Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

DIQQAT DIQQAT!

*Joriy yilning 14 may kunidan boshlab, poytaxt jamoat transporti (avtobus va elektrobuslar) da yangi tartib qoida, yaʼni, yo‘lovchilar avtobus va elektrobus saloniga kirishda faqat old eshiklardan foydalanishlari, salondan tushayotganda esa o‘rta va orqa eshiklardan foydalanishlari kerakligi belgilandi.

*Mazkur yangi tartib qoida borasida yo‘lovchilarimizning fikr va mulohazalarini ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin.

одамлар фикри

Shanba, 21 May 2022

DIQQAT DIQQAT!

* Toshkent shahar Shayxontohur tumanining Qoratosh-Ko‘kcha Samarqand-Darvoza ko‘chalari kesishmasida qurilish-montaj, yo‘l taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi sababli, mazkur ko‘chalarning qatnov qismida tirbandliklar vujudga kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan 2022 yil 21 may kunidan boshlab, 27, 42, 43, 46, 53, 73, 81, 100, 102, 126, 141 va 146-sonli avtobus yo‘nalishlarining belgilangan qatnov va oraliq interval vaqtlariga rioya qilinishida kamchiliklar kuzatilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

самар дарваза курилиш монтаж

Juma, 20 May 2022

DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli yo‘lovchilar va poytaxtimiz aholisi!

* Endilikda avtobus (elektrobus) saloniga uning old eshigidan haydovchining yonida o‘rnatilgan maxsus validator va qurilma orqali yo‘l haqi uchun to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng kirishingizni hamda avtobus (elektrobus) dan tushayotganingizda orqa eshiklardan foydalanishingizni so‘raymiz.

*Ushbu qoida yo‘lovchilarimizga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilmoqda.

*Iltimos belgilangan qoidalarga amal qiling!

Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!
элекр красный зелен

Juma, 20 May 2022

#REYD

*Joriy yilning 17 may kuni, "Toshshahartransxizmat" AJning Harakat xavfsizligini tashkil etish xodimlari hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi hizmati inspektorlari hamkorligida, yo‘nalishlarda jamoat transportini tartibga solish yuzasidan reyd tadbiri o‘tkazildi. 

*Mazkur reyd tadbiri 4 ta guruhga bo‘lingan holda Toshkent shahridagi aholi gavjum, transport vositalari serqatnov bo‘lgan avtoshoxbekatlar, oraliq bekatlar va yo‘nalishlarda tashkil etildi.   

*Reyd natijasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmayotgan jamoat transporti haydovchilari hamda jamoat transportining harakatlanishiga bevosita taʼsir ko‘rsatayotgan boshqa avtotransport vositalari haydovchilari aniqlanib, qoidabuzar haydovchilarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

*Ushbu qo‘shma reyd tadbirlari rejaga asosan barcha yo‘nalishlarda davom ettiriladi.

РЕЙД

Seshanba, 17 May 2022

#SamAuto #SAZLE60

Joriy yilning 16 may kuni, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJ tomonidan "Toshshahartransxizmat" AJning texnik topshirig‘iga asosan jihozlangan maxsus "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi "Toshshahartransxizmat" AJning "4-Avtobus saroyi" filialiga topshirildi.

*Bizni kuzatishda davom eting

10 та САЗ ЛЕ 60 4 автопаркка

Seshanba, 17 May 2022

DIQQAT E`LON !

Toshkent viloyati Yuqori Hasanboy ko‘chasida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi . Shu munosabat bilan, 2022 yil 16 may kunidan boshlab, "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 42-sonli "Beshyog‘och maydoni-Kensoy qo‘rg‘oni qishloq xo‘jalik kolledji" avtobus yo‘nalishining harakatiga vaqtinchalik THAY orqali "Kensoyga burilish" bekatigacha qisqartirilgan holda tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

ҳасанбой қурилиш монтаж

Dushanba, 16 May 2022

DIQQAT E`LON !

Joriy yilning 15 may kuni "Men g‘olib" shiori ostida sport marafoni bo‘lib o‘tishi munosabati bilan, poytaxtimizning ayrim ko‘chalari soat 06:00 dan 10:00 ga qadar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopilmoqda. Shu sababli, mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 3, 28, 31, 34, 65, 76, 78, 82, 85, 87, 88, 100, 118, 120, 124, 131-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

15 май қурилиш монтаж

 

Shanba, 14 May 2022

#haydovchi_murojaati

"Toshshahartransxizmat" AJning "1-Avtobus saroyi" haydovchisi Ustamatov Bahodirning MUROJAATNOMASI.

Ustamanov Bahodir murojaati

Shanba, 14 May 2022

DIQQAT E`LON !

Toshkent shahar Maqsud Shayh-Zoda ko‘chasining Shirin ko‘chasidan Farhod ko‘chasigacha bo‘lgan qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022 yil 13 may kunidan boshlab, "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 181-sonli avtobus yo‘nalishining harakati to‘g‘ri yo‘nalishda Shirin ko‘chasidan Lutfiy, Farhod ko‘chalari orqali "Farhod bozori" so‘ngi bekatigacha, qaytishdagi yo‘nalishda "Farhod bozori" so‘nggi bekatidan Farhod, KHAY, Zargarlik, 2-Qatortol ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Шайҳ Зода қурилиш монтаж

Chorshanba, 12 May 2022

#rasmiy_maʼlumot

Avtobuslar reklama joylari dog‘ holatda yo‘nalishlarda harakatlangani yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

муслима расмий маълумот

Chorshanba, 12 May 2022
Page 11 of 85
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 488-67-37

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 691 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech