
Yangiliklar
#Mehnat_yarmarkasi
Xabaringiz bor joriy yilning 4-mart kuni prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida, oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent davlat transport universitetida talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu yarmarkada "Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari va masʼul xodimlar ham ishtirok etib, Jamiyatda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda ishga kirish yuzasidan batafsil maʼlumotlar berishdi. O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 20 ta talabalar tizimda ishlash istagini bildirdi.
Chorshanba, 28 Aprel 2022
DIQQAT E`LON !
Joriy yilning 3-may kuni Xristian diniy xotirlash tadbiri o‘tkazilishi munosabati bilan, ushbu tadbirda ishtirok etuvchi aholini transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahridagi metro stansiyalaridan va aholi ko‘p yig‘iladigan bekatlardan 1-, 2-, 3-sonli qabristonlargacha qatnovchi quyidagicha vaqtinchalik bir kunlik yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi.
* Yo‘nalish raqami:
1. K-1 (Mashinasozlar metrosi-1-sonli qabriston (Botkin)
2. K-2 (Olmazor metrosi-2-sonli qabriston (Do‘mbirobod)
3. K-3/1 (Buyuk ipak yo‘li metrosi-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy)
4. K-3/2 (Qo‘yliq dehqon bozori-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy)
* Avtobus soni:
1. 3 ta (Isuzu) "2-Avtobus saroyi" MCHJ
2. 4ta (Isuzu) "7-Avtobus saroyi" MCHJ
3. 4ta (MAN) "5-Avtobus saroyi" MCHJ
4. 4ta (MAN) "1-Avtobus saroyi" MCHJ
Elatib o‘tamiz mazkur tashkil etilgan bir kunlik yo‘nalishlar 7:00 dan - 18:00 ga qadar harakatini davom ettiradi.
Chorshanba, 28 Aprel 2022
#SAMAUTO #SAZLE60 #17T_AVTOBUS
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-son qaroriga asosan, 2025-yil yakuniga qadar 673 ta elektrobus va 390 ta yangi avtobuslar harid qilinib jamoat transporti harakatini yangilash belgilangan edi.
Joriy yilning 27-aprel kuni, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJda ishlab chiqarilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufidagi "18-Avtobus saroyi" filialiga yetkazildi. Ushbu avtobuslar kelgusida 17t-sonli, "Bekobod mavzesi- Chilonzor buyum bozori" avtobus yo‘nalishida harakatlanishi kutilmoqda.




Chorshanba, 28 Aprel 2022
#TAYINLOV
Aʼzam Abdullaev Abdushukurovich - Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining ("O‘zkomnazorat") boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Aʼzam Abdullaev 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2005-yilda Toshkent Davlat texnika universiteti (bakalavriat), 2007-yilda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (magistratura) ni tamomlagan.
Hozirga qadar, "Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisining Axborot texnologiyalari va mahalliylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
"Toshshahartransxizmat" AJ jamoasi Abdullayev Aʼzam Abdushukurovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida, masʼuliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Payshanba, 27 Aprel 2022
DIQQAT E`LON !
YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA !
Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2022-yil 27-apreldan boshlab:
"1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 81-sonli "Qo‘yliq 1 mavzesi - Gulobod ko‘chasi" va 93-sonli "Qo‘yliq 1 mavzesi - Yunusobod mavzesi 9 daha" avtobus yo‘nalishlarining jadvallar soni:
* 81-sonli avtobus yo‘nalishi - Ish kuni 8(+1) ta, shanba kuni 6 ta, yakshanba kuni 5 ta;
* 93-sonli avtobus yo‘nalishi - Ish kuni 11(+1) ta, shanba kuni 10 ta, yakshanba kuni 10 ta etib belgilanganligini maʼlum qilamiz.
Payshanba, 27 Aprel 2022
DIQQAT E`LON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
Bugun 2022-yil 27-aprel kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, avtobuslarning (1, 7 va 8-Avtobus saroylari tasarrufidagi) harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
"Toshshahartransxizmat" AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Payshanba, 27 Aprel 2022
#Katta_sanoat_haftaligi_2022
Ayni kunlarda Toshkentda "INNOPROM CENTRAL ASIA" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Batafsil ➡️ https://t.me/tshtxuz/2910
Seshanba, 26 Aprel 2022
#yoshlar_siyosati #shashka_musobaqasi
"Toshshahartransxizmat" AJda faoliyat olib boruvchi yosh xodimlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish hamda ularni sportga jalb qilish maqsadida, yosh xodimlar o‘rtasida "shashka" sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. To‘rt bosqichda o‘tkazilgan mazkur musobaqada 20 ta yosh xodimlar ishtirok etdi hamda 1-,2- va 3-o‘rin g‘oliblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.






Seshanba, 26 Aprel 2022
#Bekat
* Joriy yilning 22-aprel kuni "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan Buyuk Ipak Yo‘li metro stansiyasi bekatiga 1.17 sariq rangdagi siniq yo‘l chiziqlari chizildi.
* Mazkur chiziqlarni chizishdan asosiy maqsad ushbu bekatda yo‘lovchi tashish bilan shug‘illanmaydigan transport vositalarining to‘htab turishini taqiqlash va jamoat transportini mazkur bekat orqali xavfsiz harakatlanishini hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashdan iborat.
* Ushbu tadbir shaharning aholi gavjum bo‘lgan va transport vositalari tirband bo‘lgan oraliq bekatlarda davom ettiriladi.

Juma, 22 Aprel 2022
#INFOGRAFIKA
"Toshshahartransxizmat" AJ avtobus saroylari faoliyatining 2021-yil yakunlari bo‘yicha bir yo‘lovchi tashish uchun shakllangan xarajatlari to‘g‘risida MAʼLUMOT
✅ Tashilgan yo‘lovchilar soni - 141,6 mln. yo‘lovchi
✅ Avtobuslar yo‘nalishlarda yurgan masofasi - 84 825,6 ming. km
✅ Jami xarajatlar - 470 194,5 mln.so‘m
✅ Amaldagi yo‘l kira tarifi - 1400,0 so‘m
✅ 1 yo‘lovchi uchun xarajatlar - 3 320,6 so‘m
✅ 1km uchun xarajatlar - 5 543,1 so‘m

Juma, 22 Aprel 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









