
Yangiliklar
#tabrik
Bugun “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Djurayev Anvar Zapparovich tavallud topgan kun.
Hurmatli, Anvar Zapparovich!
Sizni, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy hotirjamlik, omad va ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

Shanba, 26 Mart 2022
DIQQAT E`LON !
Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2022-yil 18-martdan boshlab:
* "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 48-sonli "Novator ICHB - Al Xorazmiy mavzesi" avtobus yo‘nalishining harakati Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari orqali (Yorqin Hayot mahallasiga kirib chiqmagan holda) ikki tomonlama tashkil etilganligini;
* "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 114-sonli "Ibn Sino 2-mavzesi - To‘qimachilik kombinati" avtobus yo‘nalishining ish va shanba kunidagi ish tartibi soat 5:30 dan 22:00 gacha, yakshanba kunidagi jadvallar soni 6 ta, ish tartibi soat 6:00 dan 22 :00 gacha etib belgilanganligi;
* "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 14-sonli "Toshkent vokzali - TTZ bozori" va 83-sonli "Yunusobod mavzesi 6-daha - Ekskovator zavodi bekati" avtobus yo‘nalishlarining jadvallar soni:
14-sonli avtobus yo‘nalishi - Ish kuni 10(+1) ta, shanba kuni 9(0) ta, yakshanba kuni 9(0) ta;
83-sonli avtobus yo‘nalishi - Ish kuni 8(+1) ta, shanba kuni 7(+1) ta, yakshanba kuni 6(+1) ta etib belgilanganligini;
* "4-Avtobus saroyi"filialiga biriktirilgan 8-sonli "Sergeli 7-mavzesi - Chilonzor mavzesi 25-daha" avtobus yo‘nalishining "Sergeli 7-mavzesi" ohirgi bekati "Olchazor mahallasi" bekatiga o‘zgartirilib, yo‘nalish nomi 8-sonli "Olchazor mahallasi - Chilonzor mavzesi 25-daha" avtobus yshnalishi deb nomlanganligini maʼlum qilamiz.
Juma, 25 Mart 2022
DIQQAT E`LON !
Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan "Buyuk Ipak Yo‘li" metro bekatidan quyidagi vaqtinchalik yo‘nalishlar harakati tajriba tariqasida tashkil etildi:
"Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi -“TTZ”. Yo‘nalish harakati "Buyuk Ipak Yo‘li" metro bekatidan Mirzo Ulug‘bek, Feruza, Yuzrabot ko‘chalari orqali TTZ bekatigacha;
"Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi -"Yunusobod dehqon bozori". Yo‘nalish harakati "Buyuk Ipak Yo‘li" metro bekatidan Mirzo Ulug‘bek, Do‘rmon yo‘li, Yangishahar ko‘chalari orqali "Yunusobod dehqon bozori" bekatigacha;
"Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi - “Mashinasozlar” metrosi. Yo‘nalish harakati "Buyuk Ipak Yo‘li" metro bekatidan Mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot 2-tor ko‘chalari orqali “Mashinasozlar”metrosi bekatigacha;
"Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi -"Oloy bozori". Yo‘nalish harakati "Buyukk Ipak Yo‘li" metro bekatidan Mirzo Ulug‘bek, Mustaqillik, Shaxrisabz, Amir Temur shox ko‘chalari orqali "Oloy bozori" bekatigacha tashkil etildi.
Yo‘nalishlardagi jadvallar soni "Mercedes-Benz Low Floor" rusumli avtobuslar asosida faqat ish kunlariga 1 (bir) ta, yo‘nalishlarning ish tartibi soat 8:30 dan 10:00gacha hamda soat 19:00 dan 21:00 gacha etib belgilandi.
Yo‘nalishlarda transport xizmatlari "5-Avtobus saroyi" filiali tomonidan ko‘rsatiladi.
Juma, 25 Mart 2022
DIQQAT E`LON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
2022-yil 25-mart kuni, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbektelekom server qurilmalarida profilaktik ishlar olib borilishi sababli, avtobuslarning harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.
“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Juma, 25 Mart 2022
2️⃣1️⃣ mart - Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJda bayram dasturxoni tashkil etildi.
Ushbu bayramona kunda Jamiyat tizimida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar birlashgan holda, kuy qo‘shiqlar, milliy taomlar va shirinliklardan baxramand bo‘lib, mehr-oqibat, do‘stlik va yangilanish bayrami bo‘lgan Navro‘z ayyomini birgalikda nishonlandi.
Batafsil ushbu video orqali.


Dushanba, 21 Mart 2022
#navrozbayrami
Bahor yangilanish hamda orzular faslidir. Navro‘zi olam esa uning baxtu saodatdan darak beruvchi betakror bayrami, ezgulik ulashuvchi elchisi.
Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ kelsin, niyatlaringiz va rejalaringiz amalga oshsin. Oilangizdan qut-baraka arimasin, shodliklaringiz ustiga sevinchlar yog‘ilaversin.
Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Dushanba, 21 Mart 2022
#bayram_tabrigi
Hurmatli jamoat transporti xodimlari,
Qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni qutlug‘ ayyom – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Qadimiy va navqiron navro‘zi olam ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning ajralmas jihati, ko‘rku-ziynati bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ham yurtimizda bahorgi yangilanish, tinchlik va do‘stlik bayrami sifatida keng nishonlash ezgu anʼanaga aylangan.
Xalq manfaatlari yo‘lida tinmay mehnat qilayotgan, har qanday sharoitda ham xalqimizga sifatli va xavfsiz transport xizmatini ko‘rsatishni o‘zining kasbiy burchi deb hisoblovchi jamoat transporti xodimlari, Sizlarning yurt farovonligi, obodligi hamda barqarorligi yo‘lida olib borayotgan masʼuliyatli va sharafli ishlaringiz alohida eʼtirofga loyiqdir.
Fursatdan foydalanib, aziz jamoat transporti xodimlari, qadrli yurtdoshlar, bahorning eng go‘zal bayrami bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor barchangizni chin dildan tabriklayman! Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, dasturxoningizga qut-baraka tilayman!
NAVRO‘ZI OLAM BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN!

Dushanba, 21 Mart 2022
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
UzA milliy axborot agentligi | "Yo‘ldagi hamrohimiz – chiptachi opalar" nomli fotoreportaj
Yakshanba, 20 Mart 2022
DIQQAT EʼLON !
Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li va TXAY ko‘chalarini birlashtiruvchi o‘tish qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022 yil 19 mart kundan boshlab, "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 15, 81, 93-sonli avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan, Bektemir ko‘chasi orqali Xusayn Bayqaro ko‘chasi chorrahasigacha ikki taraflama harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Shanba, 19 Mart 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









