
Yangiliklar
DIQQAT_EʼLON!
Toshkent shahar Yangihayot tumani, Chortoq ko'chasining "Chortoq mahallasi" oraliq bekatidan 4P21 Toshkent aylanma yo'ligacha bo'lgan qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 11-avgust kunidan boshlab, mazkur ko`chadan harakatlanuvchi 75-sonli avtobus yo`nalishining harakati qisqartirilib, Chortoq ko'chasida joylashgan "Chortoq mahallasi" bekatigacha tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Chorshanba, 11 Avgust 2022
#ijtimoiy_sorovnoma
* 68-sonli "Qo`yliq dehqon bozori ASHB - Chorsu savdo markazi" avtobus yo`nalishining harakati "FOOD CITY savdo majmuasi"ga qadar uzaytirilishiga sizning fikringiz qanday?

Chorshanba, 11 Avgust 2022
#D_toifali_guvohnoma
* Hurmatli fuqarolar!
* Barchangizga ma`lumki "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati harakat tarkibi yangi avtobus va elektrobuslar bilan yangilanib bormoqda. Shu sababli "D" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega haydovchilarni ishga qabul qilmoqdamiz.
* "D" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan fuqarolar esa, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan Jamiyatning "O`quv ishlab chiqarish" MCHJda maxsus o`qitilmoqda hamda ish bilan ta`minlanmoqda.
* Sizda ham "D" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lish va HAYDOVCHI kasbida ishlash istagi bo`lsa hoziroq (71) 233-03-23 va (93) 505-03-23 telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
* "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati barchangizni ahil jamoasida kutib qoladi!

Payshanba, 10 Avgust 2022
#INFOGRAFIKA
Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-31 iyul holatiga ko‘ra)
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131- sonli yo‘nalish - 257 573
2. 58 - sonli yo‘nalish - 231 848
3. 93 - sonli yo‘nalish - 218 687
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 141- sonli yo‘nalish - 1 197
2. 196- sonli yo‘nalish - 1 615
3. 113 - sonli yo‘nalish - 2 821
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 2 601 019
2. Isuzu - 2 021 449
3. Man - 1 645 060
4. Saz LE 60 - 1 401 297
5. Yutong (Elektrobus) - 281 737
134 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 7 950 562

Dushanba, 08 Avgust 2022
DIQQAT_DIQQAT!
* Yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan transport xizamatlari sifatini oshirish maqsadida, joriy yilning 9-avgust kunidan boshlab,
* "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 110-sonli "Qo'yliq dehqon bozori -TTZ ASHB" avtobus yo`nalishining harakati H.Bayqaro ko`chasidan Bektemir yo`li, 4R21 Toshkent aylanma yo`llari orqali "Food city savdo majmuasi"gacha ikki taraflama tashkil etilganligi, yo`nalish nomi 110-sonli "Food city savdo majmuasi - TTZ ASHB" avtobus yo`nalishi deb nomlanganligini ma`lum qilamiz.

Dushanba, 08 Avgust 2022
DIQQAT_DIQQAT!
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-sonli qarorga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 9-avgust kunidan boshlab,
* 151-sonli "Yangi O`zbekiston bog`i - Buyuk Ipak yo`li metrosi" yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to`g`ri yo`nalishda "Yangi O`zbekiston bog`i"dan O`qituvchi, Milliy bog`, Binokor, T.Malik, Do`rmon yo`li, M.Ulug`bek shoh ko`chalari orqali "Buyuk Ipak yo`li metrosi"ga qadar, qaytish yo`nalishida "Buyuk Ipak yo`li metrosi"dan M.Ulug`bek shoh, Do`rmon yo`li, T.Malik, Binokor, Milliy bog`, O`qituvchi ko`chalari orqali "Yangi O`zbekiston bog`i"ga qadar soat 6:00 dan 21:00 gacha harakatlanishi belgilangan. Mazkur yo`nalishda xizmat ko`rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirildi. Yo`nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 6 ta, shanba kunlariga 5 ta, yakshanba kunlariga 4 ta etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.

Dushanba, 08 Avgust 2022
DIQQAT_DIQQAT!
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-sonli qarorga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 9-avgust kunidan boshlab,
* 104-sonli "12-metro bekati - 4-metro bekati" yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to`g`ri yo`nalishda "12-metro bekati"dan Xonabod, Jaloir, Nilufar, Yoqubov, Qipchoq, Yangi Sergeli yo`li, Lutfkor, Mirzo Tursunzoda ko`chalari orqali "4-metro bekati"dan Mirzo Tursunzoda, Lutfkor, Yangi Sergeli yo`li, Qipchoq, Yoqubov, Nilufar, Jaloir, Xonabod ko`chalai orqali "12-metro bekati" ga qadar soat 6:00 dan 21:00 gacha harakatlanishi belgilangan. Mazkur yo`nalishda xizmat ko`rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirildi. Yo`nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 3 ta, yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.

Dushanba, 08 Avgust 2022
DIQQAT_DIQQAT!
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-sonli qarorga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 9-avgust kunidan boshlab,
* 23-sonli "Farhod bozori - CHorsu mertosi" yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to`g`ri yo`nalishda "Farhod bozori" bekatidan Lutfiy, Muqimiy, Nurafshon, Beruniy, Saqichmon, Zarqaynar ko`chalari orqali "Chorsu metrosi" ASHBga qadar, qaytish yo`nalishida "Chorsu metrosi" ASHBdan Zarqaynar, A.Navoiy, Beruniy, Nurafshon, Lutfiy ko`chalari orqali "Farhod bozori" bekatiga qadar soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Mazkur yo`nalishda xizmat ko`rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirildi. Yo`nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 5ta, shanba va yakshanba kunlariga 4 ta etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.

Dushanba, 08 Avgust 2022
DIQQAT_DIQQAT!
"TOSHSHAHARTRANSXIZMAT" AKSIYADORLIK JAMIAYATIDA MAVJUD BO`SH ISH O`RINLARI BILAN USHBU VIDEO ORQALI TANISHING!
Mazkur lavozimlarda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar quyidagi telefonlar orqali bog'lanishingizni so'raymiz:
(93) 505-03-23, (71) 233-03-23.

Shanba, 06 Avgust 2022
#INFOGRAFIKA
Elektron transport kartalari uchun tariflarni joriy yilning 1-iyun sanasidan 31-iyul holatiga sotilishi bo‘yicha
MAʼLUMOTLAR
N (Nafaqa) - 6 260 ta
NM (Nafaqa metro) - 987 ta
T (Talaba) - 5 122 ta
TM (Talaba metro) - 15 627 ta
O‘ (O‘quvchi) - 1 316 ta
O‘M (O‘quvchi metro) - 2 009 ta
AV (Avtobus) - 6 362 ta
AVM (Avtobus metro) - 3 358 ta
Jami sotilgan elektron transport kartalar uchun tariflari soni: 41 041

Juma, 05 Avgust 2022
E'lon
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilganligi to'g'risida xabar
“Toshshahartransxizmat” AJ shuni ma'lum qiladiki, jamiyat yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi 4-sonli qarori bilan jamiyat tomonidan 01.07.2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.









