Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT E`LON !

Hurmatli yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlari!

*Bugun 2022 yil 12 may kuni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida qisqa profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, avtobuslarning harakatini kuzatib borish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarga maʼlumotlar uzatilishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

"Toshshahartransxizmat" AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Chorshanba, 12 May 2022

#ichki_turizm_yoshlar_siyosati

Boy tariximiz va madaniy merosimizni targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘usni yana-da oshirish maqsadida "Yoshlar turizmi" loyhasi doirasida "Toshshahartransxizmat" AJda faoliyat olib boruvchi barcha yosh xodimlar ishtirokida Samarqand viloyatida joylashgan tarixiy obidalarimizga sayohat tashkil etildi.

самаркандга саёат

Chorshanba, 12 May 2022

DIQQAT E`LON !

Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2022-yil 11-maydan boshlab:
*"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 40-sonli "Sergeli mavzesi 12-daha - Toshkent vokzali" avtobus yo‘nalishining harakatini Qipchoq ko‘chasidan yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Obihayot, Yangi Sergeli yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama;
*"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 75 - sonli "Toshkent metallurgiya zavodi - Oqtepa maydoni" avtobus yo‘nalishining harakatini "Surum mahallasi" so‘nggi bekatidan 4R21 Toshkent aylanma yo‘li, Chortoq, Qanora, Mag‘rib, Davlatobod, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot, yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli kоchasi), Qatortol ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Payshanba, 11 May 2022

DIQQAT E`LON !

Toshkent shahar Chilonzor, Muqimiy ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida kurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022- yil 11-may kundan boshlab, 

*80, 135 - sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Muqimiy ko‘chasidan Arnasoy, Cho‘ponota, Chilonzor ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama;

*84 - sonli avtobus yo‘nalishlining harakati Chilonzor ko‘chasidan Muqimiy, Bunyodkor, KHAY ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama;

*103 - sonli avtobus yo‘nalishining harakati Chilonzor ko‘chasidan Muqimiy, Arnasoy, Chilonzor ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Payshanba, 11 May 2022

#INFOGRAFIKA

Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni

(1-30 aprel holatiga ko‘ra)

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 131- sonli yo‘nalish - 270 502 

2. 58 - sonli yo‘nalish - 198 587

3. 93 - sonli yo‘nalish - 190 204

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 141 - sonli yo‘nalish - 2 490

2. 196 - sonli yo‘nalish - 4 048

3. 113 - sonli yo‘nalish - 6 543

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 3 159 799

2. Isuzu - 2 676 799

3. Man - 1 842 886

4. Saz LE 60 - 871 289

5. Elektrobus - 275 520

130 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 826 293

1 30 апрель холатига кора 2022 йил кам коп

 

Seshanba, 10 May 2022

#Yozgi_mavsumga_tayyorgarlik

Yilning istalgan vaqtida jamoat transportida o‘zingizni qulay his qilishingiz biz uchun muhim. Deraza ortida may oyi, shuning uchun poytaxtdagi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi sifatida "Toshshahartransxizmat" AJ yozgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jumladan:

*1188 ta avtobus va 20 ta elektrobuslarning har birining holati tekshirilmoqda;

*222 ta avtobuslar sovutish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, ularning iqlim nazorati tizimlarini sozlash, havo nafaqat salqin, balki toza bo‘lishi uchun filtrlarni o‘zgartirish;

*yozgi jadvalga o‘tish;

*harakat tarkibining tashqi kuzov va salon qismida doimiy kunlik tozalashni amalga oshirish;

*dam olish joylari, bolalar oromgohlariga mavsumiy avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

"Tez orada issiq ob-havoli kunlar boshlanadi. Shuning uchun "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisinning tegishli topshirig‘i doirasida biz yozga shahar jamoat transportini faol ravishda tayyorlaymiz. Buning uchun avtobuslar va elektrobuslarning barcha jihozlarini tekshiramiz, ularning salonlarida doimiy kunlik tozalashni amalga oshiramiz. Asosiy vazifalardan biri — issiq ob-havo vaqtida yo‘lovchilarimizga qulay bo‘lishi uchun jamoat transportida sovutish tizimlarining soz holatda bo‘lishini taʼminlash hamda xarid qilinishi mo‘ljallangan barcha yangi avtobuslarning salon qismi sovutish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishini ishlab chiqaruvchilar bilan inobatga olishdir. "

A.Azizov

"Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari-bosh mexanik

МАХСУС ОРОМГОХ УЧУН АВТОБУСЛАР

 

Seshanba, 10 May 2022

#Xotira - abadiy, qadr - muqaddas!

Xotira bor ekan – millat barhayot!

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati va Toshkent shahar transport boshqarmasi 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!

Maxsus videorolikni ushbu havola orqali tomosha qiling!

9 мая

Dushanba, 09 May 2022

DIQQAT E`LON !

Toshkent shahrining Shahrisabz, T.Shevchenko, Yakkachinor va A.Temur shox ko‘chalarida Karting bo‘yicha erkaklar (ayollar) va yoshlar (qizlar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022 yil 7 may kuni soat 18:00 dan 8 may kuni soat 20:00 ga qadar, 18, 21, 22, 38, 55, 58, 98-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati quyidagi chizma asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

photo 2022 05 07 19 38 21

 

Shanba, 07 May 2022

#TOSHSHAHARTRANSXIZMAT_AJ_ishga_taklif_etadi

Hurmatli fuqarolar!

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati "D" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etadi!

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatida har kuni, soat 09:00dan 15:00ga qadar OCHIQ ESHIKLAR KUNI tashkil etilganligini hamda ishga qabul qilish jarayoni shaffof tarzda o‘tishini taʼminlash maqsadida, Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan nomzodlar bilan ochiq suxbat o‘tkazilishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Suhbatga keling va shu kunning o‘zida ishga ega bo‘ling!

Bizning manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur 1-tor ko‘chasi 6-uy

Telefonlar: (93) 505-03-23, (71) 233-03-23

Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.">

 

ҲАЙДОВЧИ ИШГА

Shanba, 07 May 2022

#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalari uchun tariflarni joriy yilning 1-аprel sanasidan 31-mart holatiga sotilishi bo‘yicha

MAʼLUMOTLAR

N (Nafaqa) - 6 980 ta

NM (Nafaqa metro) - 990 ta

T (Talaba) -  17 911 ta

TM (Talaba metro) - 45 576 ta

O‘ (O‘quvchi) - 4 410 ta

O‘M (O‘quvchi metro) - 4 223 ta

AV (Avtobus) - 6 639 ta

AVM (Avtobus metro) - 3 357 ta

Jami sotilgan elektron transport kartalar tariflari soni: 90 086 ta

инфографика за проезд

Juma, 06 May 2022
Page 12 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 696 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech