, 2, 80, 84, 94, 98, 103 va 135-sonli avtobuslar harakatiga o`zgartirish kiritildi.

* Food Fest-2022 gastronomik festival bo'lib o'tishi munosabati bilan 91 va 115-sonli avtobuslar harakatiga o`zgartirish kiritildi.

* Yo`l va metro ta`mirlash-qurilishi ishlari olib borilishi sababli, 55, 66,117 va 130-sonli avtobuslar harakatiga o`zgartirish kiritildi.

* O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PQ-111-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan brifing o'tkazildi.

* "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatida mavjud bo`sh ish o`rinlari to`g`risida e`lon.

* Haydovchi kasbida ishlashni xohlovchilar va "D" toifali guvohnomaga bepul o`qish istagida bo`lganlar uchun videorolik tayyorlandi.

Хафта давомида картинка

Seshanba, 02 Avgust 2022

#SAZ_LE_60_45_5_avtobus

Kuni kecha poytaxtimizga olib kelingan 10 dona yangi SAZ LE-60 rusumli avtobuslarning 3 donasi "4-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi 45-sonli "Boshliq mavzesi-Food City" savdo majmuasi avtobus yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lib, qolgan 7 donasi joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab "8-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi 5-sonli "Feruza mavzesi-Gulobod ko‘chasi" avtobus yo‘nalishida harakatlana boshlaganligini ma’lum qilamiz.

45 5 sonli

45 5 son 2

45 5 sonli 3

45 5 sonli 4

Dushanba, 01 Avgust 2022

#qaror_va_ijro

*Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PQ-111-sonli qaroriga asosan, 2022-yilda 10 ta transport o`tish bog`lamalarini qurish belgilangan bo`lib, hozirgi kunda ulardan 6 donasi foydalanishga topshirildi.

*"Food city" majmuasida qurib foydalanishga topshirilgan zamonaviy, qulay va eng muhimi yo`lovchilar uchun 10 daqiqa ichida bir transport turidan boshqa transport turiga o`tish imkoniyatini beruvchi avtoshohbekat hamda unda harakatlana boshlagan 45-sonli avtobus yo`nalishining faoliyati to`g`risida aholi va yo`lovchilarning fikrini ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin.

Food city

Dushanba, 01 Avgust 2022

#Yoshlar_siyosati #Velomarafon

* Joriy yilning 7-iyul kuni, "Тоshshahartransxizmat" AJ tizimida faoliyat olib boruvchi yosh xodimlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni sportga bo`lgan qiziqishlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida, "Velomarafon" musobaqasi tashkil etildi.

* Mazkur velomarafonda 30 ga yaqin yosh xodimlar ishtirok etib, ulardan eng tezkor va faol ishtirok etgan yosh xodimlar Boshqaruv raisi tomonidan diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Веломарафон

Dushanba, 01 Avgust 2022

Ishga_taklif_qilamiz

* Siz ham "D" toifali guvohnomaga bepul o’qishni istaysizmi? 7 000 000 so’mgacha daromad topib haydovchi kasbida ishlashnichi? 

* Unda hoziroq "Toshshahartransxizmat" AJning (+99890)133-20-23 va (+99871)233-03-23 telefon raqamlari yoki Instagramdagi (instagram.com/toshbus) manziliga direct orqali murojaat qiling.

"Toshshahartransxizmat" AJ sizni ahil jamoasida kutib qoladi

ishga taklif qilamiz vaynerla

Juma, 29 Iyul 2022

DIQQAT E'LON

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyati quyidagi lavozimlarda bo'sh ish o'rinlari mavjudligini ma'lum qiladi

* Qo‘shimcha maʼlumot yoki savollar yuzasidan (+99871) 233-03-23, (+99890) 133-20-23 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingizni so'raymiz.

* Siz bilan biz birgalikda jamoat transporti sohasining rivojiga hissa qo‘shuvchi jamoani shakllantiramiz!

Diqqat diqqat

Juma, 29 Iyul 2022

DIQQAT EʼLON

Toshkent shahar Sergeli tumani Dadaxo`jaev ko`chasining Quruvchilar mavzesidan Xonobod ko`chasigacha bo`lgan qismida yo`l va metro ta`mirlash-qurilishi ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 28-iyul kunidan boshlab, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 55, 66,117 va 130-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati quyidagi vaqtinchalik harakatlanish chizmasi asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Sergeli tumani 2022 yil 28 iyul

Chorshanba, 28 Iyul 2022

DIQQAT EʼLON

* Toshkentda 2022-yilning 29-iyuldan 7-avgust kuniga qadar Food Fest-2022 gastronomik festival bo'lib o'tishi doirasida Istiqlol ko'chasining Buyuk Turon ko'chasidan "Hyatt Regency" mehmonxonasigacha bo'lgan qismida, Zarafshon ko'chasining Istiqlol ko'chasidan Mustaqillik shoh ko'chasigacha bo'lgan qismida, J. Neru ko'chasining Mustaqillik shoh ko'chasidan Zarafshon ko'chasigacha bo'lgan qismidagi yo'llar avtotransport vositalari harakati uchun vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, mazkur ko'chalardan harakatlanuvchi 91 va 115-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati quyidagi vaqtinchalik harakatlanish chizmasi asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

2022 yil 7 avgust

Chorshanba, 28 Iyul 2022

DIQQAT EʼLON

Toshkent shahar Chilonzor tumanining Chilonzor ko`chasi Muqimiy ko`chasi bilan kesishgan joyidan Gagarin haykaligacha bo`lgan qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 28-iyul kunidan boshlab, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 2, 80, 84, 94, 98, 103 va 135-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati quyidagi vaqtinchalik harakatlanish chizmasi asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

2022 yil 28 iyul

Chorshanba, 28 Iyul 2022
Page 3 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 645 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech