
Yangiliklar
SHAVKAT_MIRZIYOYEV_transport_inshooti_bilan_tanishuv
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yangi transport inshooti transport inshooti bilan tanishdi.
Uning qurilishi 2020-yil avgustda boshlangan edi. Loyiha doirasida 6,5 kilometr uzunlikdagi 6 tasmali avtomobil yo‘li, 6 ta ko‘prik qurildi. Yangi qurilgan yo‘l soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvvatiga ega.
Davlatimiz rahbari shu yerda nuroniylar, jamoatchilik faollari bilan suhbatlashdi.







Payshanba, 04 May 2022
SAZLE60
Bugun, 2-may kunidan, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJda ishlab chiqarilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobuslari 17t-sonli, "Bekobod mavzesi- Chilonzor buyum bozori" avtobus yo‘nalishida harakatlanishni boshladi.


Dushanba, 02 May 2022
Ramazon Hayiti munosabati bilan maxsus avtobuslar
Poytahtimizning 11 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidlarga Ramazon Hayiti namozini o‘qish uchun tashrif buyurgan fuqarolarimizga Ramazon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan maxsus avtobuslar 1200 ga yaqin qatnovlarni amalga oshirib, yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar harakatlangan bo‘lib, fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun tashkil etilgan edi.
Kunlarning ulug‘i RAMAZON XAYITI barchangizga muborak bo‘lsin!










Dushanba, 02 May 2022
#Ramazon_Hayiti_2022

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!
"Toshshahartransxizmat" AJ jamoasi barchangizni kirib kelgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy hotirjamlik, ishlaringizda omad va zafarlar hamda ikki dunyo baxt-saodatini tilaymiz.
Muborak oyda qilgan barcha hayrli ezgu duo-yu ibodatlaringizni Yaratganning o‘zi ijobat qilsin.
Kunlarning ulug‘i RAMAZON XAYITI barchangizga muborak bo‘lsin!
Dushanba, 02 May 2022
#HASHAR_ELGA_YARASHAR
Joriy yilning 30-aprel kuni, butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Bunda, "Toshshahartransxizmat" AJda faoliyat olib boruvchi rahbar va ishchi xodimlar ham hasharda faol ishtirok etib, Jamiyat binosi atrofini tozalab ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar.









Shanba, 30 Aprel 2022
DIQQAT E`LON !
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining "Ramazon Hayiti bayramini nishonlash kunlarida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan, Ramazon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan, 2022-yil 2, 3, 4, 7 va 9 may kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi.
Bunga ko‘ra,
* 2022-yil 2-may, dushanba - ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2022-yil 3-may, seshanba - qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2021-yil 4-may, chorshanba - qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2022-yil 7-may, shanba - ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
* 2021-yil 9-may, dushanba - ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Shanba, 30 Aprel 2022
#HASHAR_ELGA_YARASHAR
Ramazon Hayit arafasi munosabati bilan, "Toshshahartranasxizmat" AJning masʼul xodimlari tomonidan umumxalq hashari tashkillashtirildi.
Bunda, poytaxtimizda joylashgan barcha avtoshohbekatlarda obodonlashtirish, taʼmirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.


Shanba, 30 Aprel 2022
DIQQAT E`LON !
Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
Bugun 2022-yil 30-aprel kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, avtobuslarning harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Shanba, 30 Aprel 2022
DIQQAT E`LON !
Joriy yilning 2-may kuni poytahtimizning 11 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidda Ramazon Hayit namozi o‘qilishi belgilangan bo‘lib, mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarimizga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.
Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlangan holda fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi:





Eslatib o‘tamiz ushbu avtobus yo‘nalishlari Toshkent shahar hokimligining tashabbusiga ko‘ra, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan tashkil etilmoqda.
Hurmatli hamshaharlar!
Ramazon Hayiti namoziga tashrif buyurishda ushbu avtobuslardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.
Barchangizga kirib kelayotgan Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin !
Juma, 29 Aprel 2022
#kuzatish_marosimi
Abdullaev Aʼzam Abdushukurovich - Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining ("O‘zkomnazorat") boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi munosabati bilan, "Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisi hamda Jamiyat xodimlari Abdullaev Aʼzam Abdushukurovichni tayinlov bilan tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar, masʼuliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilagan holda munosib kuzatishdi.

Chorshanba, 28 Aprel 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









