Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar!

O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga ko‘ra, Ramazon oyining boshlanishi 2022-yil 2-aprel shanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Dunyodagi jamiki musulmon ummati uchun moʻtabar va qadrli bo‘lgan shu saodatli, ulug‘ ayyom munosabati bilan dunyodagi barcha mo‘min-musulmonlarning, butun halqimizning xonadoniga qut-baraka yog‘ilishini hamda Ramazon oyida ezgu niyatlar ila qilgan duolarining ijobatini tilaymiz.

"Toshshahartransxizmat" AJ jamoasi barchangizni kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan muborakbod etadi.

photo 2022 04 01 19 23 21

Juma, 01 Aprel 2022

#nazorat_tadbiri #GPS

✅Jamiyatning maxsus ishchi guruhi tomonidan doimiy ravishda avtobuslarga o‘rnatilgan GPS trekerlarning texnik holatini o‘rganish va uni nazorat qilish yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

✅Tekshiruv natijalaridan kelib chiqib, GPS treker moslamasiga qasddan shikast yetkazgan avtobus yo‘nalishi haydovchilariga keskin chora ko‘rilib, holat yuzasidan dalolatnomalar tuzilmoqda.

Bugungi manzil - "18-Avtobus saroyi" filiali

Batafsil ushbu videoda

Juma, 01 Aprel 2022

#seminar

Joriy yilning 1-aprel kuni, “Toshshahartransxizmat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamkorligida seminar tashkil etildi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri maslahatchisi Dilorom Djalalova lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni o‘rganish to‘g‘risida maʼruza qildi.

Seminarda Jamiyat xodimlari o‘zaro fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

photo 2022 04 01 12 09 42

Juma, 01 Aprel 2022

#so`rovnoma

Sizga jamoat transportida yo‘l haqi uchun to‘lovni amalga oshirishda qaysi to‘lov turi qulay? 

1. Transport kartasi orqali to`lov 

2. Naqd pul orqali to`lov

Ushbu havola orqali so`rovnomada qatnashing 

photo 2022 03 31 16 33 03

Juma, 01 Aprel 2022

"12-Avtobus saroyi" filiali hududida maxsus texnik ko`rik tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi "Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 125-son qarorini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, Jamiyatning "12-Avtobus saroyi" filiali hududida maxsus texnik ko‘rik tashkil etildi.

➡️ Batafsil ushbu video orqali

photo 2022 03 31 16 04 30

photo 2022 03 31 16 03 41

photo 2022 03 31 16 03 26

photo 2022 03 31 16 03 12

Chorshanba, 31 Mart 2022

Внимание объявление !

Уважаемые пассажиры и гости нашего города!

Сегодня, 30 марта 2022 года в связи с проведением кратковременных профилактических работ в системе автоматизированного системой диспетчерского управления и мониторинга, передача данных для мобильных приложений по отслеживанию автобусов (принадлежащий Автобусного парка №1, 5 и 18) будут временные перебои.

АО «Тошшахартрансхизмат» приносит свои извинения за предоставленные неудобства.

Payshanba, 30 Mart 2022

Тадбиркорлик субъектлари диққатига

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 2 февралдаги 111-сонли қарорига мувофиқ, "Тошйўловчитрансхизмат" Унитар корхонаси таркибида бўлган автобус шохбекатларини тадбиркорлар ўз маблағлари ҳисобидан қайта реконструкция қилиш йўли билан замонавий шохбекат комплексини қуриш. Бунда, шохбекатларда бепул Wi-Fi тармоғини яратиш, ҳудудга янги асфальт қопламаси (капитал) ётқизиш, замонавий ёритгич чироқлар билан таъминлаш, ҳайдовчиларга дам олиш хонаси, йўналиш нозимхонаси, ҳожатхона, шунингдек, шаҳар аҳолиси ва Пойтахт меҳмонларига сифатли транспорт хизматларини кўрсатиш мақсадида ёзнинг иссиқ ва қишнинг совуқ кунларида автобус кутиш заллари ҳамда она-бола бурчагини ўз ичига олган замонавий кўринишдаги шохбекат комплексини қуриб бериш шарти билан, мазкур шохбекатда хусусий тадбиркорларга маиший ва савдо-сотиқ хизматларини кўрсатиш учун майдон ажратиш таклиф этилади.
Ушбу шерикчилик асосида ҳамкорликда ишлаш истаги бўлган тадбиркорлик субъектларини ўз таклифларини тақдим этилиши сўралади.

Payshanba, 30 Mart 2022

DIQQAT E`LON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun 2022-yil 30-mart kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, avtobuslarning (1, 5 va 18-Avtobus saroylari tasarrufidagi) harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Payshanba, 30 Mart 2022
Page 18 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 746 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech