Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT E`LON !

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 11-martdagi 44-sonli "Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlash kunlarida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan, Navro‘z bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2022-yil 21, 22, 23 mart kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi.

Bunga ko‘ra,

✅ 2022-yil 21-mart dushanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida. Yo‘nalishlardagi ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;

✅ 2022-yil 22-mart seshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

✅ 2022-yil 23-mart chorshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.

photo 2022 03 16 16 07 30

 

Payshanba, 16 Mart 2022

#matbuot_anjumani

2022-yilning 15-mart kuni Toshkent shahar hokimligida Navoiy shoh ko‘chasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangilangan loyihaning muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Batafsil

photo 2022 03 15 22 26 41

photo 2022 03 15 22 26 52

photo 2022 03 15 22 26 45

photo 2022 03 15 22 26 43

Seshanba, 15 Mart 2022

#INFOGRAFIKA

Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni

(1-28 fevral holatiga ko‘ra)

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131- sonli yo‘nalish - 242 678 

2. 80 - sonli yo‘nalish - 179 356 

3. 93 - sonli yo‘nalish - 168 760

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 141 - sonli yo‘nalish - 3 008 

2. 196 - sonli yo‘nalish - 3 724

3. 113 - sonli yo‘nalish - 6 525

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 2 996 559

2. Isuzu - 2 528 981

3. Man - 1 740 958

4. Saz LE 60 - 772 906

5. Yutong (elektrobus) - 75 796

131 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 115 200

photo 2022 03 15 17 11 48

Seshanba, 15 Mart 2022

HAYDOVCHILARGA ESLATMA !

Noqulay ob-havo sharoitida, ayniqsa yomg‘ir yog‘gan paytda avtobusni boshqarish qiyinlashadi va bu avariyalar xavfini oshirishga olib keladi.

Ana shunday vaqtlarda nimalarga amal qilish zarur:

1. Masofa va tezlikga rioya qiling!

Avvalo, yomon ob-havo sharoitida masofani iloji boricha diqqat bilan kuzatib borish kerak. Yomg‘ir yog‘ishi haydovchi yo‘lni ko‘rishini sezilarli darajada yomonlashtiradi, shuning uchun siz o‘rtacha tezlikga amal qilishingiz zarur. Yomon ob-havo sharoitida, haydovchi vaziyatni qo‘lga olishga qodir ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilgan bo‘lsa ham, tezlikni oshirish tavsiya etilmaydi.

2. Ko‘lmakdan o‘tgandan so‘ng tormozni tekshiring!

Ko‘lmak ko‘chadagi chuqurni yashirishi mumkin va chuqurga tushganimizdan so‘ng tormoz disklariga kirgan suv ularning (tormoz) ishlashiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘lmakdan o‘tgandan keyin tormozni quritganingizga ishonch hosil qiling.

Bu qanday amalga oshiriladi? Ularni ketma-ket bir necha marta bosish yo‘li bilan siz o‘z tormozingizni quritishingiz kerak. Agar ko‘lmakka tushganda avtobus boshqaruvini yo‘qotsa, faqat ko‘lmakdan o‘tgandan keyingina gaz va tormozni kamaytirish zarur. Bunday vaqtda yo‘lning boshqa qismiga keskin o‘tish taqiqlanadi.

3.Yomg‘irning ilk soatlarida amal qilish kerak bo‘lgan qoida.

Yomg‘irning dastlabki bir necha soatlari ayniqsa xavfli hisoblanadi. Haqiqat shundaki, yo‘l har doim yog‘ va chang qatlami bilan qoplanadi. Ob-havo quruq bo‘lsa, bu qatlam quriydi, yomg‘ir yog‘sa yana namlanadi va juda silliq bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach, kuchli yomg‘ir bu kirni yo‘ldan yuvib tashlaydi, keyin esa unchalik xavfli bo‘lmaydi. Yomg‘irda harakatlanayotgan vaqtingiz asta sekin tezlikni tushirish talab etiladi. Bunday ob-havo sharoitida yaqinni yorituvchi chiroqlardan foydalanish eng maqbul chora hisoblanadi.

Hurmatli haydovchilar! Siz nafaqat o‘zingizni, balki o‘zgalarning ham xayotini xavfga qo‘ymang! Doimo yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakatlaning!

Seshanba, 15 Mart 2022

DIQQAT E`LON !

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati "D" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etadi!

* Endilikda haftaning har payshanba kuni, soat 10:00dan 12:00ga qadar "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatida OCHIQ ESHIKLAR KUNI tashkil etilmoqda.

* Ishga qabul qilish jarayonining shaffoflik va ochiqlik tamoyillari ostida o‘tishini taʼminlash maqsadida, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan nomzodlar bilan ochiq suxbat tashkillashtiriladi. Uchrashuv va suxbat davomida nomzodlarning transport sohasidagi salohiyati, xizmat o‘tashga ruhan tayyorligi, shuningdek, xodim uchun zarur bo‘lgan boshqa maʼnaviy-ahloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.

Bizning jamoada ishlasangiz kelgusida sizga qanday qulayliklar taqdim etiladi ?

✅rasmiy ish bilan taʼminlash;

barqaror ish haqi;

15 kunlik ish smenasi;

xodimlarni ishga va ishdan manziliga navbatchi transportda yetkazib berish;

jadvalga muvofiq yillik taʼtil;

bolalar uchun sog‘lomlashtirish oromgohi.

Bundan tashqari, bizda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz tizim yaratilgan.

Suhbatga keling va shu kunning o‘zida ishga ega bo‘ling !

Bizning manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 6-uy.

Qo‘shimcha maʼlumot yoki savollar yuzasidan Kadrlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishingizni suraymiz:

Telefon: (93) 505-03-23, (71) 233-03-23.

Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. 

photo 2022 03 14 12 07 21

Dushanba, 14 Mart 2022

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

UzA milliy axborot agentligi | Saudiya Arabistonining “SAPTCO” kompaniyasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarining poytaxtimizga tashrifi yuzasidan fotoreportaj

Batafsil ushbu havolada

photo 2022 03 11 17 25 04

 

Juma, 11 Mart 2022

#rasmiy_uchrashuv

✅Joriy yilning 9-mart kuni, Saudiya Arabistonining "SAPTCO" kompaniyasi rahbari Abdul Aziz Al-Samari boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizga tashrif buyurdi.

✅Xorijlik mehmonlar 2022-yil 10-mart kuni "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatiga tashrifi chog‘ida, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi, shu bilan bir qatorda, Toshkent shahridagi jamoat transportida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha tajriba almashishdi.
(videoreportaj)


Juma, 11 Mart 2022

#Haydovchi_murojaati

"Toshshahartransxizmat" AJning "8-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi 11-sonli avtobus yo‘nalishi sardori Jasur Jaloliddinovning, tizimdagi barcha haydovchilarga Jamiyat tomonidan olib borilayotgan islohotlarga mos ravishda ish olib borish, belgilangan ichki tartib qoidalariga qatʼiy rioya qilish, yo‘nalishda sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, yo‘lovchilarga qo‘pol muomilada bo‘lmaslik, transport vositasini boshqarishda befarqlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda avtobuslarga o‘rnatilgan GPS treker qurilmalariga qasddan ziyon yetkazmaslik kabi masalalar yuzasidan SHAXSIY CHAQIRUV MUROJAATNOMASI.

photo 2022 03 11 11 48 47

Juma, 11 Mart 2022

#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalar tariflarini joriy yilning 1 fevral sanasidan 28 fevral holatiga sotilishi bo‘yicha

MAʼLUMOTLAR

N (Nafaqa) - 7 118 ta

NM (Nafaqa metro) - 1 376 ta

T (Talaba) -  16 825 ta

TM (Talaba metro) - 37 443 ta

O‘ (O‘quvchi) - 5 044 ta

O‘M (O‘quvchi metro) - 4 278 ta

AV (Avtobus) - 7 527 ta

AVM (Avtobus metro) - 3 326 ta

Jami sotilgan elektron transport kartalar tariflari soni: 82 937 ta

photo 2022 03 09 17 10 48

Payshanba, 09 Mart 2022

#tabrik

8 mart - barcha yoshdagi va kasb-hunar egalari teng hurmatga sazovor bo‘lgan ayollarning bayramidir.

8 mart kuni sizga baxt va sog‘lik tilaymiz. Yaqinlaringiz va do‘stlar tomonidan samimiy muhabbat, hurmat va ishda muvaffaqiyat, shuningdek, qalbdagi iliqlik va xotirjamlik sizni aslo tark etmasin. Har bahorda go‘zal gullar faqat sizlar uchun ochiladi, aziz ayollar!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

photo 2022 03 08 11 32 08

 

Seshanba, 08 Mart 2022
Page 20 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1208 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech